O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Fozilbek Otabek о ‘g ‘li.
0 ‘sha asar, 17-19-betlar.
445
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mustamlaka m a’muriyati ham usta tergovchi bosh b o ‘lgan 
komissiya hisobotidan eshon haqida m a’lum ta saw u r hosil qildi va 
o ‘ziga xos xulosa chiqardi. Ellikdan oshgan Mingtepa eshoni jism onan 
baquw at, ruhan bardam va ko‘pni ko‘rgan. Diplomatiya bobida 
o ‘ziga xos maktab sabog'ini olgan. Mustahkam diniy e ’tiqodi, imoni 
hushyorlik, mulohazakorlik va tadbirkorlik bilan uyg‘unlashgan. 
Odamlarga favqulodda ta ’sir k o ‘rsatib safarbar etish qobiliyati kuchli. 
Sharq olami va Yevropa dunyosini yaxshi biladi. 0 ‘z oddiga ulkan 
bir maqsad qo‘ygani tabiiy. 0 ‘z g ‘oyasini ro ‘yobga chiqarishda nozik 
usullami ishlatishga qodir. Tabiatan mulqdor sinflarga emas, balki 
kam bag‘allarga moyilligi uchun ko‘zlagan maqsadi mavjud tuzumni 
tahlikaga soladi. Shuning uchun ham sertashvish Farg‘ona viloyatida 
Mingtepa eshoniga doimo k o ‘z-quloq b o ‘lib turish zarur.
Muhammad Ali ham o ‘z navbatida komissiya taftishidan tegishli 
xulosa chiqarib, mustamlakachilar bilan hal qiluvchi kurashga 
taraddud ko‘ra boshladi. Farg'ona muzofotidagi mashhur odamlami 
o ‘z maslagiga ergashtirish maqsadida Muhammadaliboy, Somiy 
va Xoliqberdi oxundlarga; 0 ‘shga- Qurbonjon dodxoh va uning 
bolalariga; M arg‘ilonga - Said A hmadxo‘ja, Muhammad Yusuf 
eshonga; Namanganga - Yahyoxon to ‘ra, Q odirxo'ja hoji hamda 
boshqa tijorat ahli va ulamoga maktublar yo‘llaydi. Ulardan olingan 
javoblar o ‘zbek sanoatchilarining qo‘zg ‘alonga xayrixoh bo‘lsalar 
ham, uni boshlashga ju r‘ati yetishmayotganligini k o ‘rsatdi. Bu 
narsa, xususan, andijonlik boylardan xalq orasida Mamtaliboy nomi 
bilan mashhur b o ‘lgan, Andijonda Jom ‘e masjidini qurdirib bergan 
Mahmudalining javobidan yaqqol ko‘rinadi: «Rus podshohi katta 
podshoh, hozir bunga muqobil bo‘lmoq nihoyat mushkul bir ishdir. 
Bizdek faqirlar qo‘lidan kelmay qolib, oxiri ko‘p besaranjomliklarga 
bois b o ‘lurmikin. Xususan, bu kunlarda hamma shaharlarga poezdlar 
kelib qolgan, yo‘l yaqin bo‘lgan... Nihoyat o ‘ylab ish qilinsa, yaxshi 
bo'ladur. Va illo, hech musulmon kishi bu zolimlar qo‘lida qolmoqqa 
roziligi yo‘qdir. Shaharlar o ‘zbeklarga tor b o i g ‘ondek, to g ia r qirg‘iz, 
elatiyalarga tor b o ‘ldi, butun Turkiston musulmonlarga torlik qildi.
Nima qilaylik, noilojmiz. Q o‘limizda hech narsa y o ‘q. Yetarlik 
asbob va xazina y o ‘q. Har nechik bo‘lsa-da, ishning oqibatini 
o ‘ylab, beva-bechoralaming fikrini qilmoqlarini iltijo qilamiz, deb 
yozilguvchi miskin va g ‘arib M ahmudali»1.
1897 
yil 15 sh aw al oyida Mingtepaga chaqirilganlaming barchasi 
ham vaqtida yetib kelmadilar. Ketmontepa, K o'gart va Koshg‘ar

Fozilbek Otabek о 'g'li.
O 'sh a asar, 25-bet.
446
www.ziyouz.com kutubxonasi


dovonidan kelgan ko‘plab qirg‘izlaming o b ro ii kishilari (Chibil 
b o iis, Muhammadalibek va boshqalar) ikki kun boshqa vakillarni 
kutishdi. Shundan so‘ng eshon boshqa shaharlardan kelgan javob 
xatlarini tanishish uchun ularga berdi. Turli joylardan o ‘zbek boylari, 
savdogarlar va ulamolardan kelgan xatlarda b a’zilar belgilangan 
muddatda shay chiqishlarini biddirsa, ko‘pchiligida kutish zarurligi 
bayon qilingan edi. Eshon esa xulosa sifatida, qirg‘izlarga «shahar 
xalqi chor xukumati zulmidan qo‘rqqanlari uchun chiqmaydilar», 
degan. Yig‘ilish qo‘zg ‘alonni yaxshisi kelasi yili taraddud bilan 
boshlashga qaror qildi.
Eshon qirg‘izlaming ishga chindan ham jiddiy kirishganliklarini 
payqadi. Mustamlakachi m a’murlar Ketmontepa va K o‘gartdagi rus 
mujiklaridan tashvishli xabarlar olaboshladilar. A w allari ulaming 
yerlarida chorikor b o ‘lib ishlovchi, ijarachi va boshqa xizmatdagi 
qirg‘izlar kelmay qo‘yishgani, ular bilan aloqa birdan uzilganidan 
xavotirlana boshlagani m a’lum qilindi. Mujiklar m a’murlami 
umumqirg‘izlar ichida inqilobiy harakat qo‘zg‘algani va yaqin 
kunlarda hukumatga qarshi qo‘zg‘alon bo‘lishi mumkinligidan ogoh 
qilishdi.
Mustamlakachilar kalavaning uchi bevosita Dukchi eshonga 
borib taqalishini yaxshi bilishgan. Rus m a’murlarining josuslik 
tarm og‘i Mingtepada ham o ‘z to ‘rini yoygani m a’lum edi. Ig‘vogarlik 
ilmida butun Yevropaga taniqli ms razvedkasi va kontrrazvedkasining 
k o ‘tarilajak qo‘zg ‘alonga qarshi o ‘z choralarini ko‘rib qo‘ygani 
haqiqatga yaqin. M agiubiyatga mahkum b o ‘lgan qo‘zg‘alon 
ko‘tarilishi mustamlaka m a’murlari uzoqni ko‘zlab astoydil ishlab 
chiqqan strategiyaga mos va m a’qul edi.
Muhammad Ali boy tajribasi hamda favqulodda sezish qobiliyati 
bilan atrofida kimlardir, nima uchundir harakatni tezlashtirishga 
urinayoganini his qilardi. Ko‘z ilg‘amas dushman q o ii g ‘oyat 
makkorlik bilan ish ko‘rardi. Eshon bu kuchni 17 may kuni to‘satdan 
uning hovlisiga bostirib kelgan ikki yuzdan ortiq kishining darhol 
qo‘zg‘alon boshlashni talab qilganida yaqqol ko'rdi. Butun rejalar 
ostin-ustin b o ‘lib ketdi. Jiyani Abdulazizni emas, balki uni, eshonni 
17 may kuni oq kigizga o ‘tkazib, xon deb ko'targan qo‘llami ham 
begona kuch boshqardi. Makkor dushman odamlarning eshonga 
e ’tiqodidan ham ustalik bilan foydalandi. Oddiy tayoqlar eshon duosi 
bilan o ‘tochar miltiqqa, belbog1 esa tig‘ o ‘tmas qalqonga aylanadi, 
deb hayqirganlar ishonchini ham mustahkamlab, oldinga boshladi. 
Eshon bu nom a’lum kuch muddatidan esankirab, voqealar tizginini 
qo‘ldan chiqaribgina qolmay, sandig‘ida juda ehtiyotlab saqlangan
447
www.ziyouz.com kutubxonasi


muhim hujjatlami olishni ham unutdi. Muhammad Ali garchand 
qo‘zg ‘alon tashabbuskori b o ‘lsa ham, uning borishini idora qilolmay 
qoldi. Qudratli to ‘lqin uni o ‘z domiga tortib, oddiy ishtirokchiga 
aylantirdi.
Q o‘zg‘alon stixiyali tarzda boshlandi. Uning borish jarayoni 
quyidagidek: Bir guruh mahalliy mansabdor shaxslar eshon 
tayyorlagan murojaatnoma - qasamyodga o ‘z muhrlarini bosishdi. 
M urojaatnomada shunday deyilgan edi: «Alloh yo‘q joydan o ‘n 
sakkiz ming olamni yaratib, insonga mukammal bir qiyofa baxsh 
etib, uni barcha jonzotlam ing sohibi, Odam Atoni esa xalifa qilib 
ko‘tardi. Butun olamni Alloh payg‘ambarimiz uchun yaratib, uni eng 
yaqin kishisiga aylantirdi va ul hazratni taxtga o ‘tqazdi-da, shunday 
murojaat qildi: «Ey payg‘ambar! G ‘ayridinlar va im on-e’tiqodidan 
qaytganlar bilan jang b o ‘lg‘usidir». Bunda o ‘ziga sodiq qolgan va 
eng yaqin boiganlarga Jannat va’da qildi. Choryorlar xalqqa pandu 
nasihat qilib dedilarki, «Kimki g ‘azovot yo‘lida o ‘z mulki va hayotini 
Alloh va payg‘ambar uchun qurbon qilsa, bundaylar biz singari 
b o i g ‘usidir». Ular nomunosib bandalami tiyish uchun kitob bitdilar va 
bizga esdalik sifatida qoldirdilar. Shunday ekan, o ‘zimizni Allohning 
qullari va payg‘ambaming ummatlari hisoblaydigan bizlar albatta 
g ‘azovot e ’lon qilishimiz joizdir. Birinchidan, Alloh va payg‘ambar 
y o iid ag i bu muqaddas urushda biz g ‘olib chiqishimiz, ikkinchidan, 
hayotimizni qurbon qilishimiz lozim.
Biz quyida o ‘z muhrimizni bosganlar, oldimizga kalomullohni 
qo‘yib, Alloh va payg‘ambarga qasamyod qilib, xalifamiz bilan 
shartnomatuzdik. Shundankeyin,agaro‘zim izgabinoqo‘yganimizdan, 
shaytonning vasvavasiga uchib yoki shirin jonimizni saqlashni o ‘ylab, 
qo‘rqib, v a’damizdan qaytib, uni bajarmasak, do‘zaxga tushaylik, ikki 
dunyoda yuzimiz qora b o isin , qiyomat kuni sharmandayu sharmisor 
b o iay lik .
Bu so‘zlaming tasdig‘i uchun muhrimizni qo'ydik»1.
Mazqur qasamyodga mahalliy amaldorlar va obro‘-e’tiborli 
kishilardan o ‘n ik k i kishi: Mulla Ahmad Noyib Mirza o ‘g ii , Hayitboy 
To‘qsabo, Orziqulboy Ponsod, Umarbek Dodxoh, Botir Mingboshi, 
Sottiboy Mirza, Botir Mingboshi Normat o‘g ii , Muhammad Ibrohim 
To‘qsabo, Mulla G ‘oyibnazar Ortiq o ‘g ‘li, Alibek Dodxoh, Mulla 
Qosim Amin, Ziyoviddin Mahdum M uhammad Sharif o ‘g ‘li2 o ‘z 
muhrini bosgan.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish