1. Kichik maktab yoshi davri bolalarda nutqning rivojlanishi. Kichik maktab yoshi davri bolalarining maktabga moslashuvi



Download 10,91 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi10,91 Kb.
#243012
Bog'liq
Talaba Xamidova Laylo-WPS Office




Talaba: Xamidova Laylo

Guruh: MT-32

Fan: Bolalar Psixologiyasi

Variant-5

1.Kichik maktab yoshi davri bolalarda nutqning rivojlanishi.

2.Kichik maktab yoshi davri bolalarining maktabga moslashuvi.

3.Dj.Piadjening aqliy rivojlanish bosqichlari haqida.

1.Kichik maktab yoshida bolalar o'z nutqlarida qaysi so'zlarni ishlatgani afzalu, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o'z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o'zlashturishi ma'lum bir faoliyatga aylana boradi. Bola nutqining rivoji ko'p jihatdan uning ruhiyatiga, sog'lom, tetik o'sishiga. Bu masalalar maktabgacha ta'limda o'z yechimi ifodasini topishi va o'z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Kichik maktab yoshi bolalar nutqini rivojlantirish - bu murakkab psixologik jarayon bo'lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda umuman muloqat faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog'liqdir. Maktab ta'limi bola leksikasini kengaytirish, uning o'z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalashni o'zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi. Bolaning faol nutqni o'zlashtirishining ikkinchi bosqichida uchta asosiy jihat ajralib chiqadi: emosional munosabatlar; birgalikda faoliyat (hamkorlik) davomidagi munosabatlar; tovushli munosabatlar. Bolaning ruhan shakllanishida nutqning hal qiluvchi o'rinni egallashi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarning ahamiyatini yanada oshiradi. Bolalar kun boyi-mashg'ulotlarda, o'yinlarda, ho'jalik-maishiy va mehnat faoliyatida o'z pedagoglari bilan muloqatda bo'ladilar. O'z-o'zidan bolalar bog'chasida nutqiy muhitning rivojlantirish imkoniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog'liq bo'ladi. Namunalu nutqqa ega bo'lish - bu tarbiyachining kasbiy tayorgarligi darajasidir. Kichik maktab yoshi bolalar nutqining rivojlanishdagi ayrim psixologik muammolar: Bola o'z nutqining kamchiligini aniqlash har doim ham oson kechmaydi, chunki muloqot jarayonida so'zlovchining diqqat-e'tibori eng avvalo nutqning shakliga emas (qay tarzda aytish), balki uning mazmuniga (nimani aytish) qaratilgan bo'ladi. Bundan tashqari, o'z nutqiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo'lish natijasida ayrim kamchiliklar tilga qattiq o'rnashib qolishi va keyinchalik so'zlovchi uni sezmay qolishi mumkin. Masalan, nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohangdaligi (monotonligi), ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar, so'zlarni noaniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar sezilmasdan qoladi.

Nutq bolalar tafakkurini va unga bog'liq bo'lgan zehnni o'tkirlash, zukkolik kabi xislatlarni ham tarkib toltiradi. Bolalarda hikoya qilish ko'nikmasi uning lug'at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir. Bolalar nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug'atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish juda muhimdir.

2.Maktabgacha bolalik davrida u yoki bu sababga ko'ra yoshiga muvofiq, to'laqonli rivojlanmagan ko'plab bolalar uchun maktabga kelish murakkab sinov bo'lishi mumkin va ular qator muammolarga duch keladi. Bu kabi alohida qiyinchiliklarning pedagogik psixologiya fanida to'rtta guruhi farqlanadi: -Kun tartibi bilan bog'liq qiyinchiliklar (ko'proq bolalar bog'chasiga qatnamagan bolalarda kuzatiladi va ixtiyoriylik, o'zini boshqarish, uyushqoqlikning nisbatan past darajasida namoyon bo'ladi. -Kommunikativ qiyinchliklar (tengdoshlari bilan muloqot tajribasi yetarli bo'lmagan bolalarda sinf jamoasi, undagi o'z o'rniga o'rganishda qiynalishda namoyon bo'ladi). -O'qituvchilar bilan o'zaro munosabatlardagi qiyinchiliklar. -Oilaviy sharoitdagi o'zgarishlar bilan bog'liq muammolar. Shu sababli maktab nevrozlarini erta diagnostikalash, korreksiyalash va profilaktika qilish dolzarb va favqulodda muhim muammo sanaladi. 6-9 yoshdagi bolalarda nevrotik holat ichki (ortiqcha xavotir, notinchlik, o'ta senzitivlik kabi) va tashqi ijtimoiy omillar sababli kelib chiqishi mumkin: -Oilada noto'g'ri tarbiya (haddan tashqari g'amxo'rlik, ortiqcha talabchanlik, egosentrik tarbiya); -Tarbiyadagi bolaga psixologik savodsiz ta'sir, ko'pincha o'quvchini noadekvat baholashga olib keladi; -Kommunikativ malaka va ko'nikmalar yetishmasligi; -O'quvchi pozisiyasi shakllanmaganligi. Yana bir tez-tez uchraydigan atama - "Psixogen maktab dezadaptasiyasi" muammosidir. Psixogen maktab dezadaptasiyasi bola shaxsining maktab va oiladagi obyektiv mavqeyini buzadigan psixogen reaksiyalar kasalliklar va tuzilmalarni aks ettiradi. Odatda, maktab nevrozlari besabab agressivlik, maktabga borishdan qo'rqish, darslarga kirish, sinf doskasi yonida javob berishdan bosh tortish va shu kabi meyordan chetlangan dezadaptiv xulqda namoyon bo'ladi. "Maktab xavotirligi - emosional beqarorlikning nisbatan yengil shakli bo'lib, hayajon, o'quv vaziyatlarida, sinfda ortiqcha notinchlik o'ziga nisbatan yomon munosabat, pedagoglar, tengdoshlari tomonidan salbit baho kutishda namoyon bo'ladi" - A.M.Prixodjan.

3.Dars jarayonida uqituvchi turli vaziyatlarni tasavvur qilishni so'raydi. Bu holat albatta biron-bir yordamchi qurollar-predmetlar, maketlar, sxemalar bo'lgan taqdirdagina o'quvchi tasavvurini rivojlantirish mumkin. Aks holda bu yoshdagi bolalar xali mustaqil tasavvur xarakatlari qilishga qiynaladilar. Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil balandlikdagi idishlardagi suv miqdorini belgilash so'ralgan. Va bolalar suv miqdorini bir biri bilan teng bo'lgan idishlarda ko'rganlaridan so'nggina o'z javoblari noto'g'riligini bilganlar. Kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizishda, shuningdek ertak va xikoyalar to'qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo'ladi. Ayrim o'quvchilar asosan real borlikni tasavvur etsalar boshqalari fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etdilar. Shung bog'liq kichik maktab yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko'pincha o'zlariga ma'lum obrazlar, syujetlardan foydalangan xolda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Bu tasavvurlar asosida ularning qo'rquvni yengish, do'st topish, xursandchilik xislari yotadi. Bundan tashqari tasavvur terapevtik natija olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo'lishi mumkin. Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan xolatda ko'pimcha hayolga beriladi. Masalan, mexribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o'zining hamma xavas qiladigan oilasi, uyi bo'lishini, bu uyga o'g'rilar kelib qolsa, u qahramonlik qilishini tasavvur qiladi. Tasavvur bolani vaqtinchalik bo'shashiga va bu bo'shashish vaqtida ota-onasiz yashashini davom ettirish uchun kuch to'plashga imkoniyat yaratadi. O'z bolasiga doimiy baqiradigan asabiy ona o'z farzandining tasavvurida mehribon, farishta, o'z onasini katta, qo'rqinchli xavfdan qutqarayotgan qahramonlik yoki bolaga doimiy ravishda ozor berganligi uchun ham o'lib yotgan ona sifatida tasavvur etishi mumkin. O'z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o'zining kelgusi hatti-xarakatlr motivasiyasini tayorlaydi. Kattalarga nisbatan tasavvurning bolalar hayotida ahamiyati juda katta. Bola tasavvur qilib atrof-xayotini chuqurroq bila boshlaydi, o'z-o'zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Download 10,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish