Hammalari band, zanjir soling‘on. Xususan, eshonni nihoyat mahkam
bog‘labdirlar. Oyoq-bo‘yni, q o ii bogiiqdir. Boshida sallasi bor,
ustida malla eski to ‘ni bor, yerga qarab o ‘ltiribdir. Salom qilib kirib
edik, yonimda turg‘on mingboshi salom qilma, degandek ishorat qilib,
nuqub qo‘ydi. Keyin to ‘ralar kirib: «Cho‘rt eshon!» dedi. Bizlarga
qarab: «Eshon shumi?» deb savol qilib edi, bizlar «shu», dedik. «Yana
tuzuk ko‘ringlar, g ‘alat qilmanglar, rost aytinglar»,
deb siyosat qilib
edi, bizlar qo‘rqib: «Eshon shu, boshqa emas» deganimizda «Qaysi
biri, qo‘ling bilan ushlab ko‘rsat!» dedi. Hammamiz bir-bir ishorat
bilan k o ‘rsatdik. Keyin, «Yaxshi», deb chiqib ketdilar. Eshon aslo
bizga qaram adi»1.
Farg‘ona viloyati gubematori harbiy sud bilan birga eshonni
Andijon tumani boshlig‘i mahkamasiga olib kelib tergov qilganida
qatnashgan mirzaboshi mulla Ismoilning hikoyasi ham diqqatga loyiq:
«Uezd (tuman) mahkamasining adabiy
tarjimoni Eshmuhammad
to ‘ra Toshmuhamedov deganini chaqirib, harbiy sud raisi buyurdi:
«Eshonga ayting, b o ‘lg‘on hodisani so‘zlab bersun, kimlar eshonni
shu yomon harakatga dalolat va targ‘ib qildi?» Eshon o ‘zim qildim,
deb javob berdi.
Rais: Sen bilan kimlar birga edi: amaldor, mingboshi yoki yurt
boshi kattalaridan ham ishtirok qildilarmi?
Eshon: Yo‘q.
Rais: Oq podshoh va uning amaldor, hokim, pristuflarini do‘st
tutar edingmi, yoki dushman tutar edingmi?
Eshon: K o‘gart tarafidagi mujiklar bechora fuqaroni ko‘b xor
qilib, urub, yer-suvlarini tortib olg‘onlari uchun xafa b o ‘lub, dushman
tutar edim.
Rais: M ujiklaming zulm qilg‘onini o ‘zing ko‘rganmisan yoki
odamlar kelib aytdimi?
Eshon sukut qilib javob bermadi. Raisning atrofida
ellikka yaqin
soldatlar turg‘on edi. Ularga qarab: «Ur!» deb buyurdi. To‘rttasi
yugurib kelib qo‘lidagi miltiqning qo‘ndog‘i bilan 20-30 ni soldilar.
Eshon o ‘ltirg‘on kursidan yiqildi. Yana turg‘izib qo‘yib: «So‘zla,
mujiklaming zulmini sanga kim xabar qilg‘on!», deb savol qilg‘onda,
eshon:
- Alhamdulillo, alhamdulillo! - deb qo‘ydi.
Sud raisi «Nima deydir?» deb tarjimondan savol qilg‘onida
Toshmatuf, xudoga shukr qiladir, dedi. Sud raisi yana ikki soldatga
kaltaklardan olib kel, deb buyurdi.
Soldat yugurib chiqib, bir quchoq
1
Fozilbek Otahek о ‘g'li.
Dukchi Eshon voqeasi, 42-bet.
459
www.ziyouz.com kutubxonasi
kaltak olib keldi. Eshonni yotqizib kaltakladilar. Eshon hech ovoz
chiqarmay behush b o iib qolg‘ondan keyin soldatlar sudrab,
tashqari
olib aravaga ko‘tarib tashladilar»1.
Eshonning so‘rog‘ida jazo ekspedisiyasining boshlig‘i
Korolkov
ham bevosita ishtirok etdi. U Muhammad Alidan qo‘zg ‘alon sababini
so‘rab-surishtirganda eshon shunday degan: «Ruslar bizga yaxshi
qarashadi. Musulmonlar boyib ketmoqda, ammo bu bizga juda
qimmatga
tushmoqda, chunki musulmon ruhidan putur ketmoqda.
Vujud yayrasa-da, ruh o ‘lmoqda. Samovotning o ‘zi meni harakatga
undadi, musulmonlami Muhammad alayhissalom podshohligi
va uning qonunlarini halokatga yetaklovchi shunday xoinona
farovonlikdan xalos etish uchun kurashga qo‘zg‘atdi». Korolkov
esa bunday qo‘zg‘alonni «musulmonlaming nasroniylar bilan asriy
kurashining oqibati», deb baholadi. M ustamlakachilar o ‘sha 1896
yilda Turkiyaning Gresiya ustidan qozongan g ‘alabasini qutlayot-
gan musulmon olamidan o ‘ziga xos diniy intiqom olish uchun ham
Andijon qo‘zg ‘aloni bahonasida dahshatli qatag‘on uyushtirdilar.
Eshon va uning yaqin maslakdoshlarini qatl etish marosimi bu
intiqomdan birinchi k o ‘rinish bo‘ldi.
Chor m a’murlari M uhammad Ali siymosida faqat qo‘zg ‘alon
rahbarinigina emas, balki dini islom ulamosini ham ko‘rardilar.
M ustamlakachilar uning mol-mulkini musodara qilishganda 300
dan ortiq nodir Sharq qo‘lyozma kitoblari
qatori Muhammad Ali
qalamiga mansub «Ibrat ul-g‘ofilin» («G ‘ofillar uchun ibrat») asarini
ham k o ‘rishgan edi. Chor amaldorlari uning siymosida Turkiston
o ‘lkasini mslashtirish siyosatining ashaddiy muxolifi namoyonligini
ham his etishgan. Ana shuning uchun ham ms zobitlari va generallari
eshonni mhan hamda jism onan mahv etish jarayoni juda ta’sirchan
bo‘lishi uchun barcha vositalami ishga solishdi. 1898 yil 12
iyunda bu qonli fojia minglab fuqaro ko‘z o'ngida ro‘y berdiki,
unda qatnashganlar o ‘z xotiralarida o ‘sha kun tafsilotlarini to ‘la
tasvirlaganlar. M ustamlakachilar Andijonning Eski shahar aholisini,
barcha katta-kichikni Yangi shahardagi Tuproqqo‘rg ‘on oldida ertalab
soat sakkizda hozir b o ‘lishlarini buyurdilar.
Maktab bolalarining
ham qatnashuvi majburiy ekanligini uqtirib alohida buym q e ’lon
qilishdi. «Yosh bolalar, - degan edi gubemator Chaykovskiy, -
katta odamlardan keyin qoladurg‘on odamlar bo‘ladirg‘oni uchun
uzun um r ko‘rib, ko‘p yillar Rossiya podshohining siyosatini aytib
1
Do'stlaringiz bilan baham: