O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Millatlar yoki xalqlar — Xalqaro huquq sub’ekti sifatida



Download 454,89 Kb.
bet29/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

6. Millatlar yoki xalqlar — Xalqaro huquq sub’ekti sifatida
O‘z ozodligi uchun kurashayotgan va ma’lum hokimiyat tuzilmalarini tuzgan, yagona markaz bilan birlashgan millat yoki xalqlar millat yoki xalq nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etishi va xalqaro huquq sub’ekti maqomiga ega bo‘lishni talab qilishi mumkin. Amalda bunday tuzilmalar qatoriga yagona qo‘mondonlikka ega bo‘lgan hamda aksariyat hollarda bir vaqtning o‘zida siyosiy rahbarlikni amalga oshiruvchi qurolli otryadlar kiradi.
Millatlar yoki xalqlar xalqaro huquqning alohida va maxsus sub’ektlari hisoblanadi. Imperativ xarakterdagi me’yor-tamoyilga — teng huquqlilik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash tamoyiliga — muvofiq barcha xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi, ya’ni tashqaridan hech qanday aralashuvsiz erkin asoslarda o‘zining siyosiy maqomini belgilash va iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini amalga oshirish huquqi tan olinadi. 1970 yilda qabul qilingan Xalqaro huquq tamoyillari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga muvofiq har bir davlat ushbu huquqni hurmat qilishi lozim. So‘z xalklar va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar (xalqaro huquqiy munosabatlar) to‘g‘risida bormoqda.
Xalqaro huqukda "xalq" tushunchasi aniqlanmagan. Bizning nazarimizda, xalq — hududiy xarakter kasb etuvchi tushunchadir. Xalq — mazkur hududda, ular o‘rtasidagi irqiy, etnik, diniy yoki boshqa xarakterdagi farqlardan qat’iy nazar, doimiy yashovchi (balog‘at yoshidagi) shaxslarning yig‘indisidir. Bunday tarzda o‘z taqdirini o‘zi belgilash bir vaqtning o‘zida ushbu hududning siyosiy maqomini ham belgilashdir.
YAqin vaqtlarda ham o‘z taqdirini o‘zi belgilash to‘g‘risida so‘z borganda birinchi galda tobe hududlarning xalqlari, ya’ni mustam-laka ostida bo‘lgan xalqlar ko‘zda tutilar edi. Va har bir davlatga ularning o‘z taqdirini o‘zi belgilashda ko‘maklashish majburiyati yuklangan.
Jismoniy va yuridik shaxslar, nohukumat tashkilotlar yoki milliy huquqning o‘zga sub’ektlari xalqaro huquq sub’ektlari emas, chunki ular ichki davlat huquqiy tartibiga bo‘ysunadilar. Xalqaro huquq sub’ektlarining o‘ziga xos jihati ham ularga yuridik majburiy xatti-harakat qoidalarini belgilab beruvchi kuch yoki hokimi-yatning mavjud emasligi bilan izohlanadi.


Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish