O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Savol: BMTning Xalqaro sudi agar bu da’voni ko‘rib chiqsa, qanday qaror chiqaradi? Nazorat savollari



Download 454,89 Kb.
bet40/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Savol: BMTning Xalqaro sudi agar bu da’voni ko‘rib chiqsa, qanday qaror chiqaradi?
Nazorat savollari:
1. Xalqaro kanallarning huquqiy rejimini xalqaro daryolarning huquqiy rejimlaridan qanday farqi bor?
2. Delimitatsiya va demarkatsiyaning o‘zaro bog‘liqligi va bir-biridan farqi nimadan iborat?
3. Aralash rejimli hududlar bilan xalqaro rejimli hududlarning asosiy farqi nimadan iborat?
4. Davlat chegarasini belgilash jarayonini ketma-ketligini aniq keltirib tushuntiring.
5. Kema qatnovli transchegaraviy daryolar bilan kema qatnovsiz transchegaraviy daryoda chegara o‘rnatishda qanday farq bor?
6. Antarktikaning xalqaro huquqiy rejimining o‘ziga xosligi nimadan iborat?
6-mavzu Xalqaro huquqda aholi
Reja:

  1. Xalqaro huquqda aholi tushunchasi

  2. Ikki fuqarolik va fuqarosizlik

  3. Xalqaro huquqda ko‘chirilgan shaxslar

  4. Antarktikanipg yashovchilarning xalqaro-huquqiy maqomi

  5. Fuqarolikning xalqaro huquqiy masalalari



1.Xalqaro huquqda aholi tushunchasi
«Aholi» atamasi xalqaro huquqda u yoki bu muayyan davlat hududida o‘sha vaqtda yashab turgan shaxslar majmui tushuniladi. Har qanday davlatning aholisi quyidagi uch kategoriyadan:

  • birinchidan, ushbu davlat fuqarolaridan;

  • ikkinchidan, chet elliklardan;

  • uchinchidan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan tashkil topadi.

Bundan tashqari ayrim o‘rta kategoriyalar (masalan, ikki fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslar) ham mavjud.
Aholiga bevosita va bilvosita taallukli bo‘lgan, xususan, fuqarolik, jinoyatchini ushlab berish, inson huquqlari, chet ellik fuqarolarning rejimi masalalari bo‘yicha qator xalqaro huquq normalari, shartnomaviy va odat normalari mavjud.
Xalqaro huquqda fuqarolik
Fuqarolik — jismoniy shaxsni davlat bilan, ularni o‘zaro huquq va majburiyatlari majmuida aks ettiriladigan barqaror huquqiy aloqalaridir.
Fuqarolik masalalari asosan davlatning ichki qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik — davlatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushuncha. Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning yo‘qligi fuqarolikning o‘zi yo‘qligini anglatmaydi. Binobarin, har bir davlat bu borada mustaqil ish ko‘radi, shu bois turli davlatlarning fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlarining to‘qnashuvi (kolliziyasi) muqarrardir.
Bunday kolliziyalarni bartaraf qilish yoki oldini olish uchun davlatlar ko‘proq xalqaro shartnomalar tuzadi, ya’ni xalqaro huquqning tegishli normalarini ishlab chiqadi.
Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish usullari.
Fuqarolikka ega bo‘lish yo‘li ikki katta guruhga bo‘linadi: birinchi guruh — umumiy tartibda fuqarolikka ega bo‘lish usulini qamrab oladi; ikkinchisi — istisno tariqasida fuqarolikka ega bo‘lishdir.
Umumiy tartibda fuqarolikka ega bo‘lish usuli milliy davlatlar qonunchiligi uchun ozmi-ko‘pmi odatiy va barqaror qoida hisoblanadi. Ularga fuqarolikka ega bo‘lishning quyidagi usullari kiradi:

  • birinchidan, tug‘ilish natijasida;

  • ikkinchidan, naturalizatsiya (fuqarolikni qabul qilish) natijasida;

  • uchinchidan, in’om etish natijasida.

Fuqarolikka istisno tariqasida:



  • birinchidan, guruh bo‘lib fuqarolikka ega bo‘lish yoki jamoa bilan naturalizatsiya;

  • ikkinchidan, optatsiya yoki fuqarolikni tanlash;

  • uchinchidan, reintegratsiya yoki fuqarolikni tiklash yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin.

Tug‘ilishdan fuqarolikka ega bo‘lish — fuqarolikka ega bo‘lishning eng oddiy tartibidir. Davlatlarning milliy qonunchiligi ushbu masala bo‘yicha ikki tamoyildan: qon huquqi (jus sanguinis) yoki tuproq huquqi (jus soli)dan biriga asoslanadi. Yuridik adabiyotlarda qon huquqi asosida fuqarolikka ega bo‘lishning kelib chiqishi asosida fuqarolikka ega bo‘lish deb ham yuritiladi. Qon huquqi shaxs tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, ota-onasining fuqaroligiga ega bo‘lishini bildiradi; tuproq huquqida — shaxs ota-onasining fuqaroligidan qatyi nazar, qaysi davlat hududida tug‘ilgan bo‘lsa, o‘sha davlat fuqaroligiga ega bo‘ladi. Ko‘p davlatlar qon huquqiga rioya qiladilar. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi ham asosan qon huquqiga asoslanadi.



Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish