O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro huquqda hudud turlari



Download 454,89 Kb.
bet32/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro huquqda hudud turlari
Davlat hududi
Xalqaro rejimli hudud
Aralash rejimli hudud
Davlat hududi deganda, ma’lum bir milliy davlatning suvereniteti ostida bo‘lgan hududlar tushuniladi.
Bir tomondan ushbu hududning davlatga tegishliligi va ikkinchidan, mazkur hududda ushbu davlatning ustuvorligi davlat hududining asosiy belgilari hisoblanadi. Davlat hududining asosiy belgilaridan bittasi- mazkur hudud davlatning tasarrufida, ya’ni davlatning suverenitet ostida bo‘lishidir. Davlat o‘z hududiga nisbatan hududiy ustuvorlikka ega bo‘ladi. Ya’ni, tegishlilik va hududiy ustuvorlik davlat hududiga xos belgilar hisoblanadi. Har bir davlat o‘z hududida xalqaro huquq norma va tamoyillariga rioya etgan holda o‘z yurisdiksiyasini, mutlaq hokimiyatini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika”ligi hamda 3-moddasida davlat hududi va chegarasi daxlsizligi va bo‘linmasligi ta’kidlab o‘tilgan. Xalqaro rejimli hududlar deganda, davlat chegarasidan tashqaridagi quruqliklar va suvlar, ya’ni hech bir davlatning suvereniteti ostida bo‘lmagan quruqliklar, ochiq dengiz, va ular ustidagi havo bo‘shlig‘i, kontinental shelfdan tashqarida joylashgan dengiz osti hududlari tushuniladi.

Xalqaro rejimli hududlarga davlat chegarasidan tashqaridagi quruqliklar va suvlar kiradi, ya’ni hech bir davlatning suvereniteti ostida bo‘lmagan quruqliklar, ochiq dengiz, va ularni ustidagi havo bo‘shligi, kontinental shelfdan tashqarida joylashgan dengiz osti hududi kiradi. Undan tashqari, xalqaro shartnomalarga binoan, xalqaro rejim alohida maxsus hududlarga nisbatan qo‘llanishi mumkin, masalan, neytrallashtirilgan, demilitaritsiyalashtirilgan hududlar. Maxsus xalqaro rejimli hudud deb 1959-yilgi Shartnomaga binoan Antarktika hududi e’lon qilindi.

Xalqaro rejimli hudud deb Oy va boshqa kosmosdagi jismlarni, kosmik fazoni misol keltirsa bo‘ladi. Mazkur hududlar barcha davlatlar uchun insoniyatning taraqqiyoti uchun xalqaro huquqiy normalar doirasida ilmiy izlanishlar olib borishlari uchun ochiq hisoblanadi. Aralash rejimli hudud milliy va xalqaro rejimga ega bo‘lgan hududlar hisoblanadi.

Aralash rejimli hududga Jahon okeanining quyidagi kengliklari kiradi: dengiz iqtisodiy zonalari, kontinental shelf hamda hududiy dengizga tutash zonalar. Ushbu hududlarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular tutash davlatlarning suvereniteti ostiga va davlat hududi tarkibiga kirmaydi. Lekin xalqaro huquqqa muvofiq, qirg‘oqbo‘yi davlatlar ushbu hududlarning tabiiy zaxiralarini qazib olish va foydalanish, ishlab chiqish va saqlashga nisbatan suveren huquq, shuningdek ushbu hududlarning atrof-muhitini himoya qilish huquqiga ega. Mazkur normalar Kontinental shelf to‘g‘risidagi 1958-yilgi Jeneva konvensiyasi va 1982-yilgi Dengiz huquqi bo‘yicha konvensiyada belgilangan.
Jahon okeanining imtiyozli iqtisodiy zonasi davlat sohilidan boshlab 200 dengiz milyasigacha davom etadi. Ko‘pincha, ushbu zonalar ochiq baliqchilik zonasi sifatida foydalaniladi. Faqatgina qirg‘oqbo‘yi davlat imtiyozli iqtisodiy zonalarda baliq ovlash yoki boshqa tabiiy resurslaridan foydalanish huquqiga ega. Boshqa davlatlar esa mazkur qirg‘oqbo‘yi davlatlarning tegishli vakolatli organlaridan ruxsat olganidan so‘ng ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Lekin ular qirg‘oqbo‘yi davlatning ruxsatisiz ham harbiy, savdo, turistik kemalari bilan o‘tish huquqiga egadirlar. Ushbu holda qirg‘oqbo‘yi davlatlar to‘sqinlik ko‘rsata olmaydilar. Kontinental shelf – bu dengizbo‘yi quruqlik qirg‘og‘ining suv ostidagi tabiiy davomidir.
Uning kengligi 200–350 dengiz milyasiga teng bo‘lishi mumkin. Agar kontinental shelfda dengiz milyasining kengligi 200 dengiz milyasidan keyin boshqa tutash davlatning yurisdikdiksiyasi boshlanmasa, unda shelf 350 dengiz milyasigacha cho‘zilishi mumkin. Ushbu holat, ko‘pincha, kontinentel shelf zonalarida neft va boshqa tabiiy qazilmalar topilganda kuzatiladi.
Undan tashqari, aralash rejimli hudularga xalqaro dengizlar, bo‘g‘ozlar, xalqaro kanallar, orollar kirishi mumkin. Masalan, bir qator orollarning maqomi xalqaro shartnomalar bilan belgilanadi (Shpitsbergen arxipelagi, Aland orollari, Dodekaness orollari).

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish