qiladi. Bir qo‘rg‘onda qazishma qilganimda Vizantiya uslubidagi ikki
alebastr ustunchalami topdim, chuqurroq bir joyda esa arab uslubidagi
buyumlami uchratdim. Bu joylardan topilgan
tangalar turk amirlari,
xalifalariga tegishli, hijriy 425—426 yillarga oid. Yana shuni ham xabar
qilishni lozim ko‘raman. Kanal o ‘tkazilayotgan joydan sharq tomon
18-20 chaqirim narida juda qadim zamonga oid minora turibdi. Bu
ko‘hna inshootning g ‘ ishtlarini atrofdagi odamlar tashib ketishmoqda.
Biz Vemiy shahriga uchta telegramma yubordik, ammo hech qanday
javob olmadik. Oradan yana uch yil o ‘tsa, bu nodir minoradan hech
narsa qolmaydi. Qisqa qilib aytganda,
turkistonlik arxeologlar bu
yerdagi qadimiy yodgorliklami o ‘z himoyasiga olmasalar, fan va tarix
uchun qimmatli hamma narsa ado bo‘ladi va biz avlodlar qarg‘ishiga
uchraymiz»1.
Samarqad viloyatining X o'jand tumanida Hoji Yusuf Mir-
fayozovning ilmiy-madaniy faoliyati ham diqqatga sazovordir. Uning
uyi X o‘jand madaniy markaziga aylangan. Falakiyotshunoslik,
matematika,
geografiya, tabobat, tarix bo‘yicha bilimdon Hoji Yusuf
rahbarligida yaratilgan Yer shari globusi XIX asr ikkinchi yarmidagi
ilmiy kashfiyotlardan biri edi. Globusda 1000 dan ortiq geografik
nomlar joylashtirilgan2. Turkiston olimlari sinovidan o ‘tgan bu globus
Peterburgda ham namoyish qilingan. Rossiya Imperatori Geografiya
jamiyati a ’zolari uning ilmiy jihatdan mukammalligiga
ishonch hosil
qilishgan. Imperator Nikolay II va uning saroy amaldorlari ham
globusni keng ommaga namoyish etishga sazovor degan xulosaga
kelishgan va uning muallifini taqdirlashgan3.
Xoji Yusuf Mirfayozov (1842-1924) Osiyo va Yevropa mam-
lakatlarida ta ’lim olgan o ‘z davrining ilg‘or kishisi va m a’rifatparvari-
gina emas, balki butun Turkiston o ‘lkasi madaniyati rivojiga katta
hissa qo‘shgan olim sifatida ham o ‘zidan nom qoldirgan4.
Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda
m a’rifatparvarlaming m a’lum guruhi shakllanganini uqtirib o ‘tish
lozim (Sattorxon Abdug‘afforov,
Saidrasul Saidazizov, Jo ‘rabek
Qalandar qori o ‘g ‘li, Shohimardon M irg‘iyos o ‘g ‘li va boshqalar).
1 0 ‘zR MDA, 394-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 27-ish.
2
X. Хасанов.
Памятники Среднеазиаткой картографии. «Известия Узб.
Географ. Общества», T.USh, Tashkent, 1964, 62-bet. Shu muallif. « 0 ‘zbekcha
globus tarixidan». «Sovet makgabi» jum ali, 1962, 9- son, 39—42-betlar.
3
X. Хасанов.
Географическое наследие ученых Средней Азии. Авто
реферат на соиск. уч. ст. доктора геогр. наук. Ташкент, 1967, стр. 37.
4
Saidi Sharif Muhammadrofe.
(S.Sh. Marofiev) Xodji Yusuf Xudjandi. Xud-
jand, 1995, 13-17-betlar.
413
www.ziyouz.com kutubxonasi
Mustamlaka Turkistonda fan va madaniyat sohasida bir necha
ko‘rgazmalar uyushtirilgan. «Turkiston fani, sanoat va qishloq
xo‘jaligining 25 yillik yubileyi ko‘rgazmasi» 1909 yilda Toshkentda
ochildi. 1911 yili 3 ta, 1912 yili 2 ta, 1915 yili 2 ta, 1916 yilda 1
ta badiiy ko‘rgazma uyushtirildi. Turkiston ko‘rgazmasi 7
marta
Umumrossiya (1870-1913) va 10 marta jahon (1873-1914 yillar)
ko‘rgazmalarida qatnashgan1.
Rossiya hukumati turli yo'llar bilan o ‘z madaniyati, xususan,
qo‘shiqchilik san’atini Turkiston hududida keng tarqatishga harakat
qildi. Shuning uchun ham ular barcha vositalami ishga soldilar.
XIX asming 70-yillari boshlaridan havaskorlik badiiy uyush-
malari paydo b o ‘laboshladi. Bunday ish bilan asosan Turkiston
general-gubematorligi shug'ullandi. Aslida, qo'shiqchilar
uyushma-
larini tashkil etish 1866 yilda dramatik to ‘garak sifatida, keyinchalik
esa, 70-yillaming oxirlarida F. F. Nikitnikov rahbarligida musiqa
to ‘garagi bilan boshlangan edi. 70-yillaming oxirlari - 80-yillaming
boshlaridan o ‘lkaning turli yerlarida ms jamoalari tashkil etilib, ular
o'zlarining madaniy-estetik mahoratini oshirishda madad so‘rab
yuqori tashkilotlarga murojaat qilaboshladilar.
Bulaming hammasi keyinchalik
Toshkent shahrida musiqa
jamiyatini tashkil etishga unday boshladi. 1883 yil 5 fevralda Turkiston
general-gubematorligi bunday jamiyatni tuzishga m hsat berdi. Shu
yilning oktyabr oyida esa jam iyat uchun maxsus bino ajratildi. 1884
yil yanvar oyidan Toshkent musiqa jamiyati o ‘z faoliyatini boshladi.
«Toshkent musiqa jam iyati» o ‘z safini tobora kengaytira bordi. Buning
ijtimoiy sabablari mavjud bo'lib, ular ko‘pincha mustamlakachilik
ildizlarining mustahkamlanishi, Rossiyadan Turkiston hududiga
k o ‘plab ms fuqarolarining ko‘chirib keltirilishi bilan bog‘liq edi.
80-yillaming ikkinchi yarmida jam iyat musiqa Havaskorlaridan
tashkil topgan orkestr va xorga ega edi.
Chunonchi, o ‘sha yillaming
oxirlarida «Toshkent musiqa jamiyati» xorida 80 dan ortiq qo'shiq-
chilar faoliyat ko‘rsatdi. Ayni paytda jam iyat qoshida ofiserlar
havaskorlar orkestri ham faoliyat k o ‘rsatib turdi.
Toshkent ms qo‘shiqchilik san’atining jonlana borishi bu yerda
ko‘plab ijodiy safarlaming uyushtirilishiga sabab bo‘ldi. Masalan,
1889 yilda Toshkentga D. Slavyanskiyning xor kapellasi ijodiy
safarda bo'lgan bo‘lsa, keyinchalik «Малороссийская капелла»,
1891 yilda
Fransiya operetta truppasi, 1894-1898 yillarda esa Tiflis
operasi Turkistonga safar uyushtirdi. Biroq, yevropacha usulda ijro
1
Do'stlaringiz bilan baham: