O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Ta’mirlash qurilish ishlari xarajatlari



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/112
Sana16.03.2022
Hajmi1,62 Mb.
#495394
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Bog'liq
сув

 
6.6. Ta’mirlash qurilish ishlari xarajatlari 
 


Tannarxi 
yangi 
suv 
xo’jaligi 
obektlarni 
qurish, 
ishlab 
turganlarini 
rekonstruktsiyalash va ta’mirlash loyihaning smeta xarajatlari asosida amalga oshiriladi. 
Sarflar smetasida qurilish montaj ishlarining qiymati tannarxi belgilanadi. Smeta 
qiymati qurilish mahsuloti qiymatiga muvofiq keladi. 
Qurilish smeta qiymati (St) uch qismdan: bevosita sarflar (Zp), ustama xarajatlar 
(Nr) va rejali jamg’arma yeki me’yoriy foyda (Pn) dan tarkib topadi. 
StqZpQPnQNr 
Smeta qiymati kattaligini aniqlashning mohiyati qurilish va montaj ishlarinng 
konkret turlari bo’yicha sanab o’tilgan sarflar hamda xarajatlarinng me’yorlariga ko’ra 
summalarni belgilashdan iboratdir. Smeta sarflarinng oxirgi hajmini va rejali 
jamg’armalarning bevosita sarflar xamda ustama xarajatlar summasiga nisbattan 8% 
miqdorda tasdiqlangan me’yoriy hajmini belgilab beradi. 
Qurilish montaj ishlari tannarxi–qurilishi montaj ishlarni bajarish barcha sarflarining 
pulda ifodalangan yig’indisidir. Bu tannarx rejali jamg’armalar kattaligi hisobidagi 
qiymatdan kam bo’lib, bevosita sarflar va ustama xarajatlardan tashkil topadi. 
Qurilish montaj ishlarinng smetali (Ss), rejali (Sp) va haqiqatdagi (Sf) tannarxi farq 
qilinadi. Bu tannarx smeta sarflarini haqiqatdagi sarflar bilan taqqoslash hamda qurilish 
montaj ishlari tannarxini kamaytirish hisob-kitobi uchun baza xizmatini o’taydi. Smeta 
tannarxi kattaligi bevosita sarflash va ustama xarajatlarni qo’shish yo’li bilan Ss q ZpQNr, 
yoki smeta qiymatidan rejali jamg’armalar qiymatini chiqarib tashlash yo’li bilan SsqSt-Pn 
olinishi mumkin.
Qurilish montaj ishlarining rejali tannarxi tannarx kamayishidan olinadigan 
qo’shimcha foyda kattaligi hisobidagi smetadan pastdir (Ps). Tannarxni kamaytirish 
topshirig’i smeta qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Shuning uchun reja tannarx 
rejali jamg’armalar va tannarxning berilgan kamaytirilishi chiqarib tashlangan smeta 
qiymatiga asoslangan holda hisoblanadi.
Sp qSt-(PnQPs) 
Rejali tannarxini aniqlash zaruriyati shu narsa bilan shartlanganki, smeta tuziladigan 
me’yorlar uzoq vaqt amal qiladi va texnika taraqqiyotini to’la–to’kis hisobga ololmaydi. 
Texnika taraqqiyoti esa ishlar tannarxini kamaytirish uchun smetaga nisbatan ob’ektiv 


sharoitlarni yaratib beradi. Tannarxni kamaytirish topshiriqlari vositasida smetada qabul 
qilingan rejali jamg’armalar kattaligi har yili tuzatib turiladi. 
Qurilish-montaj ishlarining haqiqatdagi tannnarxi ishlab chiqarishning tarkib topgan 
sharoitlarida ishlab chiqarish sarflari bo’yicha aniqlanadi. U bajarilgan ishlar qurilish 
tashkilotiga qanchaga tushganligini ko’rsatadi. 
Bevosita sarflar-qurilish ishlab chiqarishining texnalogik jarayoni bilan bog’liq asosiy 
xarajatlardir. Ular quyidagi to’rtta kalkulyatsiya moddalariga birlashtirilgan: qurilish 
mashinalariga xizmat ko’rsatish ishchilari qurilish montaj ishlarida band bo’lgan 
ishchilarinng asosiy ish haqqi. Bu moddada boshqarishga va ustama xarajatlar hisobiga 
bajariladigan ishlarda band bo’lgan qurilish montaj ishlarni bajarishga bevosita sarflangan 
materiallar, metallar, konstruktsiyalar, shuningdek yonilg’i, elektr energiyasi bug’ va suv 
sarflari;
Tashib berish, montaj va demontaj qilish sarflarni o’z ichiga oladigan qurilish 
mashinalari va mexanizmlariga xizmat ko’rsatish, elektr energiyasi, yoqilg’i, shuningdek 
boshqarish va mashinalarga xizmat ko’rsatish xarajatlari; 
Ob’ekt yaqinidagi omborlar yuklarni taxlanadigan joylargacha tashib berish, qurilish 
maydonchasidan qor va axlatni chiqarib tashlash bilan bog’liq bevosita sarflar. 
Ustama xarajatlarga boshqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishga xizmat 
ko’rsatish sarflari kiradi. Qurilishdagi ustama xarajatlar tarkibi quyidagichadir. 
Ma’muriy-xo’jalik xodimlari ish haqqini birlashtiruvchi ma’muriy xo’jalik 
xarajatlari, xizmat safarlari sarflari, kantselyariya pochta-telefon xarajatlari, yengil 
transportni saqlash, boshqarmalar o’rnashgan binolarni saqlash.
Ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish xarajatlari. Ular yong’inga qarshi xizmatni va 
soqchilik muhofazasi, ishlab chiqarish moslamalari, uskuna va inventarni saqlash bilan
shuningdek obodonlash hamda qurilish maydonchalarini saqlash xarajatlari bilan bog’likq 
xarajatlar. Ishchilarga xizmat ko’rsatish xarajatlari–mehnat muhofazasi va havfsizlik 
texnikasi, qurilish–kommunal va madaniy maishiiy xizmatlar, qurilish montaj ishlari 
ishchilarining ish xaqi sotsial sug’urtaga ajratmalar va hokazo xarajatlar; 
Bufetlar va oshxonalarga xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladigan boshqa xarajatlar, 
stipendiya to’lash, va boshqa beunum sarflar–ishchilar turib qolganligiga haq to’lash, 
jarimalar, nafaqalar, yo’qotishlar va hokazo. 


Beunum xarajatlar va yo’qotishlar, odatda, rejalashtirilmaydi. Ularning summalari 
rejali tannarxga nisbatan doimo ortiqcha xarajat hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish 
shartlarining qurilish tashkilotlari tomonidan buzilishi va xo’jalik shartnomalarining 
buzilishi bilan shartlangandir.
Ustama xarajatlar vazirliklar va idoralar bo’yicha qayta reglamentlangandir. 
Ularning hajmi qurilish ishlari bevosita sarflari summalariga yoki uskuna montajidagi 
ishlab chiqarish ishchilari ish haqiga nisbat foizlarda belgilab qo’yilgan. Melioratsiya 
qurilishi bo’yicha ustama xarajatlarning o’rtacha me’yori qurilish ishlari bevosita sarflariga 
nisbatan 18,0% etib belgilangan. Metall konstruktsiyalarni montaj qilish ustama xarajatlari 
barcha tashkilotlar uchun bevosita sarflariga nisbatan 8,3 % uskunani montaj qilish 
bo’yicha esa ishchilar ish haqiga nisbatan 10 % yagona etib tasdiqlangan. 
Suv xo’jaligi qurilishidagi kurilish montaj ishlari tannarxi tarkibining xususiyati 
shundan iboratki, materiallar, detallar va konstruktsiyalar xarajatlarining umumiy 
sarflardagi ulishi qurilishning boshqa tarmoqlaridagiga nisbatan ancha pastdir. Bu suv 
xo’jaligi qurilishida yer ishlari ustun turishi bilan izohlanadi. Ayni vaqtda bu yerda 
mashina va mexanizmlarni ishlatish sarflari katta ulushga ega, qishloq xo’jaligi 
qurilishdagidan to’rt borobar yuqoridir.
6.3-jadval 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish