86
moliyalashtirish va bir vaqtining o‘zida ularni sug‘urtalashning ishonchli
manbasi shakllantirildi
Lizing kompaniyalarini tuzish va ularning faoliyatida Malayziyaning
“Malayyan benking Berxad” banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
(ETTB) kabi xorijiy banklarning ishtiroki ham katta bo‘ldi. Ularning ishtirokida
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat
Milliy Banki tomonidan
“O‘zlizinginterneyshnl AJ” lizing kompaniyasi tuzildi. ETTB lizing
operatsiyalarini rivojlantirishda katta tajriba to‘plagan. Aynan ETTB ishi
natijasida quyidagilar aniqlandi:
1
•
eng kuchli mahalliy hamkor;
•
lizing faoliyati tajribasiga ega bo‘lgan xorijlik manfaatdor hamkor;
•
ma’qul keluvchi huquqiy asos (soliq tizimi);
•
aksiya egalari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar bo‘yicha qoidalar, AS
tizimi bo‘yicha hisobot tizimi, faoliyatni kuzatish, direktorlar tarkibini o‘rinlarni
taqsimlash, dividendlarni taqsimlash siyosati va hokazo;
•
sug‘urta tavakkalchiligini hisobga oluvchi qayta moliyalashtirish
stavkalari bo‘yicha bo‘lg‘usi ehtiyojlar bo‘yicha majburiyatlarni taqsimlash.
Lizing munosabatlarining yo‘lga qo‘yilishida banklarning imkoniyatlarini
baholashda respublikamizda mavjud bo‘lgan iqtisodiy sharoitlarda bu
jarayonlarga nafaqat xorijiy, balki mintaqaviy tijorat
banklarini jalb qilish ham
jozibador ekanligini qayd etish lozim. Tuzilayotgan lizing kompaniyalari,
ayniqsa, birinchi vaqtlarda bank kreditlari ko‘rinishidagi tashqi resurslar
manbalariga bog‘liq bo‘ladi. Bu holatni xorijiy mamlakatlar tajribasi ham
to‘laligicha tasdiqlaydi. Yevropa hamjamiyati mamlakatlari lizing biznesining
rivojlanishida aynan banklarga minnatdorchilik bildirsalar arziydi. Lizing
kompaniyalarining sezilarli qismi yirik banklar tomonidan to‘liq yoki qisman
nazorat qilinadi. Masalan, Germaniyada “Doyche bank”, “Drezdner bank”,
“Arzder bank”, Yaponiyada esa “Yaponiya rivojlanish banki”
hukumatning
ruxsati bilan lizing kompaniyalariga imtiyozli stavkalarda katta miqdorda
kreditlar taqdim etadi.
Lizing kompaniyalarini ta’sis etishda yirik sanoat majmualarining ishtirok
etishi ham lizing rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda ular
lizing operatsiyalari sanoatida hal qiluvchi o‘rinlarni egallagan. Buning uchun
bu korxonalar asosiy faoliyati ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar lizingi bilan
bog‘liq bo‘lgan ixtisoslashgan lizing kompaniyalarini tuzadilar. Zamonaviy
1
Лизинг Инфо. Сотрудническтво МФК и ЕББР в Республике Узбекистан // Бизнес вестник Востока,
2003,№ 18 (588), 17б.
87
sharoitlarda bunday kompaniyalar faoliyati ko‘p funksional xarakterga ega
bo‘lib, tor ixtisoslashuvdan keng ishlab chiqarish dasturiga o‘tib boradi. Mazkur
guruh va uning lizing xizmatlari bozoridagi ta’sirining roli mamlakatlar va
qo‘llanish tarmog‘iga qarab turlicha bo‘ladi.
Ularning roli AQSH bozorida,
ayniqsa aviatexnika, yo‘l-qurilish asbob-uskunalari, elektron mahsulotlarning
ayrim turlari ijarasi sohasida sezilarlidir.
O‘zbekistonda mazkur guruh toifasiga “Avializing”, “O‘zkeysagrolizing”,
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kabi lizing kompaniyalarini kiritish mumkin.
“Avializing” lizing kompaniyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy
aviakompaniyasining moliyaviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlashi asosida tashkil
etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini ularning yordamida yuritadi. Qishloq xo‘jaligida
O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi va amerikaning “Keys kredit xolding”
kompaniyasi muassisligida tuzilgan “O‘zkeysagrolizing” hamda “O‘zqishloq-
xo‘jalikmashxolding”
XK,
“O‘zqishloqxo‘jalik-ta’minotta’mirlash” DK,
“O‘zsanoatmashimpeks” XK va Germaniyaning “Zelko” kompaniyasi
ishtirokida tuzilgan “O‘zqishloq-xo‘jalikmashlizing” kompaniyasi faoliyat
ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda lizing xizmatlarining asosiy iste’molchilari
mahalliy korxonalar va tadbirkorlar hisoblanadi.
Lizing beruvchilarning yana bir guruhi mustaqil
lizing kompaniyalari
bo‘lib, ular AQSH lizing bozorida keng tarqalgan. Bu kompaniyalar faoliyat
turlarining ixtisoslashuvi, asbob-uskunalar turi va mijozlar turiga qarab
farqlanadi hamda tor bozor segmentiga qaratilgan bo‘ladi.
Kompaniyalarning mazkur turi servis va moliya kompaniyalariga
bo‘linadi. Servis lizing kompaniyalari turli xil xizmatlar ko‘rsatadi, moliya
lizing kompaniyalari esa bank funksiyalariga o‘xshash funksiyalarni bajaradi,
ya’ni
ularga
yetishmayotgan
moliyaviy
vositalarni
taqdim
etadi.
Mamlakatimizda kompniyalarning bu turi rivoj topmagan.
Yuqorida sanab o‘tilgan lizing
kompaniyalaridan tashqari, xorij
mamlakatlari amaliyotida lizing kompaniyalari sifatida brokerlik firmalari,
sug‘urta kompaniyalari, nafaqa jamg‘armalari va investitsiya banklari xizmat
qiladi. Shu bilan bir paytda lizing asosiy faoliyat turi emas, balki
tadbirkorlikning boshqa bir asosiy turi uchun qo‘shimcha sifatida ko‘rib
chiqiluvchi bir qator firmalar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: