O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro daryolar Xalqaro daryolar



Download 454,89 Kb.
bet37/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Xalqaro daryolar Xalqaro daryolar deb, bir necha davlatlar hududida oqib boradigan yoki ikki va undan ko‘p davlatlar hududining chegarasi o‘tadigan daryolar hisoblanadi.
Xalqaro daryolar qirg‘oqbo‘yi davlatlari o‘rtasidagi xalqaro-huquqiy munosabatlarning predmeti hisoblanadi. Xalqaro daryolar qatoriga Yevropadagi Dunay, Reyn, Afrikadagi Nil, Kongo, Niger, Senegal, Amerikadagi La-Plato, Amazonka, Osiyodagi Yefrat, Mekong, Braxmaputra, Irtish, Amudaryo va Sirdaryo daryolari kiradi.

Xalqaro daryolardan tashqari milliy daryolar ham mavjud. Milliy daryolar bir davlat chegarasida joylashgan va faqat uning yurisdiksiya ostida bo‘ladi.

Kemalar harakatlanadigan daryolarda kemalar suzish erkinligi prinsipi qo‘llaniladi. Pozitiv xalqaro huquqda xalqaro daryolarda kemalarning harakatlanish huquqi bilan barcha davlatlar foydanishi mumkinligini inkor etadi. Ushbu huquq qirg‘oqbo‘yi davlatlar uchun taalluqli hisoblanadi. Xalqaro daryolarda kemalarni harakatlanish rejimini qirg‘oqbo‘yi davlatlar o‘z shartnomalarida belgilaydilar. Boshqa davlatning tasarrufidagi xalqaro daryoning qismida harakatlanayotgan kemalar mazkur davlatning tartib-qonunlariga rioya qilishlari shart. Xalqaro daryolarda qirg‘oqbo‘yi davlatlar savdo kemalarini harakatlanishlari uchun kemalarni erkin harakatlanish prinsipiga amal qilishadi.
Xalqaro huquqda 1815-yil Vena kongressida kemalarning xalqaro daryolarda harakatlanishi bo‘yicha ilk shartnomasi qabul qilingan. Unga ko‘ra xalqaro daryolarda faqat qirg‘oqbo‘yi davlatlar kemalari erkin harakatlanishi mumkin.
1966-yilgi suvlardan foydalanish bo‘yicha xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Xelsinki qoidalarida esa qirg‘oqbo‘yi bo‘lgan va qirg‘oqbo‘yi bo‘lmagan davlatlarning xalqaro dayolarda harakatlanish qoidalaridagi farqi belgilangan (qirg‘oqbo‘yi davlatlarning navigatsiya huquqi bilan foydalanishi xususida).
Hozirgi paytda suvlardan foydalanishga doir xalqaro hujjatlardan biri Transchegaraviy suvlarni va xalqaro ko‘llarning saqlash bo‘yicha 1992-yilgi Xelsinki Konvensiyasi hisoblanadi (mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi 2007-yilda qo‘shilgan). Unga ko‘ra suvlarni ifloslagan va zarar keltirgan davlat o‘z budjeti hisobidan kelib chiqqan muammoni bartaraf etadi va transchegaraviy suvlardan oqilona, tutash davlatlargan zarar yetkazmagan holda foydalanadi.
1997-yilda BMTning suvlardan foydalanish bo‘yicha Doiraviy Konvensiyasida ham xalqaro suvlardan oqilona foydalanish masalari atroflicha belgilangan. Shunday qilib, hozirgi zamon xalqaro huquqda qirg‘oqbo‘yi davlatlarning o‘z hududidan oqib o‘tadigan xalqaro daryolarga nisbatan chegaralanmagan huquqqa egaligi to‘g‘risidagi Xarman doktrinasi tamoman inkor etilgan. Hozirgi zamon xalqaro huquqida xalqaro daryolardan foydalanish tartibi xalqaro huquqiy shartnomalar va kelishuvlarda aniq belgilangan va shular asosida amalga oshirilishi kerak.
Dunay. 1948-yildagi Dunayda kemalar harakatlanishi rejimi bo‘yicha Konvensiyada savdo kema qatnovining qoidalariga rioya etilgan holda barcha fuqarolar, savdo kemalari va savdo tovarlari uchun teng huquqlik asosida harakatlanish rejimi ochiq va erkin hisoblanadi.
Dunay bo‘ylab qirg‘oqbo‘yi davlatlar bo‘lmagan davlatlarning harbiy kemalari harakatlanishi ta’qiqlanadi. Dunay daryosida kemalar qatnovini tartibga solish nazorat mexanizmi sifatida Dunay komissiyasining faoliyati katta ahamiyatga ega. Masalan, Dunay komissiyasi 1970-yil Dunay bo‘yicha harakatlanish qoidalarini ishlab chiqqan va amalda qo‘llagan.
Reyn. Reyn daryosi bo‘ylab kemalarning harakatlanishi bo‘yicha 1868-yilgi Mangeym konvensiyasi qabul qilingan. Mazkur Konvensiya Reyn daryosi bo‘ylab kemalar harakatlanishi rejimi bo‘yicha 1831-yilgi Konvensiyani qaytadan ko‘rib chiqilgan shakli hisoblanadi. Ushbu hujjatda qirg‘oqbo‘yi bo‘lgan va bo‘lmagan davlatlar uchun kemalar harakatlanishi bo‘yicha rejimlar o‘rnatildi. Ya’ni, Konvensiyaga ko‘ra qirg‘oqbo‘yi bo‘lgan va bo‘lmagan davlatlar uchun bir xil teng rejimlar faqatgina Reynbo‘yi davlatlarning kemalari uchun belgilangan.
1919-yilgi Versal shartnomasiga ko‘ra Konvensiyaga qirg‘oqbo‘yi bo‘lgan va qirg‘oqbo‘yi bo‘lmagan davlatlarning kemalari uchun rejimlarni tenglashtirish bo‘yicha bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Undan tashqari, Reyn daryosi bo‘ylab kemalar harakatlanishi bo‘yicha Markaziy komissiya a’zolari qatoriga Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiyani kiritdi.
Bundan tashqari, 1922-yilgi Markaziy komissiya tomonidan Reyn bo‘ylab kemalarni harakatlantiruvchilar uchun patenlar berish rejimi qabul qilingan. 2002-yilda Markaziy komissiya tomonidan Mangeym konvensiyasiga qo‘shimcha №7 Protokol qabul qilindi. Unga ko‘ra Reyn bo‘ylab harakatlanish uchun kerakli hujjatlar faqat Reynbo‘yi davlatlar tomonidan emas, balki Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan ham berilishi mumkinligi tasdiqlandi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish