6. Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning
sintetik hisobi
Хodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish
bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda
hisobga olib boriladi.
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga
ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish,
xizmat) lar tannarxiga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan
mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash
shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim
maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan
ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan
rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;
kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va
okladlarga ustamalar;
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan
kompensatsiya tusdagi to’lovlar, shu jumladan:
texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan
tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va
okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq;
smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik
va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati
bo’yicha og’ir, zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun
ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar;
aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar
xodimlarining va doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan
boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan
jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to’lanadigan yo’lda
o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar;
qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda
bevosita band bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda
vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov
xususiyati uchun ustama;
doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga
ularning shaxtada ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha
o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq;
mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga,
shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l,
suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan
to’lovlar;
xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga
qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda
tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport
tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi,
oklad miqdorida to’lanadigan summalar;
ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib
hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga
ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan
beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to’lash;
ishlamagan vaqt uchun haq to’lash:
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha
ta’tillar,
navbatdagi foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun
kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun
onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt
uchun haq to’lash;
majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman
saqlab qolgan holda haq to’lash;
donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va
qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq
to’lash;
davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to’lash;
xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar
mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar
bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar
bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa
pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi;
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning
boshqa turlari.
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo’yicha
aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»,
2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz
mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar
bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi.
Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-
«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira
mablag’larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo’lsa) schyoti debetlanib 6710-
«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-
qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi.
Ishga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqa va ijtimoiy sug’urta organlari
mablag’lari hisobidan to’lanadigan boshqa to’lovlar 6520-«Maqsadli davlat
jamg’armalariga to’lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib
10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |