O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar inistituti



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/238
Sana23.01.2022
Hajmi2,5 Mb.
#404586
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   238
Bog'liq
Ўқув услубий мажмуа 20 йил

Ishni  bajarish  tartibi. 
Tajriba  uchun  1-2  kg  har  xil  navli  olmalar  olinadi,  ular 
rangi  va  konsistentsiyadan  farqlanishi  kerak.  Mevalar  yuviladi,  poʻstidan  va  urugʻidan 
tozalanadi,  qalinligi  15-20  mm  boʻlgan  boʻlaklarga  kesiladi.  Olma  boʻlaklarini 
qorayishidan saqlash uchun 0,5

li limon kislota eritmasiga botirish kerak. Chiqindilar 
massasi aniqlanadi. 
Olma boʻlaklari 5 minut issiq suvda blanshirlanadi, sovuq suvda sovitilib limon 
kislota  eritmasiga  botiriladi  (1  soatgacha  ushlash  mumkin).  Qozonda  50%  shakar 
qiyomi tayyorlanadi. 
Murabbo alyuminiy idishlarda qaynatiladi. Tayyorlangan olmalarga harorati 70-
80°S boʻlgan shakar qiyomi quyiladi. (1 kg mevaga 1 l qiyom) va 3-4 soatga qoldiriladi. 
Bunda  qiyomning  kontsentratsiyasi  pasayadi.  Keyin  murabbo  qaynatiladi.  Birinchi 
qaynatish  qiyomning  kontsentratsiyasi  (quruqligi)  50%  boʻlguncha  davom  etdi.  Keyin 
mahsulot 8 soatgacha quruq joyda qoldiriladi. 
Ikkinchi qaynatishda qiyomning kontsentratsiyasi 60%, uchinchi-65%, toʻrtinchi 
75% boʻlishi kerak. Qaynatish jarayonida murabbo sirtidagi kupigi olinadi. 
Tayyor  mahsulot  yana  2-4  soat  ushlanadi  (olma  va  qiyomning  quruqligi  bir  xil 
boʻlishi  uchun).  Quruq  moddalar  miqdori  bir  xil  boʻlgan  (71-72%)  murabbo  issiq  h 
olatda  bankalarga  qadoqlanadi  va  yopiladi.  Murabbo  quruqligi  71-72%  boʻlganda 
mahsulot pasterizatsiya qilinmaydi. 
Keyingi darsda tayyor mahsulotning degustatsiyasi oʻtkaziladi. Mahsulot sifatini 
baholash uchun uning organoleptik koʻrsatkichlari va tarkibi tekshiriladi. 
Tashqi  koʻrinishidan  murabbo  tarkibida  meva  boʻlaklari  bir  xil  boʻlib, 
yorilmagan,  ezilmagan  boʻlishi  kerak.  Qiyomda  mevalar  bir  xil  taqsimlangan  boʻlishi 
kerak.  Murabbo  ta’mi  va  hidi  olmalarga  xos  boʻlgan  ta’mi  va  hidiga  oʻxshashi  kerak. 
Rangi bir xil, boʻlaklarning konsistentsiyasi yumshoq, yaxshi pishgan lekin ezilmasligi 
kerak. Qiyom konsitentsiyasi yarim suyuq, tiniq boʻlishi kerak. 


134 
 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish