O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


-mavzu Xalqaro ekologiya huquqi



Download 454,89 Kb.
bet102/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

13-mavzu Xalqaro ekologiya huquqi
Reja:

  1. Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari.

  2. Xalqaro ekologiya huquqining prinsiplari.

  3. Xalqaro ekologiya huquqining manbaalari.

  4. Xalqaro ekologiya huquqida xalqaro tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati.

  5. Xalqaro ekologiya huquqida javobgarlik masalalari.



Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari
Ma’lumki, BMT tomonidan 1972-yilda 5 iyun Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida belgilanib, global ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, mazkur sohada xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi.
O‘zbekiston Respublikasi hozirgi paytda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibga solish sohasidagi xalqaro konvensiya, protokol va asosiy kelishuvlarning bir nechtasining ishtirokchisi hisoblanadi. Ushbu sohada o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan kelishuvlarni barcha Markaziy Osiyo davlatlari, qolaversa, Yevropa mamlakatlari bilan ham imzolanganligi mamlakatimizda ekologik masalalarga alohida e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
Hozirgi davrda xalqaro ekologiya huquqi – bu umumiy (ommaviy) xalqaro huquqning shakllangan sohasi hisoblanadi.
Xalqaro ekologiya huquqi – xalqaro miqyosda mavjud ekologik qonunlar, prinsiplar hamda xalqaro huquqiy normalarni tartibga solgan holda, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni hamda inson ekologik huquqlariga rioya etilishini ta’minlash, turli xil manbalardan tabiatga zararlarni oldini olish, dunyo xalqlarga Yer yuzida kelajak avlod manfaatlarini inobatga olgan holda qulay hamda boy tabiiy sharoit hamda yuksak tabiatni ta’minlab berishga qaratilgan normalar majmui hisoblanadi.
Xalqaro ekologiya huquqining maqsadi – atrof tabiiy muhit bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqlar sohasida davlatning va boshqa xalqaro munosabatlar subyektlarining o‘zaro huquq va majburiyatlarini o‘rnatish orqali insoniyat xatti-harakatlarini tartibga solishning yuridik vositasi (instrumenti) bo‘lib xizmat qiladi.
Xalqaro ekologiya huquqining predmeti bo‘lib, xalqaro ekologik munosabatlar, dunyo xalqlari, ya’ni insoniyat va atrof-tabiiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro chambarchas bog‘liqlik hisoblanadi. Xalqaro ekologiya huquqining obyekti dunyo xalqlari, millat va elatning yashashi uchun hayot manbai bo‘lgan yer, suv, havo (atmosfera), o‘simlik va hayvonot dunyosi, o‘rmonlar, barcha yer osti boyliklari, butun bir tabiat hisoblanadi. Xalqaro ekologiya huquqining subyekti bo‘lib, millatlar, xalqlar, o‘z mustaqilligiga ega bo‘lgan barcha davlatlar, xalqaro tashkilotlar va birlashmalar, xalqaro ekologik munosabatlar ishtirokchisi bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar tan olinadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilishning xalqaro huquqiy obyekti deb xalqaro huquq subyektlarining ekologik munosabatlar predmeti bo‘lgan tabiiy obyektlar, ya’ni o‘zining xususiyati, joylanishi va ahamiyati nuqtayi nazardan biron bir davlat yurisdiksiyasiga kirmaydigan va shuning uchun ham ikki va undan ortiq mamlakatlar yoki xalqaro-huquq subyektlari mulki bo‘lgan tabiiy obyektlardir. Ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish faqatgina bitta davlat tomonidan amalga oshira olmaydi ular xalqaro huquq manbalari orqali tartibga solib turiladi.
Xalqaro ekologiya huquqi obyektlarining ikki turi: xalqaro-huquqiy muhofazalash obyektlari va xalqaro-huquqiy tabiiy obyektlari mavjud.
Xalqaro-huquqiy muhofaza qilish obyektiga - havo basseyni, fazo, dunyo okeani, Antarktika, ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlar kiradi.
Xalqaro-huquqiy tabiiy obyektiga – implementatsiya qilingan milliy qonunlar asosida muhofaza qilinadigan va ulardan foydalanadigan tabiiy obyektlar kiradi. Ikki va undan ortiq mamlakatlar hududlarida joylashgan daryolar, ko‘llar, dengizlar hamda xalqaro Qizil kitobiga kiritilgan kamyob yoxud yo‘q bo‘lib ketayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlari kiradi.
Tarixan nazar tashlaydigan bo‘lsak, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish, avvalo, ikki tomonlama davlatlararo o‘zaro kelishuv va bitimlar asosida rivojlana boshlangan. Bunga misol 1839-yil 2-avgustda qabul qilingan “Buyuk Britaniya va Fransiya sohillarida baliq va dengiz molyuskalarini ovlash to‘g‘risida”gi konvensiya hisoblanadi.
Shuningdek ushbu sohada ilk marotaba ko‘p tomonlama munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat 1868-yilda qabul qilingan “Reyn kemachiligi to‘g‘risida”gi konvensiya bo‘lib, ushbu hujjat asosida Reyn daryosi suvlari ifloslanishidan muhofaza qilish talablarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunga kelib dunyo miqyosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish sohasida ko‘p tomonlama universal (global) va mintaqaviy (hududiy) xalqaro konvensiyalar 1600 tani hamda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar 3 mingdan ortig‘ini tashkil etadi.
Ushbu sohadagi ko‘ptomonlama xalqaro hamkorlikning ilk qadami bo‘lib 1913-yil 17–19-noyabr kunlari Shveysariyaning Bern shahrida bo‘lib o‘tgan “Tabiatni xalqaro miqyosda muhofaza qilish to‘g‘risida”gi nufuzli konferensiya hisoblanadi. Ushbu Konferensiyada tabiatni xalqaro miqyosda muhofaza qilish bo‘yicha Konsultativ komissiyani ta’sis etish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Bo‘lib o‘tgan ushbu nufuzli xalqaro konferensiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasiga ko‘tardi.
1948-yilning oktabr oyida Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Kengash (MSOP) tashkil etildi hamda ushbu Kengash 1996-yil oktabr oyida o‘zining yigirmanchi Bosh Assambleyasi (xalqaro tashkilotlarning umumiy majlisi)ni o‘tkazdi va u “Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha butundunyo kongressi” nomini oldi.
Bundan tashqari, 1962-yil-18 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi o‘zining XVII sessiyasida “Iqtisodiy taraqqiyot va tabiatni muhofaza qilish” nomli rezolyutsiyani qabul qilib, unda takomillashtirilgan samarali ichki qonunchilik hamda xalqaro huquq asosida tabiatni muhofaza qilish oldindan yoxud iqtisodiy jihatdan rivojlanish barobarida yoki birgalikda amalga oshirilishi zarurligi e’tirof etildi. Shuningdek Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Kengash (MSOP) va boshqa xalqaro tashkilotlarni barcha choralarni qo‘llagan holda qo‘llab-quvvatlab, jamoatchilikni ushbu vazifalarni amalga oshirishda keng jalb etish lozimligini tavsiya etadi.
Yuridik adabiyotlarda taniqli olimlar xalqaro ekologiya huquqining vujudga kelishi va rivojlanishi uchta bosqichda namoyon bo‘lishini e’tirof etadilar. Unga muvofiq, 1-bosqich: 1834 – 1948-yillar, 2-bosqich: 1948 – 1972-yillar va 3- bosqich: 1972-yildan hozirgi vaqtgacha. Ilk bosqich davlatlarning mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni hal etishga urinishlari bo‘lsa ikkinchi bosqich BMT faoliyatining boshlanishi hisoblanadi hamda uchinchi bosqich esa ekologiya masalalar bo‘yicha global xalqaro konferensiyalarni amalga oshirishda namoyon bo‘ldi.
Ma’lumki, xalqaro ekologiya huquqining bir qator xususiyatlari ham mavjud, bular:
– birinchidan, bu xalqaro ekologik huquqiy munosabatlarni mustahkamlaydi va tartibga soladi;
– ikkinchidan, mavjud xalqaro ekologik holat (vaziyat), ekologik xavfsizlik hamda muammolar xalqaro prinsiplar asosida ko‘rib chiqiladi va hal etilishi ta’minlanadi;
– uchinchidan, qabul qilingan barcha xalqaro ekologik huquqiy normalar, faqatgina bitta davlat manfaati uchun emas, balki bir nechta davlatlar hamda xalqlar manfaatidan kelib chiqiladi;
– to‘rtinchidan, ushbu sohada xalqaro miqyosda qabul qilingan barcha normalar xalqaro prinsiplarga asosan amalga oshirilishi davlatlar tomonidan ta’minlanadi va kafolatlanadi.
Xalqaro ekologiya huquqi nafaqat inson huquqlari balki xalqaro huquqning boshqa sohalari bilan ham uzviy bog‘liq. Qolaversa, atrof tabiiy muhitni himoya qilish dengiz huquqi va fazo huquqining ham asosiy prinsiplari hisoblanadi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish