Asosiy tushuncha
.Meva sharbatlari polidispers sistemadir. Ular tarkibiga
yuqorimolekulyar moddalar, ya’ni pektin, oqsillar, polisaxaridlar, yogʻ, buyovchi,
mineral moddalar, vitaminlar va boshqalar kiradi. Tindirilgan sharbatlarda oʻlchamlari
10
-5
….10
-7
sm boʻlgan kolloid moddalar uchraydi. Shu sababli sharbatlar yuqoridispers
yoki yuqorimolekulyar eritmalardir. Sharbatdagi umumiy kolloidlar miqdori
mevalarning turi va naviga bogʻliq boʻladi. Uzum sharbatida kolloidlarning umumiy
miqdori 4….12 g/l, olma sharbatida oʻrtacha 5 g/l ni tashkil etadi. Tindirish jarayoning
maqsadi sharbatdagi kolloid sistemani buzish, erimagan holda boʻlgan zarrachalarni
ajratish, kolloidlar miqdorini 20-30% gacha kamaytirish.
Meva sharbatlarini tindirish uchun quyidagi usullar qoʻllaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |