Abstraksiyaning tushunchasi
Abstraksiyaning yana bir tarifidan kelib chiqadigan bo’lsak, dasturiy ta’minotni loyihalashtirish tushunchasi quyidagicha bo'ladi: “Alohida ob'ektlar orasidagi umumiylikni solishtirish va shu o'xshashliklardan foydalanib tashkil qilish; xususiyatlarni umumlashtirish harakati; aytilgan umumlashmalarning mahsuloti loyihalashtirish deyiladi"
Abstraksiyaning tushunish uchun misollar
Dasturiy ta'minotni loyihalashda abstraktsiya - bu aniq talablardan ko’ra kengroq ma’no-mavzularni aniqlash tushuniladi. Masalan, agar talablar beysbol, voleybol va futbolga bo'lgan ehtiyojni bildirsa, biz ularni shar shaklidagi to'pga bo'lgan ehtiyojni umumlashtirish imkoniyatini ko'rishimiz kerak.
Yuqorida aytib o'tilganidek, “dastur holati” tushunchasi dasturiy ta'minot ishga tushurilgandagi holatini tavsiflash uchun ishlatiladi. Dastur holati joriy vaqtdagi o'zgaruvchilar to'plami va ularning qiymatlari bilan ifodalanadi. Masalan, dastur holatini o'zgartirish uchun qiymat qabul qilish operatoridan (masalan, varName = ifoda) foydalaniladi. Dasturiy ta'minot loyihalari ishlab chiqilayotgan dastur yoki tizimdagi holatlarning sezilarli o'zgarishlarini ko'rsatishi kerak.
Masalan, hodimlarni boshqarish va nafaqa tizimi xodim nafaqaga chiqqan vaqtdagi tizim holatidagi o'zgarishlarni saqlashi kerak. Bu, ehtimol, tizim xolatida muhim o'zgarish bo'lishi mumkin, chunki ishchi-xodim uchun mavjud bo'lgan imtiyozlar nafaqaxo'rga beriladigan imtiyozlardan farq qilishi mumkin. Abstraktsiyaning bu shakli ba'zi detallar e'tiborsiz qoldiriladi, chunki bu detallar ahamiyatsiz hisoblanadi yoki u loyiha elementi bilan bog'liq emas.
Abstraksiyaning yana bir misoli dasturlash tillarini tavsiflashdir. Barcha dasturlash tillari insonga hisoblash qurilmasida bajariladigan hisoblash modelini ishlab chiqishga imkon beradi. Dasturlash tili uchun abstraksiya darajasi dasturlash tilining qurilmaning apparat imkoniyatlariga qanchalik yaqin ekanligiga asoslanadi.
1.1-rasmda mashina tili abstraktsiyaning eng quyi darajasida; bu til hisoblash texnikasiga eng yaqin tildir. Ya'ni, mashina tilida yozilgan ko'rsatmalar apparatning imkoniyatlari bilan bevosita bog'liqdir. Bundan farqli o'laroq, Python abstraksiyaning yuqori darajasida; bu til rasmda ko'rsatilgan boshqa tillarga qaraganda apparatdan ko'proq yiroqda joylashgan. Shunday bo’lsada, Python operatorlari oxir-oqibat apparatda bajarilsada, bu vazifalar tarjimon-interpretator va Python operatorlarining apparat tomonidan tushuniladigan tarjimalarini ta'minlaydigan boshqa dasturiy komponentlar yordamida amalga oshiriladi.
Python dasturlash tilining sintaksisini tushunish C yoki Java ga qaraganda ancha oson. Python-ning dinamik turini tekshirish dasturchidan kod yozishda ma'lumotlar turlarini e'lon qilish yukini olib tashlaydi. Dinamik tipni tekshirish apparat (va Java, C, assembly va mashina tillari uchun) uchun begona tushuncha bo'lganligi sababli, Python mavhumlik darajasi bo'yicha Java tilidan yuqoriroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |