200-rasm. Katta boldir suyagi diafizi sinishida osteosintez. a — k;ilichsimon metall o’zak yordamida; b — sim yordamida o’rash.
Singan joydaga ilik kanalining ko’ndalang Xajmi kozik kalinli-giga to’g’ri kelgan takdir-da mustax.kam osteo-sintezga erishiladi (201-rasm).
Kiyshik va burama sinish chiziklari kichki-na bo’lsa, kattarok mayda-lanib sinsa, 6-8 burama mix ishlatiladigan plastina k_o’llaniladi yoki intramedullyar kozik yuborib, 1-2 joyidan sim bilan bog’lanadi.
Ko’plab maydalanib sinsa va teridagi jaroxatlarni ochiq usul
bilan osteosintez qilishga iloj bo’lmasa (shilingan, suyak bilan yopishgan chandikdar yoki yiring bo’lsa), kompression-distrakstion agsharatlar qo’llaniladi, apparatlarsiz yopiq repozistiya qilish foydasiz.
Osteosintezdan so’ng immobilizastiya muddati konservativ davolashdagi kabi bo’ladi.
Yo’g’on shtiftlar bilan barkaror osteosintez va kompression-distrakstion apparatlar qo’llanilganda odatda tashqi immobilizastiya qilinmaydi.
BOLDIR-OShIK BO’RIMINING ShIKASTLANIShLARI
Boldir-oshikbo’g’imining shikastlari ko’p uchraydi; u sirpanchik davrlarda «travmatik epidemiya» hajmigacha etishi mumkin. Shikastlanish mexanizmi bilvosita bo’lib, o’k bo’yicha bosilganda oyoqning kayrilishi kuzatiladi. Kamrok boshqacha mexanizmda, shu bilan birga, bevosita travma ta’siridan vujudga keladi.
Birlamchi vrachgacha va vrachlik yordamida jaroxat bo’lsa, aseptik bog’lam ko’yilib, ikkita narvonsimon shina ko’yiladi: tizza bo’g’imigacha U-simon va orqa shina. Og’riqrizlantirish umumiy koida bo’yicha
narkotik moddalar yuborib bajariladi. Yiringlashga yo’l ko’ymay novokain bilan og’riq.sizlantirish mumkin. Bemorni oyogiga bostirmasdan transportirovka qilinadi.
BOLDIR-OShIK BO’G’IMI BOYLAMLARINING ShIKASTLAIIShI
Boylamlarning shikastlari boldir-oshik bo’g’imida ko’plab uchraydigan shikastlardan xisoblanadi. Shikast, odatda, oyoqni ichkariga, ya’ni uni supinastiya va addukstiya kayrilishlarida kuzatiladi. Bunday xollarda boldir-oshik bo’g’imining tashki yon boylami tolalari qisman yoki to’liquzilib ketadi. Birinchi navbatda, oshik-kichik boldir boylami zararlanadi. To’liquzilganda oshiksuyagi chiqib, kichik boldir mushagi qisqarishida joyiga tushadi.
T a sh x i s. Boldir-oshik bo’g’imining tashki to’pigi soxasida og’riq. seziladi, xarakat kilsa, og’riq. zo’rayadi, ayniksa, oyoqni ichkariga va supinastiya qilganda. Bo’g’imdagi shish ko’prok tupik soxasida bo’ladi. Paypaslaganda og’riq. tashki to’piqning pastki va uning oldi sohsida kuzatiladi. Shu bilan birgalikda, tashki to’piq.ning uchidan 1-1,5 sm yuqorisida va orkasini paypaslaganda og’riq. kam seziladi. Shu belgiga asoslanib, tashki to’piqning sinishidan differenstial diagnostika qilinadi, tashki tupik sinmaganligi aniqlanadi. Oyoqning passiv harakatida, ayniqsa, supinastiya paytida kuchli og’riq.bo’ladi.
Passiv supinastiya paytida oshik suyagining oldinga va ichkariga siljishi tashki yon boylamlarning go’lik uzilganligidan dalolat beradi.
Bu belgi gematomaga 2% li novokain qilinib tekshirilsa, yana ham aniq.bilinadi. Boylam tolalari qisman uzilsa, oyoqning chiqishi kuzatilmaydi.
Ikkita ko’rinishda qilingan boldir-oshik bo’g’imining rentgenografiyasi suyak sinmaganiligini ko’rsatadi.
Oldidan panjaning funkstional supinastiya xolatida rentgen tasvirida boldir-oshik bo’g’imida chala chikkanligini bildiradi, oshik-kichik boldir boylamini uzilganligidan darak beradi. Tashki yon boylamlar to’liq uzilganda oshik suyagi 40° siljishi kuzatiladi.
Agar yon boylamlarning uzilganligi aniqlanmagan bo’lsa yoki davolashda xatoga yo’l ko’yilgan bo’lsa panjaning odatiy chiqishi rivojlanadi. Bemorlar oshikbo’g’imida bekarorlik sezadi, ayniksa, notekis yuzalarda tez-tez kayrilib turadi. Klinik va funkstional rentgen tasviri oshik-kichik boldir boylamining norasoligini ko’rsatadi.
D a v o l a sh. Oshik bo’g’imining boylamlari qisman uzilsa, bo’g’imga 5-14 kuncha sakkizeimon bog’lam ko’yiladi yoki elastik bint tavsiya qilinadi. Bog’lam qo’yishdan oldin gematomaga 1%-Yu ml novokain yuborish ayni muddao xisoblanadi.
Yon boylamlar to’liq uzil ganda oyoqpanjalaridan boldirning govori 1/3 qismiga longetali gips bog’lami ko’yiladi. Shishlar kaytgandan keyin 8-10 haftagacha aylanma gips bog’lamiga aylantiriladi, so’ngra 1 yil davomida supinatorli baland ko’njli poyafzal kiyib yurish tavsiya qilinadi.
Oyoqni odatlanib qolgan chiqishida davolash yon boylamlar yangi tupik uzilishidagi kabi bo’ladi, lekin reabilitastiya davri uzoqrok davom etadi. Gips bog’lami 11-12 haftaga ko’yiladi.
Og’ir dshkastlanishlarda doimo ortopedik poyafzalda yurish yoki jarroxlik usuli bilan oshik-kichik boldir boylami tiklanadi.
TO’PIQLARNING SINIShI
To’piqlarning sinishi boldir suyaklari sinishining 60% ni tashkil kiladi. Bevosita shikastlanish kamrok uchrab, unda bitta to’piqning sinishi kuzatiladi yoki bo’g’im og’ir shikastlanadi. Bilvosita shikastlanganda to’satdan ichkariga yoki tashqariga kayrilib qolishi vertikal bosim natijasida yuz beradi.
Ko’pincha, to’piqlarning sinishi oyoqni ng tashqariga kayrilishida yuzaga keladi. Bunday lollarda oyoq pronastiya, abdukstiya va ekvinus holatida bo’ladi {pronastion sinishlar, 203-rasm). Pronastion sinishlarda panjaning tashqariga to’lik yoki chala chikkashshgi kuzatilshii mumkin. Oyoqning orka qismining pronastiyasi deltasimon boylamning cho’zilishiga va ichki to’piqning asosidan yoki boylam birikkan joyidan sinishiga olib keladi. Ichki to’piqning sinish chizigi ko’ndalang bo’lib, deltasimon boylamining uzilishi x,am kuzatiladi.
Oshiksuyagining siljish jarayonida kichik boldir suyagi ko’pincha bo’g’im yorigi ro’parasidan yoki 5-7 sm yuqorirogidan, kichik boldir suyagining ingichkarok joyidan sinishi mumkin. Kichik boldir suyagining sinish chizigi kiyshikh ko’ndalang va burama yo’nalishlarda bo’ladi. Agar ta’sir kiluvchi kuch davom etsa, boldirlararo boylam x,am uziladi. Boylamlar to’liq uzilib, distal suyaklararo membranasi >;am ajrab ketsa, oshik suyagi boldir suyaklarining orasiga kirib qoladi.
Pronastion sinishning asosiy komponentlari: 1) ichki to’piqning sinishi yoki deltasimon boylamning uzilishi; 2) tashki tupik yoki kichik boldir suyagining pastki 1/3 qismidan sinishi; 3) distal boldirlararo sindesmozning ajralishi; 4) panjaning chala yoki to’liq chiqishi — «poyoniga etgan» klassik Dyupyuitren sinishidir (203-rasm, a, b). Yuqorida kuzatilgan shikastlar hammasi kuzatilmasa, Dyupyuitren tipidagi yoki «poyoniga etmagan» pronastion sinish deyiladi (203-rasm, v, g).
Boldir suyaklararo sindesmozining ajralib ketishi va deltasimon boylamning uzilishi pronastion sinish variantlaridan hisoblanadi
(203-rasm, d). Shu sinish mexanizmida sindesmozning ajralishi ichki to’piqning sinishi yoki deltasimon boylamning uzilishisiz bo’lmasligini yodda tutish zarur.
Oyoq,kaftining to’satdan ichkariga kayrilishi supinastion sinish kelib chiqishiga olib keladi — pronastion sinish mexanizmining teskari shikastlanishidir.
Oyoqni orqa qismining kuch bilan supinastiyasi tovon-kichik boldir boylamining cho’zilishiga yoki uzilishiga va tashki to’piqning sinishiga olib keladi. Sinish chizigi ko’ndalang yo’nalishda o’tadi.
Ta’sirot kuchlirok bo’lganda, tovon suyagiga bosilish natijasida ichki tupik va katta boldir suyagining kiyshik vertikal sinishi kuzatiladi, panja ichkariga siljiydi. Ichkariga chala yoki to’likchiqish bo’ladi (204-rasm, a -v).
«Poyoniga etgan» supinastion sinishda kuyidagilar kuzatiladi: 1) tashki to’piqning ajralib sinishi va uning ekvivalenti — oshik bo’g’imining tashki yon boylamining uzilishi; 2) ichki to’piqning kiyshik sinishi yoki katta boldir suyagi ichki kdorasining sinishi; 3) panjaningchala yoki to’liq ichkariga chiqishi.
Agar panja pronastiyasi yoki supinastiyasi buqilish yoki yozilish bilan kechsa, ko’shimcha shikastlanish — katta boldir suyagining oldingi yoki orqa tomonining sinishi — Potta-Desto siiishi kuzatiladi xamda panjaning oldingi va orqa tomonga chala yoki to’liq chiqishi kuzatiladi (205-rasm, a,b).
Burama xarakatlanish kichik boldir suyagining barcha qismlaridan vintsimon sinish, boldir suyaklararo sindesmozining ajrashi va ichki to’piqning sinishiga olib keladi.
Vertikal yo’nalishda kuch ta’sir qilganda katta boldir suyagining distal metafizi maydalanib va kichik boldir suyagining pastki 1/3 qismidan sinishiga olib keladi. To’piqlar sinishi, panjaning chala yoki to’liq chiqishlari — nihib-sinishlar deyiladi. Shunday qilib, bilvosita shikastlarda to’piqlarning aloxida sinishi, oshik bo’g’imi so>(asida sinishlar va chiqib-sinishlar bilan omixta kelishi uchraydi. Siniq, chizigining va panja chiqishining yo’nalishiga karab shikastlanish mexanizmini bilish mumkin.
T a sh x i s. Tupik sinishlarini aniqlash unchalik kiyin emas. Bemorlarni boldir-oshik bo’shmida orrik bezovta kiladi. Oyoqda bosib yurishni chiqib-singanda mutlako iloji bo’lmaydi, ammo bitta yoki ikkala tupik sinsa yurish mumkin. Boldir-oshik bo’g’imi shishadi.
Pronapion chikib-singanda panja tashqariga yo’nalgan bo’lib, valgus xolatida turadi. Katta boldir suyagi distal qismining terisi
aranglashadi, uning ostida katga boldir suyagi singan bo’laklarining qirrasi aniqlanadi (206-rasm, a). Supinastion chiqib-sinishlarda panja ichkariga siljigan va varus xolatida bo’ladi (206-rasm, b). Potta-Desto chiqib-sinishida katga boldir suyagining orqa qismi sinsa, panja-kaft yuzaga buqilgan xolatda bo’ladi. Panjaning oldingi qismi qisqargan, katta boldir suyagining oldingi qirrasi boldir-oshik bo’g’imida paypaslanadi (206-rasm, v). Katta boldir suyagining oldi tomoni sinib, panja oldinga chiqqanda panjaning oldingi qismi uzunlashib qoladi, boldir suyagining oldingi qirrasi ushlab ko’rilganda okrikning zurayishi kuzatiladi. Panja dorsal yuzaga karab buqilgan bo’ladi (206-rasm, g). Boldir-oshik bo’g’imidagi deformastiya oyoqning tashqariga yoki ichkariga chiqishi, oldinga va orkhaga chikmshi omixta kelsa, deformastiyaga olib keladi.
Chiqish kuzatilmasa diagnoz qo’yish murakkab. To’piqlarning uchidan yuqorirokda og’riq.bo’lsa — singan bo’ladi; listal boldirlararo sindesmoz ajraganda boldir-oshikbo’g’imi yorigi ustida og’riq. bo’ladi. Boldir-oshik bo’g’imida yonga qilingan harakatda okrik bosgandagi orrikdan kuchlirok bo’ladi. Boldir suyaklari yaqinlashtirilganda singan joyda og’riq, kuzatiladi. Distal boldirlararo sindesmoz ajralganda «prujinasimon karshilik» seziladi. Ko’prokma’lumot shart bo’lgan oldingi va yon ko’rinishdagi rentgenogrammalardan olinadi. Rentgen suratlarida (oldindan qilingan ko’rinishida) kichik boldir suyagining sindesmoz sohasida 2/3 yoki 1/2 qismini katta boldir suyagining soyasi to’sib turadi. Agar kichik boldir suyagi soyadan mustasno bo’lsa, sindesmozning to’liq ajralganligi aniqlanadi. Yana >dam aniqrokbo’lishi uchun boldirni 20° ichkariga aylantirib oldindan qilingan rentgen tasviri to’liq ma’lumot beradi. Solishtirish uchun sog’lom tomonini x,am bir xil xolatda tasvirga olish kerak
D a v o l a sh. Joyidan siljimagan bitta yoki ikkala to’piqlarning sinishlarini ambulator ravishda davolasa xam bo’ladi. To’piqlari ochiq
yoki «murakkab» sinib siljigan, chiqishlar va oshik bo’g’imida katta shish bor bemorlar stastionar sharoitda davolanadilar.
Bir vasttda repozistiya qilib, gips boklami kuyish to’piqlar siljigan sinishlarining asosiy konservativ davolash usuli disoblanadi. Boldir-oshik bo’g’imidagi «murakkab» sinishlar, ayniksa, kech murojaat qilinganda narkoz yordamida repozistiya qilinadi. Mahalliy og’riq.sizlantirishda katta boldir suyagining oldingi sohasidan bo’g’im bo’shligiga 1-2%-20 ml novokain eritmasini yuborish kifoya. Agar sinit bo’g’imdan tashkdrida bo’lsa, bevosita singan joyni og’riqsizlantiriladi.
Repozistiya bemorni o’tkazib yoki yotkizib qilinadi. Boldirning uch boshli mushagini bo’shashtirish uchun tizza bo’g’imi 90°ga bukiladi va yordamchi ushlab turadi. Jarroh oyoqni ikkala qo’li bilan ushlab tortadi, so’ngra chiqishni bartaraf kiladi, oyoqning orqa qismiga pronastion sinish bo’lsa, supinastiya, supinastion sinish bo’lsa — pronastiya holati beriladi.
Panjani o’rta xdggatga keltirilib, bo’g’imda 100°ga bukiladi. To’piqlarni barmoqdar bilan bosib joyiga korrekstiya kdyainadi. Boldir suyaklari yon tomonidan bosilibyakishashgariladi. Panjaning orqaga ChIQIShI va katta boldir suyagi orqa tomonining sinishi panjani 75-80° dorsal bukish bilan to’trilanadi.
Katta boldir suyagining oldi sinib, panja oldinga siljishi panjani ork;aga tortish va bo’g’imni kaft tomonga bukish bilan to’krilanadi, shunday holatda gips boklami ko’yiladi.
Boldir suyaklararo sindesmoz ajraganda gips bog’lami kotmasdan yon tomondan bosib yakdshlashtiriladi.
Agar boldir-oshik bo’g’imida shish katga bo’lsa, repozistiyadan so’ng V-simon gips longetasi tizza bo’g’imiga ko’yiladi. Katta boldir suyagining oldi yoki orka tomoni sinsa, orqa gips longetasi dam ko’yiladi, bint bilan mahkamlanadi va oyogini balandrok kilib yotk;iziladi. Shish ketgan sayin xammo bemorlar doimo kuzatuvda bo’lishi kerak mabodo gips bog’lami sikib krlguday bo’lsa, zudlik bilan oldi tomondan kesib, bint bilan boklab ko’yiladi. Albatta rentgen tekshirish qilinadi. Muvaffaqiyatsiz repozistiya qilingan bo’lsa, shishlar kayttach narkoz bilan kayta repozistiya qilish zarur. Repozistiyadan 1-2 hafta keyin kz'ltiktayok bilan yurishga ruxsat beriladi. Gips bog’lamiga uzangi kilinsa, 5-6 haftadan boshlab ozrok bosib yursa bo’ladi.
Gips 2-3 oydan so’ng olinib, bir yil davomida supinatordan foydalanib yuradi. Mehnat hobiliyati 2,5-4,5 oyda tiklanadi.
Bitta yoki ikkala to’piqlar siljimasdan sinsa, U-simon gaps bog’lami ko’yiladi, shishlar kayggach aylanma gips bog’lamiga aylantiriladi va 1-xafta oxirida yurishga ruxsat beriladi. Gips bog’lamini olish mudstati bitga tupik sinsa - 4 xafta, ikkalasi sinsa -6 xdfta xisoblanadi. Desto sinishi siljimagan bo’lsa, 7-8 xafta bo’lib, yassitovonlikning oldini olish uchun supinatordan foydalaniladi.
Teridagi jaroxatlar repozistiya qilishga va gips bog’lami qo’yishga imkon bermasa, skelet tortma qo’llaniladi. Bunday xollarda teridagi jaroxatlar bitguncha va repozistiyani ushlab turish uchun shishlar kaytguncha skelet tortmadan foydalanadi. Skelet tortma katta boldir suyagining distal qismi maydalanib yoki metaepifizidan singanda tovon suyagidan kegay o’tkaziladi. 5-7 kg yuk bilan boldir o’ki bo’ylab tortiladi. 4 xdftadan keyin sonning o’rta qismiga 3-4 oy muddatga gips bog’lami ko’yiladi. Katta boldir suyagining orqa qismi sinib, 1/3 bo’g’im yuzasini koplasa, Kaplan usuli bilan skelet tortma qilinadi (207-rasm).
Frontal yuza bo’yicha skelet tortish uchun tovon suyagidan va katta boldir suyagi to’piqlari ustidan kegay o’tkaziladi. Tovondan ikki tomonlama tortish qilinadi, boldir o’ki bo’yicha 6-7 kg va unga perpendikulyar yuqoriga 3-4 kg tortiladi. Xuddi shuncha og’irlik (3-4 kg) orqaga 90° burchak ostida tortiladi. 4 haftadan keyin tortish to’xtatilib, 3 oy mudstatgacha gips bog’lamiga almashtiriladi.
Boldir-oshikbo’g’imidagi ochiq sinishlarda muvaffakiyatsiz repo-zistiyalarda, ya’ni to’piqlarning sinib-siljishlari bartaraf qilinmasa va katta boldir suyagi distal qismining oldi (orqasi) singanda yoki boldirlararo sindesmoz ajraganda jarroushk usuliga
ko’rsatma bo’ladi. Ichki to’piqningjoyida turmagani sababi (pronastion sinishda) yumshok to’kimalarning interpozistiyasi bo’lsa, o’z atrofida aylanib qolishi (rotastion sinishda) sabab bo’ladi. Sindesmoz ajralib, boldir suyaklarining yaqinlashmasliga to’liq ajralganda yoki kech repozistiya qilinsa joyiga tushmaydi.
Tupik; va katta boldir suyagining siniqlari osteosintezida vintlar, kegay va suyakdan kdiingan yoki metall shtiftlar qo’llaniladi (208-rasm, a, g). Sindesmozning ajralishi vintli boltlar bilan maxkamlanadi, tashki tupik sinishi bilan kuzatilsa, tashqaridan plastina yordamida qilinadi (208-rasm, b, v).
Ochik sinishlarda yiringlash xavfi tug’ilsa (yumshoq to’kimalargovdg katta jarodatida kuchli ifloslangan bo’lsa), ichkaridan yuboriladigan fiksatorlar qo’llash makradga muvofiq. emas. Jarro?u1ik ishlovi o’tkazilsa, repozistiya kdlinib, Ilizarov apparata qo’yish yoki teridan bo’kim orkali kegay bilan fiksastiya qilib tugallanadi (208-rasm, d).
Operastiyadan keyin kesiluvchi gips bog’lami tizza bo’g’imigacha ko’yiladi, shishlar kaytib, choklar olingach, doimiy aylanma gips bog’lami ko’yiladi. Keyingi kuzatuv konservativ davolashdagi kabi olib boriladi.
Teri orkali yuborilgan kegaylar 3-4 haftada olib tashlanadi, ichkaridan ko’yilgan fiksatorlar siniqdar to’liq bitgandan keyin olib tashlanadi.
OShIQ SUYaGINING SINIShI VA ChIKIShI
Oshik suyagining bo’ynidan, tanasidan va orqa o’simtasini sinishlari tafovut qilinadi. Sinish mexanizmlarida bilvosita balandlikdan tik oyogiga tushish, avtoulovni qattiq tormozlaganda
oyogi yoki boshqaruv vositalari tegishi natijasida yuz beradi. Bunday xollarda oshik suyagi katga boldir suyagi bilan tovon suyagining orasida kisiladi. Panjaning to’satdan tepaga buqilishi oshik suyagining bo’ynidan sinishiga olib keladi. Oshik suyagining sinishlari siljimasligi mumkin, oshik suyagi boshining tepaga siljishi, tanasining orqaga chiqishlari shu bobda oshik suyagining hamma sinishlari batafsil ko’rib chiqishga xukuk beradi.
T a sh x i s. Boldir-oshik bo’g’imida shish bo’ladi, aktiv xarakatlar og’riq, xisobiga chegaralanadi yoki umuman bo’lmaydi. Oshik bo’g’imida va panjaning yuqori qismida deformastiya kuzatiladi. Deformastiyaning xarakteri sinish chizigi va siljishiga bog’liq,. Bo’g’imni paypaslaganda og’riq, seziladi. Eng kuchli okrik sinish soxasida joylashadi. Tovonga mushtlab ko’rilganda og’riq, zo’rayadi.
Ikki ko’rinishdaga rentgen tasviri olinadi. Oshik suyagi bo’ynidan singanda tovon-oshikbo’g’imidagi bir-biriga nisbatan munosabatga ahamiyat berish kerak Orqa o’simtasini ko’pincha suyak sinigidan ajrata bilish qiyin. Buning uchun soklom oyogiga solishtirish uchun rentgenga tushiriladi.
D a v o l a sh. Oshik suyagining bo’ynidan siljimagan sinishida 7-8 xaftagacha oyoq,panjalaridan tizza bo’g’imigacha gips bog’lami ko’yiladi. Narkoz berib suyak bo’laklari joyiga tushiriladi.
Boshi tepaga siljib singanda tovonidan tortib, panjaga ekvinus xolati berilib, gips bog’lami ko’yiladi. 4-6 xaftadan keyin oyoqni o’rtacha (90°) xolatida gips bog’lami 3 oy muddatga ko’yiladi.
Oshik suyagi chiqishlarini zudlik bilan joyga tushirish kerak aks xolda yotokyaralar xosil bo’ladi. Oshik suyagini yopik tushirish kdyin kechadi, ko’pincha muvaffakhyatsiz bo’ladi. Bunday xollarda ochik usulda tushirilib, sixlar yordamida mustax.kamlanib, 3-3,5 oyga gips bog’lami ko’yiladi.
Oshist suyagining tanasidan siljiganligini xisobga olgan xolda tizza bo’g’imigacha 2-3 oyga gips bog’lami ko’yiladi. Ba’zi mualliflar 2-3 xaftadan keyin gips olinib, bosmasdan LFK bilan shugullanishi tavsiya qilishadi. Yuqorida zikr kilingan x.ollarda oshik bo’g’imida artroz rivojlanishi ekhimoldan xoli emas.
Orqa o’simtasi sinsa gips bog’lam yoki yumshokboklam 2-3 xaftaga ko’yiladi. Mexnat kobiliyati 1 oyda, oshik suyagi tanasidan yoki bo’ynidan singanda 2,5-4,5 oyda tiklanadi. Singandan keyin 1 yil davomida supinatordan foydalanib yurish kerak
Oshik suyagi bo’ynidan yoki tanasidan singanda ko’pincha aseptik nekrozga uchraydi. Shuning uchun 3 oy davomida bosmaslik zarur. Tanasi singanda yoki orqaga chiqqanda 4 oy bosmaslik kerak
Deformastiyalovchi artroz yoki aseptik nekroz kuzatilsa, boldir-oshikbo’g’imi artrodez khlinadi, bunda ba’zan oshik osti bo’shmini ham ko’shiladi.
OYOQ PANJASI SUYAKLARINING SINISHLARI VA CHIQIShLARI
Oyoq panja suyaklarining sinishlari ularning chiqishlariga Karaganda kup uchraydi, bu oyoq panjasi bo’rimlarini o’ziga xos anatomik xususiyatlariga bog’liqdir.
Birinchi yordam. Oyoq panjasi shikastlanganda birinchi yordam turli analgetiklar yuborib og’riq,sizlantirish va tizza bo’g’imigacha taxtakachlashdan iborat. Xarakatsizlantirish uchun narvonsimon, plastmassalardan qilingan yoki ichiga x.avo to’ldiriladigan shinalar ishlatiladi. Standart shinalar bo’lmasa, qo’lbola vositalar bilan xarakatsizlangiriladi. Ochiqshikastlanishda ximoyalovchi aseptik bog’lam ko’yiladi. Oyoq panjasi juda ifloslangan xolda maxdlliy og’riq.sizlantirishni bemor shifoxonaga yoki travmatologik punktga etkazilguncha qoldirish darkor.
Sinish va chiqishlarni davolashda oyoq, panjasi gumbazlarini tiklashga katta ahamiyat bermokkerak Gips bog’lami ko’yilayotganda xam oyoq; panjasi gumbazlarini kunt bilan chikarish talab qilinadi. Bemor gipsli bog’lamdaligidayokfizioterapevtik muolajalar boshlanadi. Gips bog’lami olingandan keyingi asosiy vazifa turli asboblar yordamida mashkqilish, ukalash, davolovchi jismoniy tarbiya va fizioterapevtax muolajalar yordamida oyoq, panjasi bo’rimlarida xarakatni tiklash va uning gumbazlarini shakllantirishdan iborat. Posttravmatik yassipanjalikning oldini olish uchun oyoq, panja suyaklari singan va chiqqanda, barmoqdar shikastlanishidan tashkari, bir yilcha vakt davomida supinatorli poyafzal kiyish tavsiya qilinadi.
OYOQ, PANJASINING OShIK SUYAGI OSTIDAN ChIQIShI
Oshik-tovon va oshik-kayiksimon suyak bo’shmlarida chiqish bilvosita shikastlanishdan kelib chikadi. Oshik so’yagi ostidan chiqishda oyoq; panjasi, ko’pincha, ichkariga yoki orqa va ichkariga suriladiki, bu ularning oyoq panjasining ichkariga va orqa ichkariga chiqishi deb yuritiladi.
Tashxis. Oshik suyagi osti soxasi deformastiyalangan. Ichkariga chiqishda oyoq; panjasi ichkariga surilgan va ekvinus, supinastiya, varus xolatida. Panja orka yuzasida oshik suyagi boshchasi aniq, paypaslanadi- Undan ichkarida surilgan kayiksimon suyak aniqlanadi. Orqa ichkariga chiqiisha, bundan tashqari, panja oldingi qismining qisqarishi va tovonning uzayishi kuzatiladi. Panja faoliyati butunlay buziladi. Paypaslaganda tarkdlgan og’riq. seziladi. Tashxis qo’yish qiyinchiliklar turdirmaydi.
D a v o l a sh. Oyoq panjasining oshik suyagi ostidan chiqishini davolash umumiy orrikrizlantirish bilan iloji boricha erta solishdan, tizza bo’g’imigacha ko’yilgan gipsli bog’lam bilan 3-4 xaftacha taxtakachlashdan va keyinchalik funkstional tiklanish muolajalarini o’tkazishdan iborat. Orqa ichkariga chiqishni kuyidagicha solinadi: tizza bo’g’imida oyoqni 90° burchak ostida bukiladi. Oyoq, panjasiga iloji boricha supinastiya, ekvinus, addukstiya xolatini berib, tovon va oldingi qismlari orqali qattiq ushlab tortiladi. So’ngra panja pronastiya va uzoqhashtirilgan xolda tortib ichkaridan tashqariga bosiladi. Yordamchi boldirning pastki qismidan ushlab turib karshilik ko’rsatadi. Yopiq usulda chiqish bartaraf qilinmasa, zudlik bilan jarroxlik muolajasini o’gkazish tavsiya qilinadi. 6-8 haftadan so’ng shikastlangan oyoqhni bosib yurishga ruxsat beriladi.
TOVON SUYaGINING SINIShI
Tovon suyagining sinishi, asosan, bevosita shikastlanishdan bo’ladi. Ko’pincha yuqoridan kulaganda ro’yobga chikedi va iisala tovon suyagining sinishi kuzatiladi.
Tovon suyagining sinishi turlari xilma-xildir (209-rasm), lekin eng ko’p uchraydigani va og’iri ezilib sinishi xisoblanadi (209-rasm, g). Bunday xollarda tovon suyagi oshik suyagi va shikastlovchi agent orasida ezilib ko’p bo’laklarga bo’linib ketadi. Tovon suyagi ezilib singanda oyoq, panjasi gumbazi yassilanadi, oshik-tovon, tovon-kubsimon bo’g’imlarni hosil kiluvchi suyaklarning bo’g’im yuzalarining o’zaro munosabati buziladi. Ezilib sinishdan tashqari, tovon suyagi ayrim qismlarining alohida sinishi mumkin (209-rasm, a-v). Bu sinishlar engilrok xisoblanadi va okibati nisbatan yaxshirok tugallanadi.
T a sh x i s. Tovon suyagi ezilib singanda bemorlar og’riq. tufayli yura olmaydilar, tovon sohasi kengayadi. Yumshoqto’qimalar shishi va kon kuyilishi to’piqlar ostida eng ko’p seziladi. Oyoq, panjasi bo’ylama gumbazi yassilanadi, katta siljishlarda zsa butunlay yo’q.oladi. Boldirning uch boshli mushaginingtaranglashishi og’riqni kuchaytiradi. Tovonni paypaslaganda og’riq, seziladi. Tovon suyagi kirralari va aloxida sinishida klinik manzarauncha bilinmaydi. Ayrim x.ollarda
bemorlar xatto tovonini bosib yurishlari mumkin. Doimiy belgisi tovon soxasidagi okrik xisoblanadi. Yon tomondan va aksimal xolda olingan rentgen suratlari tashxisni aniqlashga yordam beradi.
Davolash. Suyak bo’laklarini joy-joyiga solish umumiy yoki maxalliy og’riqsizlantirish bilan barmoqlar yoki moslama yordamida amalga oshiriladi. Tovon suyagining «o’rdak tumshugi» shaklida gorizontal sinishida Yumashev-Silin usulidan foydalaniladi (210-rasm). Yuqoriga surilgan suyak bo’lakchasi ustidan Kirshner kegayi o’tkaziladi (210-rasm, 1a), uni skelet tortma uchun yoyga mustaxkamlanadi. Oyoqri tizza bo’rimida 60-80°gacha bukiladi, tovon ostiga qattiq taxtacha ko’yiladi. Jarrox. ikkala qo’li bilan temir yoyni ushlaydi va tovonning singan soxasini kagtik taxtacha bilan Kirshner kegayi orasida bosadi. Shu vaktda panjaga uning ostiga tom on buqilgan xolat beriladi (210-rasm, 2). Tovon suyagining siqilgan xolatini susaytirmay, gips bog’lami ko’yiladi. Gips boshamini temir kegayga yopishib turganiga (temir kegayning proksimal tomonga surilishiga yo’l ko’yilmaydi) aloxida ahamiyat beriladi (210-rasm, 3). Tovon soxasiga gips ko’yilmaydi. Yoyni gips bog’lamiga qotirib ko’yiladi. Rentgen nazorati o’tkaziladi. Uch xaftadan so’ng temir kegay olib tashlanadi. Yana ikki xafta o’tkazib gips bog’lami olinadi. Xuddi shu zaylda tovon do’mbogi vertikal sinishida suyak bo’laklarini repozistiya qilish mumkin, faqat farqi shuki, yokoch taxtacha tovon ostiga emas, uning oldiga ko’yiladi. Gipsga qotirilgan Kirshner kegayi bu \olda suyak bo’laklarini boldir mushagi tortishi tufayli ikkilamchi siljib ketishidan saqlaydi.
Ayrim hollarda yopiqusulda solish imkoniyati bo’lmasa, jarroxushk muolajasi o’tkaziladi; suyak bo’laklari ochiq xolda solinib, temir kegay yoki maxsus mixcha bilan qotiriladi. Operastiyadan so’ng tizza bo’g’imigacha 1-1,5 oy muddagga gips bog’lami ko’yiladi. 1,5-3 oy mobaynida ishga layokatlilik tiklanadi.
Tovon suyagining ezilib sinishida suyak bo’laklarini anatomik jihatdan to’g’ri solishga, oshik-tovon va tovon-kubsimon
bo’g’imlaridagi munosabatlarni tiklashga intilish kerak Shu bilan birga, be mor oyoq panjalarining bo’ylama gumbazini tiklash asosiy vazifa hisoblanadi.
Oyoqpanjasi gumbazi o’zgarmagan sinishlarda gips bog’lamini 1,5-2 oyga tizza bo’shmigacha ko’yiladi. Ishga layokatlilik 2-4 oyda tiklanadi. Tovon sohasi kengaygan holatlarda uni qo’llar yoki moslama yordamida yon tomonlardan eziladi.
Ezilib sinib siljiganda tovon suyagi do’mbogi shikastlovchi omil va boldirning uch boshli mushagi ta’sirida yuqoriga siljiydi. Bundan tashqari, panjaning kaft yuzasi sohasidagi mushaklar hisobiga oldinga suriladi. Bunday lollarda Kaplan usulida tortma amalga oshiriladi (211-rasm, a). Temir kegay tovon do’mbogining distal bo’lagidan rentgen nazoratida o’tkaziladi. Boldir o’ki bo’ylab bajarilgan tortma or*;ali 8 kg yuk osiladi. 3-4 kundan so’ng yuk 6 kg ga kamaytiriladi, ikkinchi tortmaga esa 4-8 kg yuk osiladi. 5 kundan so’ng ikkala yukni 4 kg gacha kamaytiriladi.
Tovon suyagi siniq.bo’laklarini Yumashev usulida ham repozistiya kilsa bo’ladi (211-rasm, b). Temir kegayni suyak bo’lagi orqali
emas, balki uning ustidan, axill payi oldidan o’tkaziladi. Oyoq panjasini temir kegayga bog’langan tasmalar orqali Beler shinasiga tortiladi. Boldir o’ki orqali tortma uyushtiriladi va unga 6-7 kg yuk osiladi.
Tortish kuchi asosan orqaga, axill payiga to’g’ri kelgani uchun oyoq panjasi tortma amalga oshirilganda dorsal yuzaga buqilgan xolda va tortma yo’nalishi tovon suyagi do’mbogi o’kiga yaqinlashadi.
Bu davolash usuli ko’p afzalliklarga ega. Birinchidan, tovon suyagi parchalanib singanda temir kegayni suyak bo’lagidan ko’ra uning ustidan o’tkazish oson. Suyak bo’lagidan temir kegay o’tkazish rejalashtirilganda u suyak bo’laklari orasidan o’tib, yumshok to’qimalarni kesib yuborishi mumkin. Ikkinchidan, temir kegay suyakdan tashqarida o’tkazilganda o’ta og’ir asorat — tovon suyagi osteomieliti bo’lish xavfi juda kamayadi. Va nixryat, ko’shimcha yana bir tortma qo’yishga xrjat qolmaydi.
7-10 kunlarda Yumashev yoki Kaplan usulida davolashda moslamalar bilan tovon suyagi tortmaga olinmay sikiladi va longet-aylanma gips bog’lami kuyiladi. 30-40 kunlarga borib tortma olinadi va endi gips bog’lami 2,5-3 oyga tizza bo’g’imigacha kuyiladi. Ishga layokatlilik 4-5 oydan so’ngtiklanadi.
OYOQ PANJASI KAFT OLDI SUYAKLARINING SINISHI
Qayiksimon, kubsimon va ponasimon suyaklarning sinishi odatda bevosita shikastlanishdan kelib chikadi. Ko’pincha, bu og’ir narsaning oyoq panjasi dorsal yuzasiga tushishidan vujudga keladi. Qayiksimon suyakning ayrim sinishlari bilvosita shikastlanishdan xam kelib chiqishi mumkin. Bu gurux. sinishlarga katta siljishlar xarakterli emas. Shu bilan birga, distal joylashgan suyaklarning oldingi qismi singanda oyoq panjasi bo’ylama gumbazi mustaxkamligi sezilarli darajada buziladi. Buni davolashda va, ayniksa, xarakatsizlantirish usuli va muddatini belgilashda inobatga olish zarur.
T a sh x i s. O’ziga xos anamnez mavjudligi: ta’sirotning panja dorsal yuzasiga tushishi. Bemorlar tovonini bosib yurishlari mumkin. Oyoq panjasining dorsal yuzasida shish bor. Eng ko’p og’riq. singan suyak soxasiga to’g’ri keladi. Oyoq panjasi xarakatlari, ayniqsa yonga va burama xarakatlar og’riqli. Tegishli kaft suyaklarini o’ki bo’ylab bosilganda singan suyak soxasida orrikkuchayadi. Yakuniy tashxis ikki yuzada olingan rentgen suratidan so’ng tasdikdanadi.
Davolash. Siljimagan yoki ozgina siljigan sinishlarda tizza bo’g’imigacha gips bog’lami kuyiladi. Gipslanayotganda panja gumbazini chiqarish okrikni kuchaytirgani uchun oldindan 1-2% novokain eritmasi yordamida og’riqeizlantiriladi. 1 -2 oydan so’ng gips bog’lami olinadi. Ishga layokatlilik 1,5-3 oydan so’ngtiklanadi.
LISFRANK BO’RIMIDA ChIKIShI
Chikdsh kaft suyaklari bilan kaft oldi suyaklarining oldingi katori orasida sodir bo’ladi. Barcha kaft suyaklar siljisa, to’la chiqish deyiladi. Odatda chiqish bo’g’im xosil kiluvchi suyaklarning sinishi bilan birgalikda kechadi.
D a v o l a sh. Solish umumiy og’riqsizlantirish bilan amalga oshiriladi. Ayrim xollarda xyar bir barmoqdan aloxida-aloxida tortib yopiqusulda maqsadga erishiladi. Pekin, ko’pincha, ochiq solish va suyaklardan bo’g’im orqali temir kegay o’tkazib qotirishga to’g’ri keladi. Chiqish bartaraf qilingach, tizza bo’g’imigacha 4 xaftaga gips bog’lami ko’yiladi. Oyning oxirlarida oyoqni asta-sekinlik bilan bosib yurishga ruxsat beriladi. Eskirgan chiqishda ortopedik poyafzal kiyish tavsiya qilinadi. Kech murojaat qilinganda jarroxlik muolajasining ahamiyati yo’qoladi.
KAFT SUYaKLARI VA BARMOQLAR FALANGALARINING SINIShI
Bunday sinishlar asosan bevosita shikastlanishdan kelib chikadi. Ko’plab va ochik sinishlar uchrashi kam emas. Kaft suyaklarining alohida-aloxida sinishida suyak bo’laklarining siljishi xarakterli emas, shu bilan birga, ko’plab sinishlarda suyak bo’laklarining katta siljishi kuzatiladi.
Tashxis. Shikastlanishmexanizmi,tegishlibarmoqnitortganda yoki o’ki bo’ylab bosilganda kuchayuvchi maxalliy og’riq., ayrim x.ollarda patologik xarakatchanlik va gichirlash belgisining mavjudligi sinishni shubxa qilishga asos bo’ladi. Kaft suyaklari boshi egilganda singan soxada okrik kuchayadi, bu Yakobson belgisi, kaft suyaklarining sinishi uchun xarakterli hisoblanadi. Rentgen suratlarining taxlilidan so’ngyakuniy tashxis ko’yiladi.
D a v o l a sh. Kaft suyaklari sinib siljimaganda tizza bo’g’imigacha 4-6 xaftaga gips bog’lami ko’yiladi. Gips qo’yishdan avval 1-2% novokain eritmasi bilan og’riqsizlantiriladi. Oyoq panjasining bo’ylama va ko’ndalang gumbazlarini yaxshi chiqarish uchun tegishli joylarga dokadan taglik ko’yiladi.
Barmoq.falangalari sinib siljimaganda tegishli barmoqning 1-2 xefta mobaynida aylanma leykoplaster bog’lami bilan kotirish kifoya. Kaft suyaklari va barmoq.falangalari sinib siljiganida skelet tortma orqali yoki qo’l bilan repozistiya qilinadi. Ayniksa, kaft suyaklarining bo’ynidan sinib, dorsal yuzaga ochilgan burchak ostida siljishini to’la bartaraf qilish shart. Barmoq, o’ki bo’ylab tortilib, surilgan suyak bo’laklari bosilib, repozistiya qilinadi. Gips bog’lami tizza bo’g’imigacha ko’yiladi. Agar bir zumda repozistiya natija bermasa yoki suyak bo’laklarida gips boglchmi ostida siljib ketishga moyillik bo’lsa, u
xolda Klapp usulida yumshoq to’qimalar yoki Cherkes-Zoda ramkasida suyaklar orkali tortma amalga oshiriladi. Tortish uchun moslamani panja va boldirga ko’yilgan gips bog’lamiga mustax.kamlanadi (212-rasm). Tortma 3-4 xaftadan so’ng olinadi. Kaft suyaklari sinib siljiganda gips bog’lami 7 xaftaga, barmoq. falangalari singanda — 3 xaftaga ko’yiladi.
Yopiq repozistiya qoniqarli natija bermasa va ochiq sinishlarda jarroxlik muolajasi o’tkaziladi. Ochiq solishda temir kegaylar yoki Bogdanov krzikchalari, kaft suyaklarining vintsimon sinishida esa maxsus simlar ishlatiladi.
Shikastlanish xarakteriga karab kaft suyaklari singanda ishga layokatlilik 1,5-4 oyda tiklanadi. Barmoq. falangalari sinib siljiganda 1,5-2 oyda, siljimaganda - 2-3 xaftada tiklanadi.
OYOQ, PANJASI BARMOKLARINING ChIDIShI
Ko’pincha I barmoqningdorsal tomonga chikishi kuzatiladi. Chiqqan barmoq. kaltalashadi, o’ki yon tomonga siljishga bog’liq. xolda deformastiyalanadi. Paypaslaganda og’riq. va surilgan segment qirrasi aniqlanadi. Ikki yuzada olingan rentgen suratlarida shikastlanishshshg o’ziga xos tomonlari namoyon bo’ladi.
D a v o l a sh. Maxalliy yoki umumiy og’riq.sizlantirish bilan solinadi. Chiqqan segment dorsal yuzaga surilganda, o’sha tomonga tortib deformastiya kuchaytiriladi va asosiga bosib distal tomonga suriladi va kaft yuzasi tomon bukiladi.
Yopiqx.odda solish natija bermasa, jarroxlik muolajasi o’tkaziladi: anatomik solinib, bo’g’im ichidan temir kegay bilan qotiriladi. Gips bog’lamini boldirning pastki qismigacha 2 xaftaga ko’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |