Tajriba quyidagi tartibda bajariladi:
1.
rN metr yordamida sharbatning aktiv nordonligi aniqlanadi, rN optimal (3,2-3,4)
boʻlishi uchun limon kislotasining 50% li eritmasi qoʻshiladi;
2.
Osvald viskozimetr yordamida sharbatning nisbiy qovushqoqligi aniqlanadi;
3.
areometrlardan foydalanib sharbatning zichligi aniqlanadi;
4.
Qoʻshiladigan pektin kontsentratning miqdori hisoblanadi;
5.
Yaxnaning nazariy chiqishi hisoblanadi;
6.
Yaxna tayyorlanadi, tayyor mahsulotning quruq moddalar miqdori va
mustahkamligi aniqlanadi;
7.
Tajribalar protokoli yoziladi.
Sharbat qovushqoqligi 5 dan oshganda yaxna pektin asosida tayyorlanadi, agar
nisbiy qovushqoqligi 5 dan kam boʻlsa, pektin kontsentrati qoʻshiladi. Pektin
kontsentratining nisbiy qovushqoqligi 12-16 tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |