zararlarni ish beruvchilar tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar
Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi.
ishga qobiliyatsizligi to’g’risidagi varaqalar, homiladorlik va
tug’ish bo’yicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqa hisoblash
tartibi to’g’risidagi nizomga binoan olib boriladi.
boshqa (1-4 bandlarida ko’rsatilgandan tashqari) barcha hollarda
o’rtacha oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining o’rtacha
ish haqisi bilan
aniqlanadi.
xodimlar mehnat ta’tilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini
bajarishda, ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif
stavkalar, lavozimlik okladlar oshgan bo’lsa, korxona, tashkilot, muassasalarning
mehnatga haq to’lashning yangi sharoitiga to’g’ri
keladigan haqiqiy ish kuni
bo’yicha hisoblab chiqiladi.
Qonunchilik bilan o’rtacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi
o’rnatilgan hollarda, ko’rsatilgan qoidalar qo’llanilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish ma’lumotlariga va xodim tomonidan
qonunchilik bilan kafolatlangan o’rtacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi
tegishli hujjatlariga asosan o’rtacha ish haqi hisoblab chiqiladi.
Barcha
xodimlarga, shu jumladan o’rindoshlik asosida ishlayotgan
xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o’rtacha ish haqi
saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. O’rtacha
ish haqi Vazirlar
Mahkamasining 1997 yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan
hisoblanadi.
Тa’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya
hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo’yicha o’rtacha oylik ish kunining
davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini
yo’qotganligi uchun hisoblab to’lanadigan haqning qoplash manbai bo’lib tannarx
yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug’urta organlarining mablag’lari
hisoblanadi.
Тo’lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo’lib ish vaqtidan
foydalanishni hisobga oladigan tabel va tibbiyot
muassasalarining bergan
vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi to’g’risidagi varaqasi hisoblanadi.
Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning o’rniga berilgan hujjatga binoan ish
qobiliyatini yo’qotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan
aniqlanadi.
Amaldagi qarorga binoan
2[22][24]
ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan
qat’iy nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi
bo’yicha nafaqa 100 % to’lanadi:
ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga;
baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
qaramog’ida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan
(o’quvchilar 18 yosh) farzandlari bo’lgan xodimlarga;
Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan
xodimlarga;
Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan
ifloslangan zonalardan ko’chirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga o’xshagan
kasalliklarga duchor bo’lganda;
Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bo’lganlarga;
homiladorlik va tug’ish bo’yicha.
Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga
umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga quyidagi
miqdorda nafaqa to’lanadi:
a) umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan, xodimlarga ish
haqining 100 % miqdorida;
b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining
80 % miqdorida;
v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga – ish haqining 60 %
miqdorida.
Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgan vaqtiga
quyidagi miqdorda nafaqa to’lanadi:
- umumiy mehnat staji 8 va undan ko’p yil bo’lgan xodimlarga, shuningdek
21 yoshga chiqmagan yetim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida;
- umumiy mehnat staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 %
miqdorida.
Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi bo’yicha
to’lanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish
haqidan ko’p bo’lmasligi kerak.
Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sug’urta hisoblanadigan, mehnat
haqiga kiritilmaydigan bir yo’la to’lovlardan tashqari, barcha turdagi to’lanmalar
kiradi.
Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan
oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi.
Oxirgi oy
oyligiga amaldagi Nizomga
3[23][25]
binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik
mukofotlar summasi qo’shiladi.
Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga
qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qo’shimcha haqlar inobatga
olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat
ijtimoiy
sug’urtasi bo’yicha nafaqa tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom» ga
binoan hisoblab chiqilgan o’rtacha oylik mukofotlar summasi qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: