O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti mavzu


 Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning



Download 393,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana20.07.2022
Hajmi393,79 Kb.
#825742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mehnat va unga haq tolash hisobi

 


6. Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning 
sintetik hisobi 
Хodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish 
bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda 
hisobga olib boriladi. 
Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga 
ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, 
xizmat) lar tannarxiga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan 
mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
xo’jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to’lash 
shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim 
maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab 
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan 
ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan 
rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar; 
kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va 
okladlarga ustamalar; 
ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan 
kompensatsiya tusdagi to’lovlar, shu jumladan: 
texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan 
tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va 
okladlarga ustamalar va qo’shimcha haq; 
smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik 
va xizmat ko’rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; 
hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati 
bo’yicha og’ir, zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun 
ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; 
aloqa, temir yo’l, daryo, avtomobil transporti va katta yo’llar 
xodimlarining va doimiy ishi yo’lda o’tadigan yoki qatnov tusiga ega bo’lgan 
boshqa xodimlarning ish haqiga, xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan 


jo’nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to’lanadigan yo’lda 
o’tgan har bir sutka uchun to’lanadigan ustamalar; 
qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda 
bevosita band bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov 
xususiyati uchun ustama; 
doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo’lgan xodimlarga 
ularning shaxtada ish joyiga jo’nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha 
o’tadigan normativ vaqt uchun qo’shimcha haq; 
mehnatga haq to’lashning rayonlar bo’yicha tartibga solinishiga
shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho’l, 
suvsiz va yuqori tog’ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan 
to’lovlar; 
xo’jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga 
qaytadigan yo’lda o’tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda 
tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko’ra va transport 
tashkilotlarining aybi bilan yo’lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi
oklad miqdorida to’lanadigan summalar; 
ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib 
hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga 
ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan 
beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to’lash; 
ishlamagan vaqt uchun haq to’lash: 
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha 
ta’tillar, 
navbatdagi foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun 
kompensatsiyalar, o’smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun 
onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt 
uchun haq to’lash; 
majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman 
saqlab qolgan holda haq to’lash; 


donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va 
qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq 
to’lash; 
davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to’lash; 
xo’jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar 
mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar 
bo’yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to’lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar 
bilan hisob-kitob xo’jalik yurituvchi subyektning o’zi tomonidan amalga oshirilsa 
pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi; 
belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning 
boshqa turlari. 
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo’yicha 
aks ettirilib: 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 
2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz 
mahsulotlar», 2710-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar» 3100- «Kelgusi davrlar 
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar 
bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi. 
Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-
«Kelgusi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira 
mablag’larini tashkil qilish huquqiy berilgan bo’lsa) schyoti debetlanib 6710-
«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti kreditlanadi va 15-
qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi. 
Ishga qobiliyatsizligi bo’yicha nafaqa va ijtimoiy sug’urta organlari 
mablag’lari hisobidan to’lanadigan boshqa to’lovlar 6520-«Maqsadli davlat 
jamg’armalariga to’lovlar» schyotining debeti va 6710-schyotning kreditiga yozilib 
10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi. 



Download 393,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish