81
VII bob. LIZING JARAYONINI BOSHQARISH
7.1. Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy shakllar
Lizing munosabatlarini davlat tomonidan tartibga soluvchi asosiy
shakllari bo‘lib, quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Birinchidan, lizing faoliyatiga ixtisoslashgan me’yoriy-huquqiy asoslarni
shakllantirish. Respublikamizda lizing munosabatlarini rivojlantirishning
huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‘lidagi vazifalardan biri bo‘lib
"Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi, "Lizing to‘g‘risida"gi qonunlarni xalqaro
lizing qonunchiligi va davlat iqtisodiyotiga oid boshqa qonunlar bilan tartibga
keltirilishi hisoblanadi. Bunda Ottavada qabul qilingan (1988 - yil) va 1995 - yil
1 - maydan kuchga kirgan BMT Konvensiyasi qoidalari va ushbu Konvensiyaga
a’zo bo‘lgan va bo‘lmagan davlatlar qonunchiligini inobatga olish asosiy
muammolardan biri edi. Ayniqsa, sobiq Ittifoqqa a’zo bo‘lgan
davlatlarning
lizingni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki yillarda qabul qilgan qonun va
qoidalarini o‘rganish va ularni o‘z qonunchiligimizni takomillashtirishda
inobatga olish maqsadga muvofiq edi.
Lizing bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
maqsadida mamlakatda huquqiy islohotlar davom ettirildi. “O‘zbekiston
Respublikasi ayrim qonuniy hujjatlariga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”ga qonun qabul qilinib, unga muvofiq O‘zR Fuqarolik va Soliq
kodeksiga, O‘zR “Lizing to‘g‘risida”gi va “Bojxona tariflari to‘g‘risida”gi
qonunlariga 38 ta o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Ta’kidlash joizki, ushbu
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha asosiy
tayyorgarlik ishlari qator
vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, hamda lizing kompaniyalari va xalqaro
moliyaviy institutlar vakillari qatnashgan, “Baraka” kompaniyasi tashabbusi
bilan 2001 - yilda tashkil etiltan “Lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishga
qaratilgan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha” ishchi
guruh tomonidan amalga
oshirildi.
Ishchi guruhning faoliyati tufayli 2003 - yil 30 - avgustida O‘zbekiston
Parlamenti tomonidan xo‘jalik prosessual kodeksga o‘zgartishlarni qabul
qilinishi natijasida, lizing oluvchi shartnomada belgilangan majburiyatlarni
bajarmaganda lizing obyekti lizing beruvchi tomonidan talab qilib olinishining
soddalashtirilgan mexanizmi yaratildi. Taklif etilgan o‘zgarishlar lizing beruvchi
tomonidan nafaqat o‘z operatsiyalarining hajmini oshirishga, balki ta’minot
uchun yetarli aktivlari bo‘lmagan kichik biznes vakillarining lizing bo‘yicha
82
uskunalar olishlariga qulaylik yaratdi. Bu esa mamlakatda lizing rivojlanishiga
qo‘shimcha rag‘batlantirish bo‘lib xizmat qiladi.
2003 - yildagi O‘zR Vazirlar Mahkamasining 260-raqamli “Istiqbolda
valyuta kurslarini unifikatsiyalash va valyuta bozorini liberallashtirish tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori lizing operatsiyalarini amalga
oshirishda valyuta hisobiga
lizing obyektlarini import qilish shart-sharoitlarini yengillashtirdi, hamda
xalqaro lizing operatsiyalarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratdi.
Ikkinchidan, soliq va amortizatsiya imtiyozlarni berilishi. Xususan, lizing
to‘lovlarini qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish, lizingga berish maqsadida
O‘zR hududiga olib kirilayotgan texnologik uskunalarni QQS va bojlardan ozod
etish, xo‘jalik subyektlarini-lizing oluvchilarni lizingga berilgan mulkni mulk
solig‘idan ozod etish va boshqalar kabi jiddiy soliq imtiyozlari berilishini
nazarda tutiladi. Soliqqa tortish masalalarini
hal etish bilan birga, lizing
bitimlarining qatnashchilariga lizing obyekti bo‘yicha jadal amortizatsiyani
mustaqil qo‘llash imkoniyati berilishi kerak. Bu tadbir eksportga mo‘ljallangan
yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish jarayonini jadallashtirish bilan birga
mashina va uskunalar parkini yangilash muammosini hal etadi. O‘zbekistonning
amaldagi qonun hujjatlariga binoan jadal amortizatsiyani qo‘llashga ruxsat
beriladi, biroq, me’yoridan yuqori bo‘lgan amortizatsiya ajratmalari soliqqa
tortiladigan bazaga kiritiladi va undan soliq undiriladi. Shu munosabat bilan,
investitsiyalarni
rag‘batlantiradigan
va
soliqqa
tortiladigan
bazani
qisqartiradigan jadal amortizatsiyani hisoblashning
zarur usullaridan erkin
foydalanishni amaliyotga joriy etish zarur, bu esa jamg‘ariladigan amortizatsiya
summasini inflyatsiya ta’siridan saqlash imkonini beradi.
Uchinchidan, mutaxassislarni tayyorlash. Lizing operatsiyalari bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar tijorat bo‘yicha, yangi va ishlatilgan asbob-
uskunalarga bo‘lgan talab va taklifni aniqlash, ishlab chiqarish texnologiyalari,
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, nazorat, qonunchilik bo‘yicha, mol-mulkni
sug‘urtalash va boshqa sohalar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishlari talab
etiladi. Ma’lumki, lizing operatsiyalarini amalga oshirishda
lizing oluvchining
mol-mulkdan qoniqarsiz foydalanishi, lizing beruvchi ishlatilgan asbob-
uskunalarni samarasiz sotishi, lizing obyektini egasiga o‘z vaqtida
qaytarilmasligi va shu kabi salbiy xolatlar lizing beruvchining risklarini oshiradi.
Shu sababli lizing sohasidagi mutaxassislar lizing mulkini sug‘urtalash bo‘yicha
bilimli va tajribali bo‘lishi katta ahamiyatga egadir. Huquqiy masalalarni bilish
va lizing shartnomalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish ham muhim vazifalardan
biridir;
83
To‘rtichidan, ilmiy-texnik va axborot qo‘llab-quvvatlanishi;
Beshinchidan, lizing fondlarini, lizing tizimini
rivojlantirish federal
dasturlarni, lizing kompaniyalarni uyushmasini shakllantirish. Shu kunlarda
respublikamizda lizing kompaniyalari uyushmasi va ularni qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasini tashkil etish yuzasidan faol harakat olib borilmoqda.
Aksiyadorlik lizing kompaniyalarining namunaviy ustavlarini, moliyaviy li-
zingni joriy etishga oid namunaviy bitim-shartnomalarni, lizing haqini to‘lashga
oid uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va tasdiqdash ham asosiy vazifalardan
hisoblanadi. Bu tuzilmalar faoliyatining asosiy vazifalari sifatida O‘zbekistonda
lizing bozorining rivojlanishining huquqiy va iqtisodiy asoslarini yanada
mustahkamlash deb belgilanmoqda.
Hozirgi paytda O‘zbekiston lizingni tartibga soluvchi qonunchilik
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: