O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar inistituti



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/238
Sana23.01.2022
Hajmi2,5 Mb.
#404586
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   238
Bog'liq
Ўқув услубий мажмуа 20 йил

Ishlash tartibi: 
qand lavlagi mevalari standartlariga asoslanib, fizik holatiga qarab, 
xom ashyoga qayta ishlov berish sanoati tomonidan qoʻyiladigan talablar oʻrganiladi. 
Lavlagining  ildizmevalari  bilan  ishlash  amaliyotida  ularning  koʻpincha  “ildizlari” 
deyishadi.  Ularga  nisbatan  talablar  “Sanoatda  qayta  ishlanadigan  qand  lavlagi” 
standartida bayon qilingan. 
Ildizlar fizik holatiga koʻra, normal turgorga ega boʻlishi (soʻlimagan boʻlishi) kerak. 
Nuqsonli  ildizlar  (vazniga  koʻra)  1%  gacha;  kuchli  mexanik  shikastlanganlari  12, 
soʻliganlari 5% gacha boʻladi. Yashil vaznining tarkibi 3% dan oshmasligi kerak. Lavlagi 
turkumlarida soʻligan yoki turgori qayta tiklanmasdan quriganlari (moʻmiyolashganlari), 
chiriganlari,  shishasimon  yemirilib  tushadigan  muzlaganlari,  shuningdek,  terisi 
qorayganlari boʻlmasligi kerak. 
Standartda koʻrsatilgan me’yorlarga nisbatan koʻproq miqdorda gullagan, soʻligan, 
kuchli  mexanik  shikastlangan  ildizlar  aralash-masiga  ega  boʻlgan  lavlagi,  shuningdek, 
muzlagan,  lekin  qoraymagan  lavlagi  nokonditsion  lavlagi  sifatida  qabul  qilinadi 
(Boshqirdiston  va  Oltoy  oʻlkasida  muzlagan  lavlagi  ham  konditsion  lavlagi  sifatida 
qabul  qilinadi).  Soʻligan,  mexanik  shikastlangan  va  chirigan  ildizlar  deb  belgilashga 
asos boʻladigan belgilar standartda koʻrsatilgan. 
Majburiy  tartibda  turkumning  umumiy  ifloslanishi  belgilanadi,  unga  tuproq, 
poyalari,  barg  bandlari,  oʻsimtalar,  begona  oʻtlar,  yon  ildizlari  va  1  sm  dan  kam 
diametrli  ildizchalari,  shuningdek,  boshqa  organik  va  mineral  aralashmalar  kiradi. 
Lavla-gining  umumiy  ifloslanishini  aniqlash  uchun  namunalar  xoʻjalikdagi  har  10 
turkumning (yoki 5) biridan tanlab olinadi. 
Lavlagining 
umumiy 
ifloslanishi 
maxsus 
tizimlar 
bilan 
uskunalangan 
mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashtirilgan labo-ratoriyalarda aniqlanadi. 
Ildizlar  sifati  keltirilgan  texnik  koʻrsatkichlar  bilan  bir  qatorda  qand  tarkibi 
(digustatsiya) va quruq moddalar vazni kabi muhim belgilar boʻyicha ham baholanadi. 
Sharbatdagi  quruq  moddalarning  (QM)  umumiy  miqdori  refraktometr  yoki  areometr 
yordamida,  saxaroza  (Sz)  -  polyarimetrik  uslubga  koʻra  aniqlanadi  va  tafovutga  qarab 
noqand moddalar (Nq) miqdori topiladi: 
QM=Sx+Nq yoki Nq=QM-Sx. 
Lavlagi  va  qand  lavlagi  ishlab  chiqarishning  barcha  oraliq  mahsulotlari  hujayra 
shirasi sifati uning yaxshi sifatliligi (Yas) koʻrsatkichi bilan tavsiflanadi. Yaxshi sifatli 
sharbat deganda, unda tarkibidagi quruq moddalar vazniga tegishli boʻlgan va foizlarda 
ifodalanadigan saxaroza tarkibi tushuniladi: 
КМ
Сх
Яс

 
Masalan, sharbatning 86% yaxshi sifatliligi shuni anglatadiki, bunday sharbat quruq 
moddasining 100 ta qismida 86 qism sof saxaroza va 14 qism qand boʻlmagan moddalar 
boʻladi.  Sof  saxaroza  tarkibi  quruq  moddalar  tarkibiga  teng  boʻlgan  (Sx=QM)  sof 


104 
 
saxaroza eritmasi 100 yaxshi sifatga ega. Sharbatda qand boʻlmagan moddalar qancha 
koʻp boʻlsa, uning sifati shuncha past boʻladi. Sharbatning qand lavlagining oʻsishi va 
saqlanishi  shart-sharoitlariga  bogʻliq  boʻlgan  sifat  koʻrsatkichi  80  bilan  90%  oʻrtasida 
oʻzgarib  turadi.  Lavlagi  sifati,  shuningdek,  undagi  kul  (anorganik  noqandlar)  tarkibi 
bilan  ham  tavsiflanadi.  Kuzatish-lar  shuni  koʻrsatdiki,  lavlagida  qancha  qand  koʻp 
boʻlsa, unda mineral moddalar (kul) shuncha kam boʻladi. 
Kul  –  shinnida  qand  yoʻqolishining  asosiy  sabablaridan  biridir.  Bir  qism  kul 
hisobiga qandning besh qismi yoʻqoladi. Zavodlarda qand tarkibini aniqlash uchun bir 
soatda  48  ta  namuna  oladigan  unumdorlikka  ega  avtomatik  tizimlar  oʻrnatilgan.  Bu 
lavla-gini  qabul  qilish  hujjatlarida  turkumning  qandliligini  darhol  koʻrsatish  imkonini 
beradi. 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish