Davlatga kirish va undan chiqib ketish tartibi Hozirgi davrda deyarli barcha davlatlarda o‘z fuqarolari va chet elliklarga ham kirish va chiqishning ruxsat etilgan tartibi mavjud. U ba’zan birmuncha xalqaro huquqqa muvofiq ravishda soddalashtirilgan.
Davlat hududiga kirish va chiqishga ruxsat etish tartibi, davlatga kirish va chiqish vaqtida davlat o‘z fuqarosi hamda chet el fuqarosini bu borada cheklashi mumkinligini ham nazarda tutadi. Xalqaro-huquqiy sohada davlatning o‘z fuqarosi bilan chet el fuqarosini davlat hududiga kirish va chiqish tartibida jiddiy farqlar mavjud. Bunday qoidalar ichki davlat huquqida har doim ham o‘z ifodasini topmaydi, davlatlarning tashqi aloqalari borasida mazkur qoidalar xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari bilan belgilanadi.
Yuqoridagi qoidadan farqli o‘laroq agar chet el fuqarosi boshqa davlat hududidan chiqib ketishni istab murojaat qilsa, tegishli davlat organlari muntazam ravishda unga rad javobini berish mumkin emas. Agar mazkur shaxsning ishi sudda ko‘rilayotgan yoki tergov olib borilayotgan yoxud chet ellik fuqaroligiga mansub bo‘lgan davlat bilan ushbu davlat urush holatida bo‘lsa, chet el fuqarosiga davlat hududidan chiqib ketishiga rad javobini berish uzrli sabab sifatida tan olinishi mumkin.
Agar siyosiy boshpana berish asoslari davlatning milliy qonunchiligidan kelib chiqadigan bo‘lsa, davlatlarning muayyan toifadagi shaxslarga bunday boshpana bermaslik majburiyati esa xalqaro huquq normalari (shartnoma prinsiplari va odat normalari)da belgilangan.
Siyosiy boshpana tushunchasi va uning berilishi oqibatlari Siyosiy boshpana berishning asosiy xalqaro-huquqiy oqibati bunday boshpana berilgan shaxsni davlat tomonidan bermaslik majburiyati hisoblanadi.
Siyosiy boshpana berish bilan biron-bir shaxsga ma’lum bir davlat hududida doimiy yashashga ruxsat berishni farqlash lozim. Zero, ikkinchi holatda davlat hech qanday xalqaro-huquqiy majburiyat olmaydi.
Ko‘pincha siyosiy boshpana olishga o‘z davlatida siyosiy jinoyatchi hisoblangan shaxs da’vogar bo‘ladi. Bu borada ko‘p nizolar kelib chiqadi. Hududiy boshpana to‘g‘risidagi deklaratsiyada mustahkamlangan tamoyilga ko‘ra pirovardida mazkur masala boshpana bergan davlat tomonidan hal qilinadi.
Umumiy jinoyat sodir qilgan shaxslarga siyosiy boshpana berilmasligi lozimligi to‘g‘risidagi qoidalar umume’tirof etilgan qoida hisoblanadi.
Siyosiy boshpana berishning ikkinchi xalqaro-huquqiy oqibati shundan iboratki, biron-bir shaxsga siyosiy boshpana bergan davlat ushbu shaxsning huquqlari xorijiy davlatlarda buzilgan taqdirda kvazidiplomatik himoya ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Siyosiy boshpana berishning uchinchi oqibati biron-bir shaxsga boshpana bergan davlat mazkur shaxsning faoliyati uchun javobgar bo‘ladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, boshpana bergan davlat bunday shaxslar tomonidan qochib chiqqan davlatiga nisbatan jinoiy hatgi-harakatlar qilishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Bevosita xalqaro huquq normalari asosida shaxsga boshpana huquqi berilmaydi. Shaxsning bunday huquqlari ichki davlat huquqida o‘z aksini topadi. Xalqaro huquq normalari faqat davlatlarning muayyan toifadagi shaxslarga boshpana berish huquqini va boshqa davlatlarning mazkur huquqni hurmat qilish majburiyatini mustahkamlaydi.
Agar siyosiy muhojir (emigrant)ni boshpana qidirishga majbur qilgan vaziyat bargaraf qilinsa yoki siyosiy muxojir boshpana bergan davlatda naturalizatsiya qilgan bo‘lsa, siyosiy boshpana tugatiladi.