foydalanish samaradorligini mukammal ko’rsatadigan ko’rsatkichlarni ishlab chiqish ustida
harakat qilingan. Bundan tashqari hozirgi paytda xo’jaliklarga yetkazib berilayotgan suvga
iqtisodiy asoslangan baho o’rnatilmaganligi uchun suvni deyarli
tekinga berilishi undan
foydalanishning samaradorligini oshirishga yo’l qo’ymasligi ko’rsatilgan. Shuning uchun
ham ushbu mavzuda suvni manbada tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni alohida
hisobga olish manbada tashkil
qilingan suvning tan narxini, suvni xo’jaliklar
chegarasigacha yetkazib berish tannarxini va nihoyat suvdan foydalanuvchi xo’jaliklar
ichida sug’orishni tashkil etish tannarxini aniqlash yoritilgan. Mavzuning oxirgi qismida
har bir m
3
suvning iqtisodiy bahosi va uning ikki stavkalik sotish bahosini belgilash haqida
fikr bildirilgan. Mamalakatimiz sahro va cho’lga mansub «Arid» mintaqasida joylashgani
sababli bu yerlarda yashovchi halqlarning hayotiy faravonligini, turmush-darajasini asosan
suv bilan ta’minlashiga bevosita bog’liqdir. Qishloq xo’jalik
mahsulotlarining deyarli
hammasi sug’oriladigan yerlarda ishlab chiqariladi, shuning
uchun ham arid mintaqasida
suvning ahamiyati beqiyosdir. Umuman olganda bu mintaqada suvsiz dehqonchilikni
rivojlantirib bo’lmaydi.
Bizning mamlakatimizda suvning ahamiyati benihoya katta bo’lishiga qaramasdan,
uning qadriga
hamisha ham yetavermaymiz, sababsiz suv isrofgarchiligiga tez-tez yo’l
qo’yaveramiz. Suvni tejab sarflaydigan sug’rish texnikasini va texnologiyasini ahyon-
ahyonda qo’llaymiz. Dehqonchilikdagi sug’orish texnologiyasi
bundan ming yillar burun
ham egatlar orqali amalga oshirilardi, hozir ham xuddi shunday. Dehqonchilikda ilg’or
hisoblangan AQSh, Isroil kabi davlatlarda paxta dalalarida tomchilatib sug’orish usullarini
qo’llash hisobiga har-bir gektar yerga 2-3 ming m
3
sarflayotgan bir vaqtda biz 10 ming m
3
va undan ham ko’proq suv sarflaymiz. Hozirgacha sug’oriladigan dehqonchilikda suvdan
foydalanish samaradorligini aniqlashning takomillashgan aniq uslubini ham ishlab chiqqan
emasmiz.
Samaradorlikni aniqlashda quyidagi bir qator uslublardan foydalanib kelmoqdamiz.
Sug’orish tizimining foydali ish koeffitsiyenti.
Wм
Wд
ФИКт
Bunda FIKm-sug’orish tizimining foydali ish koeffitsiyenti.
W
d
-sug’oriladigan dalaga yetkazib berilgan suvning hajmi.
Wm –manbada sug’orish uchun olingan suvning hajmi.
Mazkur formula orqali birdaniga butun sug’orish tizimining foydali ish koeffitsiyenti
aniqlaydigan bo’lsa, xo’jaliklararo va xo’jaliklar ichki sug’orish
tizimlarining
samaradorligini aralashtirib yuborgan bo’lamiz. Natijada samaradorlik koeffitsiyenti bir
muncha noto’g’ri chiqadi. Shuning uchun xuddi shu formuladan
foydalanib alohida
xo’jaliklararo va ichki sug’orish tizimining samaradorligi koeffitsiyentini topib, keyin har
ikkalasini ko’paytirish orqali umumiy sug’orish tizimidan foydalanish samaradorlik
koeffitsiyenti quyidagicha topiladi.
ФИКит
ФИКхт
ФМКт
:
Bunda FIKxm-xo’jaliklararo sug’orish tizimining foydalanish koeffitsiyenti.
FIKit-ichki sug’orish tizimining foydali ish koeffitsiyenti.
Suvdan foydalanish samaradorligini aniqlashda faqat xo’jaliklararo va ichki xo’jalik
kanallarida yo’qotilgan suvni aniqlash bilan chegaralanadigan bo’lsak, suvdan foydalanish
samaradorligini to’liq aniqlay olmaymiz. Bizning fikrimizcha yo’qotilgan suvning umumiy
hajmini aniqlashda quyidagi formula qo’proq mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: