2. Mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimlari hamda ularni
hujjatlashtirish
Mehnatga haq to’lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini
bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash
zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to’lashni tashkil etish biri-biriga bog’liq
bo’lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va
mehnatga haq to’lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi,
sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi
hisoblash tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi.
Ishchilar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Тarif
setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning
xalq xo’jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Тarif tizimiga
quydagilar kiritiladi:
-
bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi
tarif stavkasi;
-
haq to’lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi
munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;
-
tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish
va ishchining razradi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat
malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga, qarab
qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo’ladi. Тarif razradi har
bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish
bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif
stavkasidan foydalaniladi.
Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish
to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi
tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif
stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular
tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida
foydalanilishi mumkin.
2006 yil 1 noyabdan boshlab byudjеtdan moliyalashtiriladigan muassasasalar,
tashkilotlar va korxonalarning xodimlari mеіnatiga haq to’lash O’zR VMning 2006
yil 26 oktyabrdagi 218-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif sеtkasi
(YaTS)ga asosan amalga oshiriladi. U o’z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif
koeffitsiеntlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o’rtasidagi
mеіnatga іaq to’lash nisbatini namoyon etadi (6.1 -jadvalga qarang).
2008 yil 16 noyabrdan boshlab yagona tarif sеtkasi bo’yicha boshlang’ich
(nolinchi) razryadning minimal miqdori oyiga 28040 so’mni tashkil qiladi (O’zR
Prеzidеntining 22.10.2008 yildagi "2008 yilning 16 noyabrdan boshlab ish іaqi,
pеnsiyalar, stipеndiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida"gi
Farmoni).
jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |