foydalaniladi. Tizimning sug’oriladigan maydon 1 gektari hisobidagi qurilish qiymati, yer
ishlarining 1 m
3
hisobidagi, qo’yilgan betoning ishdagi qiymati suv xo’jaligi qurlishidagi
ana shunday ko’rsatkichlardir.
6.7. Melioratsiya hamda ta’mirlash qurilish ishlari tannarxini kamaytirish
tadbirlari
Melioratsiya ishlari tannarxi-suv xo’jaligi tashkilotlari va qishloq xo’jalik
korxonalari faoliyatini harakterlaydigan kompleks iqtisodiy ko’rsatkichdir. Unda ishlab
chiqarishning barcha mehnat va mablag’lar sarfi aks etadi. Melioratsiya va ta’mirlash
qurilish tannarxini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar o’z iqtisodiy ahamiyatiga ko’ra halq
xo’jaligi, tarmoq va ichki xo’jalik tadbirlariga bo’linishi mumkin.
Tannarx shakllanishiga ta’sir o’tkazadigan halq xo’jalik tadbirlari moddiy resurslar
bahosini hosil qilish, tariflar, smeta me’yorlari, moddiy texnika ta’minoti bilan bog’liqdir.
Tarmoq omillarining mahsulot tannarxiga ta’siri ishlab chiqarishni to’plash, uni
ixtisoslashtirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va boshqarish
shaklllari orqali namoyen
bo’ladi. Bu omillar suv xo’jaligi ishlab chiqarishni yanada industirlashtirish, melioratsiya
texnikasidan yaxshi foydalanish,
kadrlar malakasini oshirish, pirovard natijada mehnat
unumdorligini oshirish va ishlar tannarxini kamaytirish uchun sharoitlar yaratadi.
Maxsulot tannarxiga ta’sir ko’rsatadigan ichki xo’jalik omillari ishlab chiqarish
dastursini bajarishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik tadbirlarining yig’indisidir.
Suv xo’jaligi mahsuloti tannarxini kamaytirish yo’llari to’g’risida
gapirish uchun
sarflar tarkibiga asoslanmoq kerak. Mahsulot yeki ishlar tannarxi tarkibini o’rganish uning
tuzilishini ochib kamaytirish rezervlarini aniqlash imkonini beradi. Tannarx tarkibida ish
haqi katta o’rin tutadigan sermehnat ishlarda,
birinchi galda, ishlab chiqarish texnika
darajasini oshirish hisobiga sermehnatlikni kamaytirishga e’tibor beradi. Ko’p material
talab qilinadigan ishlab chiqarish jarayonlarida moddiy sarflarni kamaytirish yo’llari izlab
topiladi.
Sug’oruv suvi tannarxiga ta’sir o’tkazadigan omillar tizim va tashkiliy xo’jalik
sharoitlari holatiga bog’liq bo’ladi. Sug’orish tizimining texnika holati shaxobcha KZI va
KPD ning ko’rsatkichlari bilan harakterlanadi. Bu koeffitsentlar
qiymati qancha yuqori
bo’lsa, melioratsiyalanadigan maydon va sug’orish suvidan shuncha samarali foydalaniladi.
Bu esa tizimdan foydalanishning ayni bir xil chiqimlarida yuqori samaraga erishini
bildiradiki, shunday bo’lishi doimo mahsulot birligi tannarxi pasayib borishiga olib keladi.
Sug’orish suvi yo’qolishlarini kamaytirish ekspluatatsion sarflar kamayishini,
sug’oriladigan maydonlar esa ko’payishini bevosita va bilvosita ta’minlaydi.
Toshkent viloyati KG’SXT ning ishlab chiqarish faoliyatini
tahlil qilish ulushli
ekspluatatsion sarflar o’zlari ixtiyoridagi maydonlar hajmiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi.
6.4-jadval
Ko’rsatkichlar
Sug’oriladigan maydon bo’yicha
QG’SXT guruhlari
O’rtacha
15 gacha
15-25
gacha
25-40
gacha
40 dan
ko’p
Guruhdagi QG’SXTlar soni.
Ulushli ekspluatatsiya sarflari, so’mG’ga.
Shu jumladan:
Ekspluatatsion shtatlari saqlash so’mG’ga.
Joriy ta’mirlash
xarajatlari, so’mG’ga.
Boshqa xarajatlar
Bir ekspluatatsion ishchiga to’g’ri keladigan yer
maydoni, ga
5
1430
3200
2900
200
17400
4
1340
2700
2400
200
14300
5
1100
2600
2200
300
28500
2
1010
2100
2100
100
34400
-
1160
2600
2400
200
20000
Do'stlaringiz bilan baham: