O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar inistituti


Uzumni  quritish  va  mahsulot  sifatiga  qoʻyilgan  talablar



Download 2,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/238
Sana23.01.2022
Hajmi2,5 Mb.
#404586
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   238
Bog'liq
Ўқув услубий мажмуа 20 йил

Uzumni  quritish  va  mahsulot  sifatiga  qoʻyilgan  talablar:
   hozirki  kunda 
dunyo  boʻyicha  ekiladigan  uzumning  4000  ga  yaqin  navi  boʻlib,  shundan  2000 ga 
yaqin navi MDH davlatlarida  ekib  oʻstiriladi.  Oʻzbekistonda  uzumning  assortimenti  
juda  koʻp. Ulardan 200  dan  ortiq   navlari  mahalliy  navlardir.  Shuning  bilan  bir  
qatorda    chet  mamlakatlardan  keltirilgan  navlar    ham  ekib    oʻstiriladi.  Uzum  navlari 
foydalanishiga  koʻra    3    guruhga:    xoʻraki,    sharobbop    va    kishmishbop    navlarga  
boʻlinadi.    Oʻzbekiston  Respublikasida    uzumning    36    ta    navi    rayonlashtirilgan  
boʻlib,  14  tasi  xoʻraki,  5  tasi kishmishbop va 17 tasi esa sharobbop navlardir. 
Uzumning    xoʻraki    navlari    uzum    boshlarining    yirik    va    koʻpincha    siyrak  
boʻlishi  hamda    gʻujumining  tigʻiz  va  eti  ajoyib  ta’mli,  yirik,  chiroyli  boʻlishi  bilan 
ajralib  turadi.    Bular    husayni,    Toyfi,    Nimrang,    Kattaqoʻrgʻon,    Rizamat,    Pushti  
Parkati,  Oktyabrskiy  va  boshqa  navlardir.  Ular  ichida  ertagi  (iyun  oxiri),    oʻrtagi  va 
kech  (oktyabr)  muddatlarida    pishadigan    navlari    uchraydi,    shu    sababli    100  -  120  
kungacha  yangi  uzum iste’mol  qilish  mumkin.  Bundan  tashqari,  xoʻraki  uzumlar  
4- 5  oy  va  undan  ortiq saqlanishi mumkin. 
Kishmish    navlarning    uzum    boshlari    oq      (Oq      kishmish)    yoki    qora    (qora  
kishmish) rangli,  gʻujumi  mayda  urugʻsiz  boʻladi.  Keyingi  yillarda  gʻujumi  yirik  
kishmish  Soʻgʻdiyona,    Kishmish    Zarafshon,    Kishmish    Xishrav,    Kishmish    Botir  
kabi  navlar  sinab krilmoqda. Bu navlar pishganda juda koʻp shakar toʻplaydi. 
Respublikamizda    mevalarni    quritish    boʻyicha    uzum    mahsuloti    birinchi  
oʻrinni egallaydi.  Uzumdan  ikki  xil  mahsulot,  ya’ni  kishmish  va  mayiz  olinadi.  
Kishmish urugʻsiz  uzumdan,  mayiz  urugʻli  uzumdan  tayyorlanadi.  uritishda  eng  
yaxshi    navlar  qoʻllaniladi:    urugʻsiz    navlardan    —    «Oq      kishmish»,    «Qora  
kishmish»,    «askari»,  «Bedona»,  «Loʻnda    kishmish»,    «Xishrov    kishmish».  Urugʻli 
Qnavlardan  —  «Kattaqoʻrgʻon», «Sultoniy», «Qora  janjal»,  «Shtruangur- Rizamat»,  
«Qorakaltak»,    «Oq  kaltak»,    «aleksandr    muskati».  «Kishmish»    navli    uzumlardagi  
qand  moddasi  23- 25  foizga,  mayizbop  navlari  esa 22- 23 foizga  yetganda  uziladi.  
Qand  moddasi  yetarli boʻlmagan taqdirda xom ashyodan kam  mayiz tushadi,  uning  
xaridorgirlik  qimmati  pasayadi,  natijada  quruq   mahsulot  ishlab chiqarish xoʻjalik 
uchun foydali boʻlmay, balki zarar keltiradi. 
Quritish  uchun  faqat  kishmish  navlarigina  emas,  balki  Yuqori  sifatli  mayiz 
beradigan  xoʻraki:  Sultoniy,  Kattaqoʻrgʻon,  Nimrang  va  boshqa  navlardan 
foydalaniladi.  
Urugʻli mayiz uzoqqa  tashilganda va saqlaganda buzilmaydi. Uzumning  navi  va  
quritish  usuliga  qarab  quruq   mahsulotning   quyidagi xillari ishlab chiqariladi:  


99 
 
Kishmish    mayizlar:  «Soyaki»    -      quyosh    nurlari    tushmaydigan    maxsus  
xonalarda  uzumning  «Oq   kishmish» va  « Qora  kishmish»  navlaridan  soyaki  qilib  
quritiladi.    Bunda    xom-  ashyoga      ishqor  eritmasi  va  oltingugurt  bilan  ishlov 
berilmaydi; 
«Bedona»  -   ishqor  eritmasi  va  oltingugurt  angidridi  ishlatilmay,  oftobda 
uzumning «Oq  kishmish»  va «Qora kishmish»  navlaridan quritilgan mayiz; 
«Sabza»    -      uzumning    «Oq      kishmish»    navi    0,5    %    li    qaynoq      ishqor  
eritmasiga  10 daqiqa botirib olish bilan oftobda  quritilgan mayiz; 

Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish