O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi samarqand qishloq xo‘jalik instituti qo‘lyozma huquqida udk: 37. 5: 614.


Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi



Download 94,09 Kb.
bet8/23
Sana13.05.2022
Hajmi94,09 Kb.
#602822
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
qoramol goshtining tarkibidagi salmonella guruhiga kiradigan mi

Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya ishi

69

betlarda kompyuter yozuvida berilgan va uning tarkibi 3 ta bobdan iborat. Unga kirish, adabiyotlar sharhi, tadqiqotlar obekti va uslublari, tajribalarning natijalari, tadqiqot natijalari bo‘yicha mulohazalar, xulosa, amaliy tavsiya, 8 ta jadval va 79 ta adabiyotlardan tashkil topgan va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat xususiy tadqiqotlar kiradi.


18
I. ADABIYOTLAR SHARHI




1.1. Go‘shtning morfologik, kimyoviy tarkibi va tovarliligi.
O‘zbekiston xududida go‘sht ishlab chiqarish va bu ishlab chiqarilgan xom ashyoni dastlabki qayta ishlash, turli assortimentdagi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish hozirgi kundagi asosiy mahsulotlar qatoriga kiradi. Go‘shtdan tayyorlanayotgan har bir turdagi mahsulotlar eng avvalo 1-toifali go‘shtdan tayyorlanishi zarur. Go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qanchaki xom ashyoni sifati past bo‘lsa, tayyorlangan mahsulotlarni sifati shuncha past o‘ladi.

Hamda bunday mahsulotlarni uzoq muddatga saqlash imkon bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Go‘sht ishlab chiqarish uni qayta ishlash yo‘nalishi bo‘yicha juda ham ko‘p olimlar o‘z xissasini qo‘shgan. Bo‘lar jumlasiga quyidagilar kiradi.


A.V. Sinev va boshqalar salmonellyozdan o‘lgan buzoqlarda quyidagi Holatlarni kuzatganlar. Yurakda qon quyilish, buyrakda, siydik Haltachasida qon quyilishlarni kuzatadilar.


I.V. SHur 1953 yil salmonellyozda kam kuzatiladigan sarg‘ayish borligini Ham aytib o‘tadi. Surunkali kechgan salmonellyozda professor I.I. Arxangelskiy 1951 yil bug‘inlarda sero fibrinoz eksudatlar to‘planganligini ko‘rsatib o‘tadi.


S.A. Kupkin 1955 yil salmonellyozga chalingan buzoqlarni davolash uchun immun zardoblar olib, 100-150 ml miqdorda buzoqlarga yuborgan.yurak faoliyatiga yordam berish uchun 1 gr koffein qo‘shgan. Bulardan tashqari sulfanilamid, peniselin qo‘shib yuborilgan. Natijada foydalilik darajasi 86 % ga ko‘tarilgan.


A.G. Molyavin polivalentli zardob tayyorlagan va uni o‘z navbatida buzoqlar, qo‘ylar, parrandalarda qo‘llashni tavsiya etadi.


Professor A.M. Axmedov rahbarligida S.I. Tagizade, F.A. Sultonovlar salmonellyozga chalingan mollarni davolash uchun gamma glabulin tayyorladilar va betta gemaglabulinni qo‘shdilar. Keyin jo‘jalar uchun biomisin preparatlarini tayyorlab, maxsus va simptomatik davolash uchun ishlatdilar va yaxshi natija


19
oldilar. Keyinchalik bu preparatlarning Hammasini ilmiy jiHatdan asoslab kompleks gamma va betta globulin preparatlarini yaratdilar. A.M. Axmedov, X.K. Burxonova va S.A. Kubaeva 1972 yillar o‘z navbatida kompleks gamma va betta globulinlar arlashmasini yaratib, buni jo‘jalarning pulloroziga qo‘lladilar va yaxshi natijaga erishdilar. S.A. Karpev 1955 yil sulfadinezinom bilan surunkali salmonellyoz kasalligi bilan kasallangan 60ta cho‘chqachalarni davoladi. Bunda 0,1-0,05 gr 1 kg tirik vazniga kuniga 2 marta yubordi.davolash 4-6 kun davom etadi. Bu preparat qo‘llanilib yaxshi natijalar olindi. S.A. Stixin 30 ta cho‘chqachalarni sulfidinom preparati bilan davoladi. Bunga ko‘ra dozasi 0,5 gr bo‘lib, kuniga 3 marta qo‘llaniladi. 30 ta cho‘chqachadan 28 tasi sog‘aydi va juda katta natijalarga erishildi. A.E. Ermakov qo‘zi va cho‘chqachalarning salmonellyoz kasalligini davolash uchun tripanblaulin 1% eritmasidan 10 ml dozadan qo‘llagan. Bunga ko‘ra hamma hayvonlar sog‘aygan.


P.A. Karasev, V.K. Parakin antiretikulyar sitotoksik qon zardobni tekshirganda uning biriktiruvchi to‘qimalarining reaktivligiga ta’sirini va ushbu to‘qimaning faolligini oshiradigan ta’sirini aniqlagan. Ushbu ASS salmonellyoz kasalligida tuzalish koeffisenti 92% ni kursatgan edi.


D.A. Brilov salmonellyozning o‘pkali shaklini ASS bilan davolaganda uni sulfantrol bilan kambenasiya etgan. (sulfantrol 3-6 kun davomida kuniga 3 maxal 1-2 gr mikdorda berilgan edi. ASS esa teri ostiga yuborilgan edi). Bu tajribada 27 kasal buzoqdan faqat 2 tasi nobut bo‘lgan edi. M. Xenning frazalidonning ta’sirini o‘rganganda 4 ta sal.dublin bilan kasallangan buzoqlardan 2 tasiga 7 kun davomida ertalab va kechqurin 0,5 gr preparat, 2 tasiga esa 4 gr dan 2 kun davomida berilgan edi. 4 gr frazalidon ichirilgan buzoqlarda intoksikasiya belgilari vujudga kelgan edi. Davolash ishlari tugatilgandan keyin 6 kun o‘tgandan so‘ng intoksikasiya belgilari yo‘qoldi. 0,5 gr frozalidon olgan buzoqlarda asoratlar kuzatilmadi. 24-48 soatdan keyin tana xarorati normagacha tushgan edi. 1 Haftadan keyin esa ich ketmasi ham tugatildi.


V.P.Teplov (1990) va boshqalarning fikriga ko‘ra, hozirgi paytda go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarishdan oldin eng avvalo yaxshi xom ashyo


20
tayyorlanishi bilan birgalikda bularni qayta ishlash uchun kerakli korxonalarni barchasi chorvachilik rivojlangan xududlarda tashkil topishishi zarur. Bu o‘z navbatida har tomonlama iqtisodiy samaradorlikka olib keladi, shu bilan birgalikda transportirovka xarajatlari bo‘lmaydi. Hayvonlarga har xildagi stress faktorlar ta’sir qilmaydi. Buni natijasida yuqori qiymatli go‘sht olishga erishiladi. V.D.Goncharov (1990) va boshqalarning aytishiga ko‘ra. Hozirgi paytda go‘sht va go‘sht mahsuloltlari ishlab chiqarish uchun eng avvalo yangi ilg‘or texnologiyadan foydalangan xolda kichik bo‘lsada har bir ishlab chiqarish jarayonini o‘zida kichik gabariddagi go‘sht korxonalarini bo‘lishligi har tomonlama xo‘jalikka foyda keltiradi, shu bilan birgalikda bu kichik korxonalarni o‘zida hayvonlar tanasini qayta ishlagandan keyin olinadigan mahsulotlarning barchasi shu joyni o‘zida qayta ishlanishi lozim.




So‘yishga jo‘natiladigan hayvonlarning har bir partiyasiga, veterinariya mutaxassisi tomonidan veterinariya qonunchiligida belgilangan tartibda, veterinariya guvohnomasi F-1 (1-ilova) yoki F-4 ma’lumotnomasi (2-ilova) beriladi.


Izoh. Bir vaqtda bir xo‘jalikdan (fermadan), bitta veterinariya guvohnomasi (veterinariya ma’lumotnomasi) bilan jo‘natiladigan hayvonlar guruhiga «partiya» deyiladi.


Tekshirilganda tuberkulyoz va brutsellyozga reaksiya beruvchi hayvonlarni,

tuberkulyozga reaksiya beruvchi parrandalarni, shuningdek kasal hayvonlarni, ushbu qoidalarga muvofiq go‘sht uchun so‘yishga, tuman va shahar davlat veterinariya bo‘limining ruxsatnomasiga asosan joylardagi go‘shtni qayta ishlash korxonalari bilan kelishilgan, tegishli kasallikka qarshi kurash tadbirlari haqidagi yo‘riqnoma hamda hayvonlarni tashish qoidalariga rioya qilingan holda ruxsat etiladi. Bunday hayvonlarni so‘yishga haydab olib borish taqiqlanadi.




Go‘shtni qayta ishlash korxonasiga hayvonlar keltirilishi bilan korxona

veterinariya vrachi (feldsher) veterinariya guvohnomasini (veterinariya ma’lumotnomasining) to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib, ushbu hujjatlarda ko‘rsatilgan hayvonlarni haqiqiy keltirilgan hayvonlarga to‘g‘ri kelishini aniqlaydi.


21
Hayvonlarni boshma-bosh veterinariya ko‘rigidan, zarur hollarda esa


termometriyadan o‘tkazadi va hayvonlar ustidan veterinariya kuzatuvini o‘rnatadi.




Hayvonlar orasida yuqumli kasalliklar bilan kasallangan, majburan so‘yilgan yoki o‘lgan hayvonlar aniqlanganda, shuningdek veterinariya guvohnomasida (veterinariya ma’lumotnomasida) ko‘rsatilgan bosh soni, mavjud bosh soniga to‘g‘ri kelmagan hollarda, ushbu partiyaga kasallik diagnozi yoki bosh sonining to‘g‘ri kelmaslik sabablari aniqlangunga qadar, ko‘pi bilan 3 kungacha karantinga qo‘yiladi.

Kasal yoki tana harorati ko‘tarilgan yoki pasaygan hayvonlar aniqlansa, ular ajratilib tashxis qo‘yilgunga qadar so‘yilmaydi. Hayvonlarni so‘yishdan oldin yoki so‘yishdan keyin yuqumli kasalliklar—(kuydirgi, manqa, tuberkulyoz, quturish, KU-isitmasi, ornitoz, meliodoz, leykoz, tulyaremiya, tuyalar o‘lati, listerioz, leptospiroz, oqsil, brutsellez, salmonellyoz, sistitserkoz (finnoz), trixinellez, qoramollarning spongisimon ensefalopatiya va qo‘ylarning skrepisi) bilan kasallanganligi aniqlansa yoki gumon qilinsa korxonaning veterinariya xizmati zudlik bilan ushbu korxona joylashgan tuman veterinariya bo‘limiga bu haqda xabar berishi zarur.




So‘yish uchun keltirilgan, brutsellyoz yoki tuberkulyozga tekshirilganda reaksiya bergan, oshqozon-ichak kasalliklari bilan kasallangan, yiringli yallig‘lanishlar, gangrenali jarohatlar, mastit mavjud bo‘lgan hayvonlar, kindik va bo‘g‘imlarida yallig‘lanishlar bo‘lgan buzoqlar va boshqa sabablar bo‘yicha ular sog‘lom hayvonlardan alohida qabul qilinadi va sanitariya kushxonasiga jo‘natiladi. Sanitariya kushxonasi mavjud bo‘lmaganda, ularni umumiy zalda, faqat sog‘lom hayvonlarni so‘ygandan keyin, zaldan barcha tana go‘shtlari hamda sog‘lom hayvonlarning so‘yish mahsulotlari chiqarilgandan so‘ng so‘yishga ruxsat etiladi.

Yuqorida bayon etilgan yuqumli kasalliklar bilan kasallangan hayvonlarni so‘yish tugagandan so‘ng so‘yish sexi, hayvonlarni so‘yishda ishlatilgan barcha asbob-uskunalar hamda jihozlar, shuningdek ular so‘yishdan oldin saqlangan joyda sanitariya ishlovi va dezinfeksiya ishlari o‘tkaziladi.


22


Download 94,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish