Oʻrik.
Oʻrik saqlash
uchun sal gʻoʻraroq, eti tigʻiz, mazasi naviga xos boʻlib yetilgan
paytida uziladi. Oʻrikni iloji boricha bandi bilan birga uzish kerak. Yirik va oʻrtacha
kattalikdagi oʻriklar toʻgʻri qatorlarga terilib, maydalari esa toʻkma qilib yashiklarga
joylanadi. Yashik tagiga qirindi solinadi va ustiga qogʻoz toʻshaladi, uning ustiga ham
qirindi sepiladi. Oʻrik 0°C haroratda va nisbiy namligi 85-95% boʻlgan sharoitda
saqlanadi. Bunday sharoitda oʻrikni 1-1,5 oy saqlash mumkin. havo harorati 17-25°C
boʻlgan omborlarda oʻrikni 8-10 kun saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |