O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet24/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Nazorat Savollari
1. Xalqaro huquq prinsiplari bu nima?
2. Xalqaro huquqning asosiy va umum tan olingan prinsiplari orasida farq mavjudmi?
3. Xalqaro huquqning sohaviy prinsiplari deganda nimani tushunasiz?
4. Qaysi xalqaro huquqiy hujjatlarda xalqaro huquq prinsiplari o‘z ifodasini topgan?
5. Xalqaro huquqning har bir prinsipi toʻgʻrisida o‘z fikringizni bildiring.
6.O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida xalqaro huquq prinsiplarining ifodalanishini ko‘rsating.
7. Xalqaro huquqning inson huquqlarini himoya qilish prinsipiga O‘zbekiston Respublikasida qay tarzda rioya qilinmoqda?
4-mavzu Xalqaro huquq subyektlari
Reja:
Reja:
1. Xalqaro huquq sub’ekti tushunchasi.
2. Davlat — xalqaro huquqning asosiy sub’ekti.
3. Xalqaro-huquqiy tan olish.
4. Davlatlarning huquqiy vorisligi.
5. Davlatga o‘xshash tuzilmalar — xalqaro huquq sub’ekti.
6. Millatlar va xalqlar — xalqaro huquq sub’ektlari sifatida.
7. Xalqaro tashkilotlar — xalqaro huquq sub’ekti sifatida.


1. Xalqaro huquq sub’ektlari tushunchasi
"Huquq sub’ekti" tushunchasi davlat va huquq nazariyasida ishlab chiqilgan bo‘lib, davlatlarning ichki huquqi yoki xalqaro huquqqa nisbatan emas, balki umuman huquqqa nisbatan qo‘llaniladi.
Xalqaro huquq ma’lum xalqaro munosabatlarni tartibga sola-di, buning natijasida ular xalqaro-huquqiy munosabatga aylanadi. Xalqaro huquq me’yorlari bilan tartibga solingan xalqaro-huquqiy munosabatlarning qatnashchilari xalqaro huquq sub’ektlari deb ataladi.
Huquqiy munosabatlar boshqa ijtimoiy munosabatlardan shu-nisi bilan farqlanadiki, ularning ishtirokchilari — sub’ektla-ri huquq me’yorlarida belgilangan yuridik huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Huquq me’yori asosida sub’ektga tegishli bo‘lgan muayyan yuridik huquq uning sub’ektiv huquqi hisoblanadi. Unga xalqaro huquqsa har doim boshqa xalqaro — huquqiy munosabat sub’ektining sub’ektiv majburiyatlari qarama-qarshi turadi.
Huquq me’yorlari tizimi ob’ektiv ma’nodagi huquq yoki ob’ek-tiv huquq deb yuritiladi. Xalqaro huquq tom ma’noda ob’ektiv huquq hisoblanadi.
Xalqaro huquq sub’ektlari — xalqaro huquq me’yorlari bilan sub’ektiv huquq va sub’ektiv majburiyatlarga ega bo‘lgan xalqaro-huquqiy munosabatlar qatnashchilaridir.
Xalqaro huquq sub’ektlari — xalqaro huquq me’yorlari bilan sub’ektiv huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarning real qatnashchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan taraflar, shaxslardir.
Xalqaro huquq sub’ekti — xalqaro huquqning umumiy me’yorlariga yoki xalqaro-huquqiy hujjatlarning talabiga muvofiq paydo bo‘ladigan xalqaro huquq va majburiyatlar egasidir. SHuningdek, bu xatti-harakatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan va xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishadigan yoki kirishi mumkin bo‘lgan shaxsdir.
Xalqaro huquq fanida birlamchi va ikkilamchi (hosilali) xalqaro huquq sub’ektlariga bo‘linadi. Bunday farqlanish — ob’ektiv voqelik, tabiiy-tarixiy jarayoni va hozirgi xalqaro huquqning rivojlanishi natijasidir.
Birlamchi xalqaro huquq sub’ektlari — avvalo davlatlar va ayrim hollarda xalqlar va millatlardir. Ular ijtimoiy organizm sifatida paydo bo‘lib, muqarrar ravishda o‘zaro aloqa o‘rnatadi, o‘zi uchun o‘zaro xalqaro muomala qoidasini yaratadi.
Ikkilamchi(hosilali) xalqaro huquq sub’ektlari birlamchi sub’ektlar tomonidan yaratiladi. Ularning xalqaro huquqiy layoqatining hajmi uning tashkilotchilarining ixtiyori va maqsadiga bog‘liq. Bu hukumatlararo tashkilot bo‘lishi ham mumkin yoki erkin shaharlar singari davlatga o‘xshash tuzilma bo‘lishi ham mumkin. Tashkilotchilar ularni o‘z nomidan davlatlararo munosabatlarga kirishish huquqini beradi.



Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish