O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi samarqand qishloq xo‘jalik instituti qo‘lyozma huquqida udk: 37. 5: 614.



Download 94,09 Kb.
bet3/23
Sana13.05.2022
Hajmi94,09 Kb.
#602822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
qoramol goshtining tarkibidagi salmonella guruhiga kiradigan mi

ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,




chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishgayo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilindi va 2016-yil 9-fevralda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda «Ona va bola sog‘lom bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam bo‘ladi» degan hayotbaxsh qadriyat va olijanob g‘oyani jamiyatimizda teran anglash va qaror toptirish, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-ehtirom muhitini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash, oila institutini mustahkamlashda davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.


Oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, kuchli, barqaror va farovon davlat negizi sifatida oila institutini


5
mustahkamlashga yo‘naltirilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish Davlat dasturida belgilangan muhim yo‘nalishlardan biridir.


“Sog‘lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Davlatimiz rahbarining 1994-yil 2-may kuni O‘zbekistonning birinchi davlat mukofoti – “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirish marosimida aytgan ushbu teran ma’noli so‘zlari onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni ma’naviy va jismoniy tarbiyalash, ularda Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishda asosiy yo‘nalishni belgilab berdi.


2015 yil Prezidentimiz tomonidan “Keksalarni ezozlash yili” deb e’lon qilindi. Keksalarga hurmat ko’rsatish eng ulug’ insoniy fazilatdir. Keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, yoshi ulug’ insonlar, ayniqsa, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o’zbek halqining ko’p asrlik qadriyat va an’analari ruhida tarbiyalashda keksalarning o’rnini mustahkamlash maqsadida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini amalga oshirishning ustivor vazifa va yo’nalishlari belgilandi. Bunda keksalarga g’amxo’rlik ko’rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtitirish; faxriylar va yoshi ulug’ insonlarga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasi va sifatini oshirish; mamlakatimizning mudofaa qobiliyati, iqtisodiy, madaniy va intelektual salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga bebaho hissa qo’shgan, sog’lom va barkamol unib-o’sayotgan avlodni tarbiyalashda faol ishtirok etayotgan keksa avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish va ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha keng ko’lamli chora-tadbirlarni tizimli asosda amalga oshirish, oila va jamiyatda yoshi ulug’ insonlarning o’rni va obro’sini oshirish, bolalar va yoshlarni ota-onalarni, har


6







bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, e’zozlash va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish tuyg’usi ruhida tarbiyalash bo’yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalarni bajarish ko’zda tutilgan. Hech shubha yo’qki, bu yurtimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik tuyg’ulari, mehr-oqibatni yanada kuchaytiradi.


Keksalarimiz insonlar o’rtasidagi ahillik, o’zaro mehr-oqibat, bag’rikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar sohiblari etib tarbiyalashda jamiyatimizning eng ishonchli vakillaridir. Ularning imkoniyati, tajribalaridan foydalansak, e’tibordan chetda qoldirmasak, ularning ruhi tetik, bardam - baquvvat bo’ladilar.


2014 yil 19 fevral kuni Pespublikamiz Prezidentining “Sog’lom bola yili Davlat dasturi to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog’lom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual saloxiyatli, chuqur bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Dastur yetti bo’lim va 125 banddan iborat bo’lib, unda bolalar tug’ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog’lom muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag’lar samaradorligini oshirish bilan bog’liq barcha masalalar aks etgan. Dasturni amalga oshirishda 2014 yilga rejalashtirilgan jami xarajatlar miqdori 4509,2 mlrd so’m va ekvivalentda 302,9 mln dollarni tashkil qilmoqda.


Shundan:

Byudjet va byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari – 1701,5 mlrd so’m va 2,0 mln dollar;

Ijrochilar va homiylar mablag’lari – 997,1 mlrd so’m va 0,5 mln dollar; Tijorat banki kreditlari – 1810,6 mlrd so’m;


Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablag’lari va grantlari – 300,4 mln dollar.


7


Muxtaram Prezidentimizning 2014 yilni “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilishi bejiz emas, chunki Respublikamizning asosiy tarmoqlaridan biri chorvachilik bo’lib, chorva hayvonlari sog’lom bo’lsa, ulardan olinadigan mahsulotlar sifatli bo’ladi. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtiruvchi ko’plab yaratilgan kichik tadbirkorlik subyektlari sifatli sut va sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlarin etishtirish, ularni aholiga yetkazish, aholini sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashlari lozim. Buning uchun hayvonlar orasida uchraydigan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish zarur. Qoramollar va qo’ylar orasida ham hozirgi kunda asosiy muammo bo’ladigan kasalliklarni bartaraf etish, hayvonlar bosh sonini ko’paytirish, asosiy muammoga ega bo’lgan kasalliklarning oldini olish, davolash va qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, chorvachilikda xususiy mulkning ustuvor ahamiyati va o‘rnini ta’minlash, yaylovlardan samarali foydalanish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va raqobatdoshligini oshirish maqsadida:



  1. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklarining qorako‘lchilik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib, shuningdek, chorvadorlik qishloq xo‘jaligi kooperativlari(shirkatlari)ni - fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi 1, 2-va 3-ilovalarga muvofiq ma’qullansin.




    1. Qorako‘lchilik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, qorako‘lchilik va chorvadorlik qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish, shuningdek, fermer


8
xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilinadigan shirkatlar hududida joylashgan barcha ijtimoiy infratuzilma hamda boshqa obektlarni tasarruf qilish Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2002 yil 5 yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.





    1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:

ikki oy muddatda qorako‘lchilik va chorvadorlik shirkatlarini fermer xo‘jaliklari hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqsin, unda shirkatlarning mol-mulki va er maydonlari kompleks inventarlashtirilishi nazarda tutilsin;


2017 yilning 1 iyuniga qadar inventarlashtirish natijalari bo‘yicha tayyorlangan loyihalar asosida shirkatlarni fermer xo‘jaliklari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish ishlari nihoyasiga etkazilishini ta’minlasin.





  1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zneftmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda qayta tashkil etilayotgan qorako‘lchilik va chorvadorlik shirkatlari hududida zooveterinariya xizmati punktlari, yoqilg‘i-moylash materiallari sotiladigan tegishli neft bazalarining filiallari, em-xashak bilan ta’minlash omborlari tarmog‘i hamda bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasining boshqa obektlari barpo etilishini ta’minlasin.




    1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va

9
Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda qorako‘lchilik va chorvadorlik shirkatlarini fermer xo‘jaliklari hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar etib qayta tashkil qilish natijasida bo‘shaydigan xodimlarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rsin.





    1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda qorako‘lchilik sohasidagi xo‘jalik subektlarining:

«O‘zbek qorako‘li» kompaniyasini respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi etib;


«Qorako‘l» hududiy birlashmalarini «Qorako‘l» hududiy uyushmalar etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. Quyidagilar respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasining asosiy vazifalari deb hisoblansin:


qorako‘lchilik tarmog‘ini rivojlantirish, qorako‘l zotli qo‘ylarning sara genofondini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan seleksiya-naslchilik dasturlarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;


jahon bozorida qorako‘lchilik mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish, qorako‘l yungi va terisini qayta ishlash, eksport uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish;


tarmoqqa xorijiy investisiyalarni keng jalb etish va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish;


yaylovlar unumdorligini oshirish hamda yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishga ilmiy, amaliy va metodik yordam ko‘rsatish.





  1. Quyidagilar:

respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparati tuzilmasi 5-va 6-ilovalarga muvofiq;


«Qorako‘l» hududiy uyushmalari ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq ma’qullansin.


Respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi boshqaruvi raisiga, zarurat tug‘ilganda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan


10
kelishilgan holda ijro etuvchi apparat tuzilmasiga belgilangan shtat birliklari doirasida o‘zgartishlar kiritishga ruxsat berilsin.


9. Belgilansinki:


respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi ijro etuvchi organi rahbarlari qatnashchilarning umumiy yig‘ilishida saylanadilar hamda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadilar. «Qorako‘l» hududiy uyushmalarining rahbarlari qatnashchilarning umumiy yig‘ilishida saylanadilar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi boshqaruvining qaroriga binoan tasdiqlanadilar; respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi va «Qorako‘l» hududiy uyushmalari faoliyatini moliyalashtirish ularning tarkibiga kiruvchi xo‘jalik subektlarining ajratmalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;


respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi va «Qorako‘l» hududiy uyushmalari qayta tashkil etilayotgan «O‘zbek qorako‘li» kompaniyasi hamda «Qorako‘l» hududiy birlashmalarining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadilar.





    1. Respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikki oy muddatda uyushma hamda hududiy uyushmalarning nizomlarini ishlab chiqsin, ta’sis yig‘ilishlarini o‘tkazsin va belgilangan tartibda nizomlarni tasdiqlasin.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi naslchilik xo‘jaliklari maqomiga ega bo‘lgan qayta tashkil etiladigan shirkatlar negizida tashkil qilingan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, qonun hujjatlariga muvofiq, naslchilik qorako‘lchilik xo‘jaliklari maqomi berilishini ta’minlasin.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 8-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

1 — 8-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.


11

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV Toshkent sh.,2017 yil 16 mart,PQ-2841-son


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan 2008 yil 30 iyun 20-15-222/11-sonli O‘zbekiston Respublikasining «Veterinariya to‘g‘risida»gi, «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi, «Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi va «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni talablarini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 21 dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:





    1. «Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tkazish Qoidalari» ilovaga muvofiq tasdiqlansin.




    1. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.




  1. Mazkur Qoidalar tasdiqlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi bosh sanitariya vrachi tomonidan 1995 yil 11 yanvarda kelishilgan va Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 1995 yil 12 yanvarda tasdiqlangan «Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini veterinar-sanitar ekspertizasi va so‘yiladigan hayvonlarni veterinar ko‘rikdan o‘tkazish qoidalari» qo‘llanilmasin.




Download 94,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish