O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro-huquqiy tan olish



Download 454,89 Kb.
bet26/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

3. Xalqaro-huquqiy tan olish
Tan olish — davlatning ixtiyoriy ravishda, bir tomonlama qabul qilgan hujjatidir. Unda davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita biron-bir davlatni xalqaro huquq sub’ekti sifatida tan olishi va u bilan rasmiy munosabat o‘rnatish maqsadi borligi yoki davlatda yoxud uning bir qismida g‘ayrikonstitutsiyaviy yo‘l bilan kelgan hokimiyatni xalqaro munosabatlarda ushbu davlatning yoki shu hududda yashaydigan xalqning vakili sifatida samarali ishtirok etishi mumkin deb hisoblashi to‘g‘risida bayonot beradi.
Tan olish majburiyati mavjud emas. Bu — davlatlarning huqu-qidir.
Xalqaro-huquqiy tan olish — xalqaro xuquqqa muvofiq davlatlar tomonidan yangi davlatni yoki hukumatni yoxud rasmiy yoki norasmiy, to‘liq yoki qisman, doimiy yoki vaqtinchalik munosabatlarni o‘rnatish mumkin bo‘ladigan boshqa davlat organini tan olishdir. Quyidagilar xalqaro-huquqiy tan olishning turlari hisoblanadi:
1) davlatni tan olish;
2) hukumatni tan olish;
3) qo‘zg‘alon ko‘targan tarafni tan olish;
4) milliy ozodlik organlarini tan olish;
5) qarshilik ko‘rsatish organlari va boshqalarni tan olish.
SHunday tan olishning hozirgi diplomatik amaliyotda eng ko‘p tarqalgan shakli u yoki bu davlat hukumatlari tomonidan mavjud davlatning yangi hukumati bilan yoki yangi paydo bo‘lgan davlatning hukumati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish yoki unga rozilik berish hisoblanadi.
Xalqaro-huquqiy tan olishning de-yure va de-fakto shakllari an’anaviy hisoblanadi.
Hech qanday shartsiz rasmiy tan olish to‘g‘risidagi, de-yure va de-fakto tan olish to‘g‘risidagi, diplomatik aloqalar o‘rnatish yoki shunga rozi bo‘lish haqidagi bayonotlar rasmiy tan olish hisoblanadi.
Norasmiy tan olish u yoki bu davlatning hukumati rasmiy ravishda tan olinmagan mamlakat hukumati bilan aloqaga kirishi, ba’zan ad hoc xalqaro-huquqiy tan olish deb ataladigan, bir birini tan olmaydigan davlatlar tomonidan xalqaro konferensiyalarda yoki xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilishi hisoblanadi.
Tan olayotgan taraf tomonidan tan olingan taraf bilan zarurat bo‘lganda bevosita xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirish niyatini tasdiqlovchi guvohonoma — xalqaro-huquqiy tan olishni rasmiylashtiruvchi hujjatdir. SHu bilan birga bu yangi davlat va hukumatni tuzish vositasi hisoblanmaydi.
Hukumatni tan olish — davlatlar tomonidan biron-bir mamlakatning g‘ayrikonstitutsiyaviy yo‘l bilan hokimiyatga kelgan hukumatni tan olishdir. Rasmiy tan olishning ikki shakli — de-fak-to va de-yure mavjud.
De-fakto tan olish — mavjud davlat va hukumatlar tomonidan u yoki bu mamlakatda yangi paydo bo‘lgan davlat yoki hukumatni tan olishning an’anaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Bunday tan olishning sabablarini ko‘rsatish talab qilinmaydi. Odatda de-fakto tan olishi tan olayotgan davlat yangi hukumatni yoki davlatning o‘zini etarli darajada uzoq yashashi mumkinligiga ishonchsizlik bilan qaraganda qo‘llaniladi yoxud ma’lum vaqt o‘tgunga qadar yangi xalqaro huquq sub’ektini yoki uning hukumatini rasman va to‘liq tan olish niyati yo‘qligini ifodalaydi. De-fakto tan olishda diplomatik aloqalar o‘rnatish shart emas. De-fakto tan olish ayrim hollarda konsullik munosabatlarini o‘rnatishga olib kelishi mumkin, lekin bu majburiy qoida emas. Bu tan olayotgan davlat mazkur hukumatning mavjudligi bilan hisoblashadi va u bilan biron-bir masala bo‘yicha aloqa qilishi mumkinligi anglatadi. De-fakto tan olingan davlat bilan hamkorlik turli sohalarda bo‘lishi mumkin, chunki bunday tan olish natijasida xalqaro munosabatlarda suveren davlat sifatida qatnashadi. De-fakto tan olish de-yure tan olishdan ko‘p farq qilmaydi(AQSH hukumati tomonidan 1919 yil 7 maydagi Finlandiyani de-fakto tan olishi shu bilan xarakterliki, 1920 yil 12 yanvarda berilgan tushuntirish bo‘yicha bu to‘liq tan olish hisoblanadi).
De-yure tan olish — to‘liq, hal qiluvchi tan olishdir. U odatda diplomatik aloqalar o‘rnatishga olib keladi.
De-yure tan olish — mamlakatda vujudga kelgan yangi davlat yoki hukumatni xalqaro maydondagi mavjud davlatlar hamda hukumatlar tomonidan rasmiy tan olishning an’anaviy shakllaridan biridir. Tan olishning bu turi tan oluvchi davlatning mazkur davlat bilan to‘liq diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga tayyor ekanligini ifodalaydi.
Xalqaro amaliyotda bunday tan olish, odatda, qachonki, tan oluvchi davlat tan olinuvchi davlatning kelib chiqishi qonuniyligiga shubha qilmasa yoki mavjud sharoit uni tan olinuvchi davlat bilan normal diplomatik munosabatlar o‘rnatish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni talab qilsa yuz berishi mumkin.
De-yure to‘liq rasman tan olishdir. De-yure tan olish oqibatida davlatlar oliy toifadagi diplomatik vakillar bilan almashadi-lar, tan olinuvchi davlatning horijda ma’lum mulk va boshqa qim-matbaho buyumlarni taassaruf qilish xuquqi hamda uni tan oluvchi davlat yurisdiksiyasidan immuniteti tan olinadi va h.k. Biroq ba’zan ma’lum shart (ogovorka) ilova qilinishi ham mumkin masa-lan, tan olinayotgan hokimiyatni e’tirof etishning hududiy chega-ralari to‘g‘risida (1924 yilda Buyukbritaniya bilan SSSR, 1950 yilda —XXR) yoki xalqaro majburiyatlarga nisbatan (1947 yilda Buyukbritaniya bilan Bolgariya Xalq Respublikasi).

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish