O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Fozilbek Otabek о 'g'li.
Dukchi Eshon voqeasi, 9-bet.
: 0 ‘shaasar, 12—13-betlar.
441
www.ziyouz.com kutubxonasi


bosti qilishib, o ‘lgan bolalaming ota-onalarini ovutishadi. Voqeani 
tekshirgani kelgan pristav va shifokoming eshonga da’vo qilmay 
«uch kishi oiganlig i» haqida hujjat rasmiylashtirib ketishgani ham 
m a’muriyatning Muhammad Ali obro‘-e’tibori bilan hisoblashishga 
majbur b o ‘lganligidan dalolat beradi. Polisiya boshlig‘i eshonni 
sud javobgarligiga tortadi va namoyishkorona tahqir ila shaharga 
chaqirtiradi. Ammo M arg‘ilondagi sudda eshonga da’vogar xun 
talab kishilar topilmay, sud uni oqlashga majbur bo ‘ladi. Ushbu 
sud jarayoni M uhammad Ali muridlarining ulkan namoyishi va 
jangovar qo‘rigiga aylanib ketadi. Eshon tantana bilan o'tgan shahar 
ko‘chalarini to idirg an minglab muridlari uni zafar bilan qutlashadi. 
Mingtepalik eshonning tobora ortib borayotgan obro‘-e’tibori va 
g ‘oyat k o ‘tarilib ketgan mavqei mustamlakachilaming xavotirini 
oshirdi. Bunga ulaming asoslari bor edi. 1895 yilda eshon huzuriga 
Oloy malikasi nomi bilan mashhur boMgan Qurbonjon dodxoh tashrif 
buyurgani va u bilan mustamlakachilarga qarshi qo‘zg ‘alon ko‘tarish 
masalasini muhokama qilgani mustamlakachilami talvasaga soldi. 
Qurbonjon dodxohning o ‘g ‘li Qamchinbek ms bojxonasi xodimini 
o ‘ldirganlikda ayblanib qamalgani va uning osib oidirilganligi bu 
m o“ tabar zotning podshoh hokimiyatiga qarshi harakat boshlashiga 
sabab b o ‘ldi. Qolaversa, norozilik uning qo‘l ostidagi qirg‘izlarda 
ham kuchli ekanligi m a’lum edi. Ketmontepa, K o'gart taraflardagi 
qirg‘izlar 1896 yili ms mujiklari ustidan shikoyat qilib, Mingtepaga 
vakil yuborishdi. Taxminan 25 kishi Dukchi eshonning huzuriga 
kelib, shunday deyishgan: «Agar bizga ijozat bersangiz, hamma 
qirg‘izlar yig‘ilib, mujiklar ustiga hujum qilib, hammalarini otimiz 
to ‘yog‘i ostida bostirib yuboramiz. Jonimizdan tamom to ‘ydik. Biz 
qirg‘izlami benihoyat besaranjom qildilar. Bunday yurganimizdan 
hammamizning o ‘lganimiz yaxshiroq. G ‘azotga ijozat bering!». 
Eshon bunga javoban bunday degan: «Birodarlar! Hali vaqti emas, 
andak fursat bor, hammamiz birdan hujum qilamiz, oxiri bu Nikolay 
zulmi ostida qolmaymiz, bir oz fursat bor, tavaqquf qilib turinglar! 
Men o ‘zim bosh b o ‘lib hamma birodarlami, balki tamom shahar 
ahlini o ‘zimizga yor qilib, keyin ishni bir yo‘la boshlaym iz»1.
1896-1897 yillarda Rossiya ichki gubemiyalaridan ko‘chib 
kelgan va hosildor yerlami egallab olgan ms mujiklari bilan qirg‘iz- 
lar o ‘rtasida to ‘qnashuvlar kuchayadi. 1897 yil oxirida Ketmontepa, 
K o‘gart vodiylaridagi mingdan ortiq qirg‘iz yaqinda vafot etgan 
bir boyning uyida to ‘planishadi. Ulaming rahbarlari - volost

Fozilbek Otabek о 'g 'li.
Dukchi Eshon voqeasi, 22-bet.
442
www.ziyouz.com kutubxonasi


boshqaruvchisi Chibil bo‘lis, qozi noibi mulla Rahmatilla mujiklar 
ustiga hujum qilish rejasini ishlab chiqishadi. Ular eshon huzuriga 
odam yuborib, undan maslahat so‘raydilar. Muhammad Ali zudlik 
bilan chorvador boy Chibil b o iis bosh bo'lgan qirg‘izlar maskaniga 
yetib keladi. Qirg‘izlar va eshon ishtirokidagi kengashda bo‘lg‘usi 
qo‘zg‘alon rejasi muhokama qilinadi. Muhammad Alining g ‘azovotga 
rahbar bo‘lishiga kelishiladi. «Shu kundan e ’tiboran, - deyilgan edi 
ulaming ahdnomasida, - butun millati islomiyaga maxfiy ravish bilan 
xabar qilamiz, to eshonimiz taraflaridan qaysi kun ms askarlari ustiga 
hujum qilmoqni munosib k o ‘rib, xabar qilsalar, o ‘sha kuni g ‘azot 
uchun tayinlangan joyda hozir bo‘lurmiz»'. Eshon shu m a’noda bir 
vasiqa va ahdnoma ham yozdirib unga m o“ tabar kishilar, volost 
boshqamvchilari - mingboshilar hamda qozilarning muhrlarini 
bosdilar. Ana shu yig‘inga yetib kelgan mustamlakachi m a’murlar 
yig‘ilganlami tergov qilishganda hech kim sir boy bermay «kattalari 
o ‘lgani uchun xudoyi»ga to ‘planganliklarini aytishadi va Muhammad 
Alini ehtirom bilan Mingtepaga kuzatib qo‘yishadi. Mustamlakachi 
m a’murlar islom dinida bo‘lgan Asaka jabhasi (uchastka) pristavi 
shtabs-kapitan M.Chanishevning Muhammad Ali eshon xususida 
M arg‘ilon tuman boshlig‘iga yozgan raporti va axboroti bilan 
tanishgach, tashvishlari chindan ham kuchayib ketdi. «Maxfiy olgan 
axborotimga qaraganda, - deb yozgan edi M.Chanishev, - muridlari 
o ‘n mingdan oshgan bo‘lsa kerak, hammalari eshonga shunday 
tobe’dirlarki, agar amr qilsa bir kunda ja m 1 bo‘ladilar. Agar ahvol 
shunday davom etaversa, ehtimol Eron eshonlaridek Rusiya davlatiga 
isyon chiqarsa, loaqal hukumat boshliqlari amr-farmoniga inqiyod 
qilmasa»2.
M ustamlakachilami pristavning keyingi axborotidagi fikri ham 
bir qator sergaklantirdi. Chanishev eshon hovlisidagi maktabda 3 
muallim 250 bolani o'qitayotgani haqida yozib, «bular tez kunda 
o ‘qib chiqsalar, ko‘plarini Istanbulga yuborib o ‘qitmoqchi emish. 
Bulaming har nechik b o ‘lsa-da, m an’ qilinmog‘i zam r edi»3, deydi.
Rossiya doimo Turkiya bilan umshlar qilgani va undan hamisha 
xavotir olgani, ayniqsa turklaming Turkistonga intilib o ‘z qondosh- 
lariga xayrixoh turgani hisobga olinsa, rus mustamlakachilarining 
qanday tashvishga tushib qolganlari o ‘z-o‘zidan ayon b o ‘ladi.
0 ‘sha 1897 yili ms razvedkasi Muhammad Alining chindan ham 
Turkiya bilan aloqa bog‘ laganligi haqida m a’lumotlar olgan. Xususan,
! 0 ‘sha asar, 23-bet.
2 0 ‘sha asar, 16-bet.
5 0 ‘sha asar, 17-bet.
443
www.ziyouz.com kutubxonasi


uning turk sultoniga maktub bilan murojaat qilganidan xabardor 
b o ig an . Bu maktubda eshon ruslar Q o‘qon xonligini bosib olib, uni 
Farg‘ona viloyatiga aylantirganidan keyin musulmonlar o ‘rtasida 
axloqan buzilish kuchayganligini, shariat qoidalaridan chekinish 
hollari ro‘y berib, buzuqlik, ichkilikbozlik, nashavandlik avjiga chiqa 
boshlaganini yozgan edi. Muhammad Ali, bundan tashqari, turk 
sultoniga ruslar kam bag‘allar uchun zakot yig‘ishni, hajga borishni 
ta ’qiqlaganliklarini, eski vaqflami bekor qilib, yangilarini joriy 
etmayotganliklarini eslatib, uning Rossiya imperatoridan xalqning 
shariat qonun-qoidalari b o ‘yicha turmush kechirishi uchun sharoit 
yaratishni talab qilishini so'raydi.
Xalq orasida obrusi va mavqei baland b o ‘lgan eshonning ana 
shunday vaziyatda paydo bo‘lishi rus mustamlakachilarini bezovta 
qilishi turgan gap edi. Chunki eshon o ik ad ag i ozodlik harakatiga 
bosh b o ‘lishi mumkinligi ulaming nazaridan qochmagandi.
Mingtepa eshonining ishi bilan shaxsan yarim podshohning, y a’ni 
general-gubematoming o ‘zi shug‘ullandi va Toshkent okrug sudining 
o ‘ta muhim ishlar b o ‘yicha tergovchisi boshchiligida 12 kishidan 
iborat komissiya tashkil qildi. Komissiya 1897 yil 12 mayda vaziyatni 
o ‘rganish va eshon haqida aniq ta saw u r hosil qilish maqsadida 
M ingtepaga tashrif buyurdi. Komissiya rahbari bo‘lgan tergovchi 
bilan Muhammad Ali o ‘rtasidagi savol-javob mustamlakachilaming 
nimadan xavfsiraganligi va asl maqsadlaridan dalolat beribgina 
qolmay, eshonning dunyoqarashi, e ’tiqodi hamda kimlarga suyangani 
haqida ham ta saw u r beradi. Mana o ‘sha savol-javob:
«Tergovchi: Podshohi a ’zamga qarashli qaysi mamlakatlami 
ko'rgansiz?
Eshon: 0 ‘z qishlog‘imdan tortib, to Sevastopol, Odes, Qrim, 
Kafa, Ashxobod, Uzunota, Toshkentlami ko‘rdim.
Tergovchi: Odes, Sevastopollarda podshohi a ’zamning dabdabai 
askariya va shavkatlarini nechuk fahmladingiz?
Eshon: Nihoyat zo ‘r, katta, askarlari k o ‘p, obod.
Tergovchi: Boshqa podshohlar, masalan, ingliz va afg‘on 
kabilaming shavkatlari va askarlari qalay? Turk davlati nechuk?
Eshon: Bulaming shavkati va askarlari oq podshohnikidek 
k o ‘rinmadi. Turk va afg‘on b o ‘lsa nihoyat noobod, mulklari xarob, 
askarlari Rossiyadek ozoda emas ekan.
Tergovchi: Muncha davlat va imoratlar otangizdan qolganmi, 
yoki o ‘zingiz topgansizmi? Eshon b o ‘lmasdan a w a l nechuk edingiz, 
yer-suvlaringiz bor edimi?
Eshon: Otamdan bir kichkina hovlicha qolgan edi. Boshqa davlat 
qolgan emas. Bu davlatni 26 yil ichida, hajdan kelganimdan so‘ng,
444
www.ziyouz.com kutubxonasi


aw ali xudoyim yetkazdi, ikkinchidan, podshohi a ’zamning soyasi 
davlatlarida, eshon b o ‘lganimdan keyin topdim. Hali ham chandon 
davlatli emasman, hamma narsalarim xudovandi olam y o iid a , beva- 
bechoralarga hadya qilib qo‘yganman. Shunday qilib kambag‘al- 
chambag‘allar yig‘ilib qolganlar. Shular bilan nima topsak, yeb 
yotibmiz...
Tergovchi: Muridlaringizning hammasi kam bag‘al odamlarmi, 
yoki boy va davlatlik odamlarmi, qaysisi k o ‘p?
Eshon: Har qaysilaridan ham bor. Boy ham bor, kam bag‘al ham 
ko‘p. Hammalari bizga barobar birodarlardir...
Tergovchi: Sizga qaysilari yaqin, boylarmi yoki kam bag‘allarmi? 
Qaysisining tarafdorisiz?
Eshon: Albatta, manga shu oldimda xizmat qilib turgan kam- 
bag‘allar yaxshidir...
Tergovchi: Podshohi a ’zamning kattaligi va askarining ko‘pligini 
o ‘zingiz bilganingizdek bularga ham aytib tushuntirasizmi? Bular 
ham biladilarmi?
Eshon: Albatta aytamiz, hammalari biladilar.
Tergovchi: Imperaturi a ’zamning xonadonlarini, nomlarini 
bilasizmi? Bu yurganlar ham biladilarmi?
Eshon: Oq podshohning ismlarini odamlar Nikolay podshoh deb 
yuritadilar. Shuni eshitamizki, bular ham «oq podshoh» deb biladilar. 
Biroq xonadonlarining nomlarini chandon bilmaymiz.
Tergovchi:...Man 
pristavga 
buyuraman: 
podshoh 
bilan 
xonadonlarining nomlarini tamom musulmoncha yozib beradi. 
0 ‘zingiz va muridlaringiz, hammalaringiz bilib, yod qilib har namozda 
duo qilmoqlaringiz kerak. Bundan keyin ham shunday qilinglar! Hatto 
maktab bolalarigacha bildiring. 0 ‘qib yod qilsinlar! Hokimlardan biri 
so‘raganda darhol aytib beradurgan boTsinlar»1.
So‘roq bobida ustasi farang, o ‘ta muhim siyosiy ishlarda 
pishib ketgan tergovchi qanchalik ustalik qilmasin, zukko eshonni 
chalg‘itolmaydi, uning muddaosini v a k o ‘nglidagi pinhoniy maqsadini 
anglay olmaydi. Chor amaldori va o ‘zbek ulamosi o ‘rtasidagi savol- 
javoblar matnining mazmuni ikki tomon o ‘rtasida o ‘zaro aqliy-ruhiy 
olishuv boTganidan dalolat beradi. Olishuv esa eshon foydasiga 
hal b o ia d i. U tergovchi nimaga shama qilayotganini darhol ilg‘ab 
oladi. Undan nima istashganini ham tushunib, shunga yarasha javob 
qila biladi. Eshon mustamlakachi amaldoming saltanatparastligi, 
namoyishkorona ochiq tahdidini ham ilg‘ay oladi.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish