* * *
Mustamlakachi amaldorlar qo‘zg'alonning asosiy tashkilotchi-
lari shariat peshvolari ekanini aniqlashdi. Tergov m a’lumotlariga
k o ‘ra xalqni qo‘zg‘alonga undaganlar Eshon Azizyor, Azimboy-
vochcha Salimboev, Iskandarbek Chuqurbekov,
Usmon Qassob,
Muhammadjon Gaynuddinov va boshqalar bo‘lgan'. Q o‘zg ‘alonga
daxldor b o ig a n k o ‘pgina ulamolar ham javobgarlikka tortildi2.
Chorizm harbiy-siyosiy doiralari bu qo‘zg ‘alonning asosiy sababi
vabo emasligini, asosan u mahalliy muxolifotning ishi ekanligini
yaxshi bilishgan.
Mahalliy aholi turli qatlamlarining, - deb yozgan edi general-
gubematorlikning rasmiy organi, - hokimiyat uchun kurashi oqibatida
qo‘zg‘alon kelib chiqdi. Vaboga qarshi k o ‘rilgan choralar ikkinchi
darajali masala edi3.
Toshkent qo‘zg ‘aloni o ik a d a kuchli aks-sado berdi. Namangan
va Andijonda Toshkent voqeasi munosabati bilan Chorizmga qarshi
kayfiyat kuchaydi.
1892 yilgi qo‘zg‘alondan so‘ng Sirdaryo
viloyat harbiy guber-
natori general-leytenant N. Grodekovning 26 iyundagi b u y ru g i bilan
M uhiddinxo‘ja Sebzor qozisi lavozimidan olib tashlandi. Oradan
olti yil o'tgach, daha jamoatchiligi uning nomzodini adolatparvar
shariat qozisi sayloviga qo‘yishadi. Saylovda u 62 ovoz, uning raqibi
Raim xo'ja 12 ovoz oladi. Ammo harbiy gubemator saylovda g ‘olib
chiqqan M uhiddinxo‘ja nomzodini tasdiqlamay, yangidan saylov
o ‘tkazish va unda M uhiddinxo‘ja nomzodini kiritmaslik haqida
farmon chiqaradi. Xuddi o ‘sha yili Toshkentdagi
erlar gimnaziyasida
b o ig a n shahar jamoatchiligi yig‘inida general-gubemator yordam-
chisi general Ivanov madrasalarda ms tilini o ‘qitish taklifini kiritib,
mahalliy oliy o ‘quv yurtlari zamon talabiga javob bermasligi haqida
gapirganda va mustamlakachilaming sodiq malayi mulla Olim uni
q o ilab -q u w atla b , madrasalardagi amaldagi ta iim n i yerga urib
tahqirlaganda M uhiddinxo‘ja jim turolmaydi. U jahon faniga ulkan
hissa q o ‘shgan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Navoiy va Ulug‘bek kabi
allomalar xuddi shu madrasalarda o ‘qiganini eslatib, bu dargoxlar-
ning m a’rifat maskanlari sifatidagi xizmatlari
va xalq maorifida
o ‘ziga xos o ‘mi borligini aytadi. 0 ‘zbek ziyolisi va ulamosining bu
chiqishi podshoh amaldorlarining unga b o ig a n adovatini yanada
10 ‘RMDA, 17-TF, 1-ro‘yxat, 1352-ish. 212 sahifa.
20 ‘RM DA, 1-TF. 31-ro‘xat, 1219-ish. 6 sahifa.
’ «Туркестанские ведемости», 1892, 22 декабрь.
438
www.ziyouz.com kutubxonasi
kuchaytiradi. Mustamlakachilar xalqlarvar, keng dunyoqarashga
ega bo‘lgan, bilimdon ziyolilami yomon ko'rsalar ham ulardan vaqt
kelganda imperiya manfaatlari yo'lida foydalanishgan.
Qishloqlardagi g ‘alayonlar va ayniqsa Toshkentdagi qo‘zg ‘alon
Turkistondagi mustamlakachi m a’muriyatini g ‘oyat tashvishga
soldi. Mustamlakachilar markazdan m a’muriy-polisiya shtatlarini
ko'paytirish va m a’muriyatning jazo vakolatlarini
yanada kengayti-
rishni so ‘radi. Rus imperatori Turkiston general-gubematorining
iltimosini qondirib, o ik a d a mirshablik holatini joriy etishga ruhsat
berdi. Imperiya Davlat kengashining 1887 yilda tasdiqlagan «Davlat
tartibi va jam oat osoyishtaligini muhofaza etishga oid choralar
haqidagi Nizom»i Turkiston o ‘lkasida 1892 yil 18 iyundan e ’tiboran
qo‘llana boshlandi. Bu qoidalar mustamlakachilar uchun vakolatlar
eshigini keng ochdi. «Kuchli muhofazada» deb e ’lon qilingan joyda
Turkiston general-gubematori majlis-yig‘inlami tarqatish,
savdo-
sanoat korxonalarini yopish, matbuot organlari faoliyatini taqiqlash,
istagan odamini surgun qilish, jarim a solish va boshqa huquqlami
oldi. «Favqulodda muhofazada» deb e ’lon qilingan joyda butun
hokimiyat general-gubemator yoki u tayinlagan bosh noib qo‘liga
o ‘tdi. 1892 yil 18 iyunda joriy etilgan «qoidalar» harbiy holat
o ‘matib, fuqarolar ishini ham harbiylar qo‘liga topshirardi. Ammo
xalqning mustamlakachilik tartiblari, idora
uslubi va mslashtirish
siyosatidan norozilik to‘lqini sira pasaymadi. XIX asming 90-
yillarida mustamlakachilaming Turkistondagi hukmronligi uchun
tahlikali vaziyat vujudga keldi. Turkiyaning 1898 yilda Gresiya
bilan umshda erishgan g ‘alabasi butun musulmon olamida turk
sultoni obro‘sini ko‘tarib, yevropaliklar zulmi ostida ezilgan
mazlum Sharqning milliy g ‘ururini uyg‘otib, ozodlik kurashini
qo‘zg'atdi. Ana shunday kayfiyat Turkistonda ham quchayganini
ms siyosiy razvedkasi payqadi. Rus maxfiy polisiyasi,
okrug shtabi
kontrrazvedkasi doimo turklardan xavfsirab, ulaming Turkistondagi
ta ’siridan qo‘rqqan. Mustamlakachilar Turkiya bilan Turkistonni
birlashtimvchi qardoshlik iplarini uzishga intilishgan. Turkiston
xalqi ozodlik kurashining bu davri Yevropa mustamlakachilari zul-
miga qarshi Sharq xalqlari ko‘targan milliy-ozodlik qo‘zg ‘alonla-
rining tarkibiy qismi deb qaralmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: