Yon boylamlarni qisman uzilishi. Ichki yon boylamning qisman uzilishi asosan ichki meniskka birikkan soxasida yuzaga keladi. Ayrim tolalarning uzilishi boylamning uzunlashishiga olib kelmaydi.
T a sh x i s. Shikastlanishdan so’ng bo’g’im faoliyati cheklanadi, ba’zida gemartroz kuzatilishi mumkin. Shikastlangan soxada paypaslanganda og’riq. kuzatiladi. Shikastlangan boylamni qarama-qarshi tomonga xarakat qilinganda og’riq kuchayadi. Lekin yonga ortiqcha xarakat kuzatilmaydi.
D a v o l a sh. Bu turdagi shikastlanishda muolajalar gemartrozni davolashga qaratiladi. Sonning yuqorigi 1/3 qismidan oshik tovon bo’g’imi soxasigacha gipsli boklam ko’yiladi, fizioterapevtik muolajalar va izometrik mashklar buyuriladi. Immobilizastiya muddati 2 xafta.
Yon boylamlarning to’liq uzilishi. Yon boylamning to’liq uzilishi tizza bo’rimini yon (frontal) tekislikdagi bekarorligiga olib keladi. Tizza bo’g’imining tashqi yon boylami ichkiga nisbatan ko’prokshikastlanadi. Chunki shikastlanish uchun boldir ichkariga ogishi kerak buning uchun esa katta kuch kerak bo’ladi. Katta ta’sirot ostida tizza bo’g’imining boshqa elementlari (xochsimon boylamlar, menisk va boshqalar) va kichik boldir nervining zararlanishi kuzatiladi. Ichki yon boylamning shikastlanishi, yuqorida aytilganidek ichki meniskning zararlanishi bilan, ko’pincha, birga kechadi.
T a sh x i s. O’tkir davrida yon boylamning to’liq uzilishi qisman uzilishidan farqni ravishda shikastlangan boylam qarama-qarshi tomonga xarakatlanishi paytida boldirni ortiqcha yonga deviastiyasi bilan kechadi. Bu simptom kechikkan davrida aniqrok kuzatiladi (181-rasm). Rentgenologik tekshirish yon boylamlarning uzilganligi xakida ma’lumot beradi. Agar yonga ogish 10° dan oshmasa, bu xolda yon boylamlarning qisman uzilganligi xakida o’ylash mumkin. Agar yonga ogishi 10-20° va undan ko’prok bo’lsa, u xolda yon boylamlar to’liq uzilganligidan (Mironova simptomi) dalolat beradi (182-rasm).
D a v o l a sh. Yangi shikastlanishlarda uzilgan boylamni tikish kerak Agar boylam tolalari titilib ketgan bo’lsa, atrofidagi fasstiya yoki mushak tolalari bilan mustaxkamlanadi. Operastiyadan so’ng Operatsiyadan so’ng sonning 1/3 qismidan boldir-oshik tovon bukimigacha 6 haftaga gipsli bog’lam ko’yiladi. Agar yangi shikastlangan vaqtda ichki yon boylam tiqilmagan bo’lsa, u holda konservativ davo o’tkaziladi. 6 xaftaga sonning yuqorigi 1/3 qismidan boldir-oshik bo’g’imigacha uzilgan boylam tomonga og`dirilgan holatda gipsli bog’lam ko’yiladi. Bu xolatda kapsulaga uyg`unlashib ketgan uzilgan bo’laklari bir-biriga yaqinlashadi. 3haftadan so’ng uzilgan boylam tolalari bir-biriga birikmaydi, shuning uchun 3 hafgadan so’ng konservativ dayu odatda natija bermaydi. Tashkoy yon
boylam kapsula-dan o’tmaganligi tufayli konservativ yo’l bilan
yaqinlashtirib bo’lmaydi. Bu dollar fakrt operativ davo uchun ko’rsatma bo’lib hisoblanadi (183 va 184-rasmlar).
Shikastlanishdan uzoq muddatdan so’ng uzilgan boylam bo’laklarini bir-biriga tiqish qiyin bo’ladi, shuning uchun fasstiya yoki o’zining payidan alloplastika qilish yoki endoprotezlash amalga oshi-riladi. Endoprotez sifatida lavsan tasma ishlatildi. Operatsiyadan so’ng immobilizastiya boylamlarning kaysi usulda tiqilganligiga qarab belgilanadi. Gipsli bog’lamda va u echilgandan so’ng ham LFK fizioterapiya muolajalari, mushaklar elektr stimulyastiyasi, keyinrok esa massaj qilish mumkin.
Pellegrini-Shtid kasalligi. Bu kasallikda ichki yon boylamningson suyagaga birikkan qismidan suyak usti pardasining qo’porilishi natijasida hosil bo’lgangematomaning suyaklanishidir. Rentgenogrammada sonning ichki do’ngi sohasida suyak pixi yoki aloxida yotgan suyak parchasini ko’rish mumkin.
XOCHSIMON BOYLAMLARNING SHIKASTLANISHI
Oldingi xochsimon boylam orqadagiga nisbatan ko’prok shikastlanadi. Xochsimon boylamlarning shikastlanishi bo’g’imning oldingi-orqa bekarorligiga olib keladi.
T a sh x i s. Xochsimon boylamlar shikastlanganda tizza bo’g’imidagi asosiy simptom«galadonning siljish» simptomi xisoblanadi. Bu simptomni to’g’ri aniqlash uchun mushaklarni to’lik bo’shashtirish kerak Buninguchun boldir to’g’ri burchak ostida bukiladi.Simptomni bemor o’gargan yoki yuqoriga kerab yotgan xolatda aniqlash mumkin. Bemor o’tirgan xolatda bo’lsa, barmohuchlari bilan shifokor poyafzaliga (stulda o’girgan bo’lsa), agar yotgan bo’lsa, tekshiruvchining soniga tiraladi.
Shifokor chap kuli bilan shikastlangan sonning pastki 1/3 qismidan o’ng qo’li bilan boldirini ushlaydi va tizzani oldinga qarab xarakatlantiradi. Agar tizza songa nisbatan oldinga siljisa, bu oldingi xochsimon boylam uzilganligidan dalolat beradi va «galadonning oldinga siljish» simptomi musbat bo’ladi. Agar tizza songa nisbatan orqaga siljisa, u xolda ork;a xochsimon boylam uzilganligidan dalolat beradi va «galadonning orkhaga siljish» simptomi musbat deb xisoblanadi (185-rasm).
Xochsimon boylam qisman uzilganda yuqorida aytilgan simptomlar kuzatilmaydi yoki sujet xolda bo’ladi.
D a v o l a sh. Agar xochsimon boylam qisman uzilgan bo’lsa, sonning yuqori 1/3 qismigacha 5 xaftaga gipeli bog’lam ko’yiladi. Mexnatga yarokdilik 6-7 xaftadan so’ngtiklanadi. Boylamning to’liq uzilganligi aniqlansa, u xolda operastiya amalga oshiriladi.
Shuni unutmaslik kerakki, ko’prok oldingi xochsimon boylam yon boylam bilan birga uziladi. Uzilgan boylamni 5 kungacha tuzatishga xarakat qilish kerak chunki shikastlangandan 2 xaftadan so’ng uzilgan boylamlarning birlamchi tiklanishi qiyinrok bo’ladi. Bu eng kulay muddat deb xisoblanadi, chunki yukhoridagi muddat o’tgandan so’ng degenerativ o’zgarishlar va son mushagining atrofiyasi boshlanadi. Erta muddatda uzilgan boylam o’z joyiga suyak ichi orqali tikhiladi. Operastiyadan so’ng sonning yuqorigi 1/31fsmiga 6-7 xaftagacha gipeli boylam qo’yiladi.
Oldingi xochsimon boylamni tiklash uchun kechikkan muddatlarda lavsanli plastika qo’llaniladi. Operatsiyaning murakkabligi lavsan tasmachani ikkala uchini suyakka biriktirishdir. Silin operastiyasi eng qulay xisoblanadi — bunda xochsimon bog’lamning lavsanli plastikasi U simon chok bilan qotiriladi (186-rasm).
Xochsimon boylamlarni bo’g’imni ochmay artroskop yordamida tiklashda texnik qiyinchiliklar bo’lganligi uchun uni faqat ayrim klinikalarda qo’llaniladi. Xozirgi vaktda bu an’anaviy usullardn eng afzali xisoblanadi.
TIZZA BO’G’IMIDA CHIQISH
Boldirning chikishi. Boldir chikkanda oldinga-orqaga va yon tomonga surilishi mumkin. Kamroq xollarda burama siljish kuzatiladi. Boldirning oldinga-tashqariga chiqishi ko’prok uchraydi. Boldir chiqishi bo’g’im kapsulasi va boylamlarining uzilishisiz bo’lmaydi. Ba’zi xollarda yon va xochsimon boylamlar, tizza qopqog`ining xususiy boylami va menisk-larning birga-likdagi shikasti kuzatiladi.
Bunday hollarda qon tomir-nerv tutamining ezilishi, lat eyishi va xatto uzilishi kuzatiladi.
T a sh x i s. To’liq chikdanda oyoq kaltalashgan va yozilgan bo’ladi. Tizza bo’g’imida miltiksimon (nayzasimon) deformastiya kuzatiladi, aktiv xarakat yo’qoladi. Tizza osti krn tomirlarini shikastlantirib ko’ymaslik uchun passiv xarakatni aniqlash kerak emas. Boldirning chala chiqishida tizza bir oz buqilgan xolatda bo’ladi. Bo’g’im deformastiyalangan, aktiv xarakatlar yo’qoladi, passiv xarakatlar o’ta cheklangan bo’ladi. Ikki yo’nalishdagi rentgenografiya tashxisni tasdikdaydi. Tekshirilganda tizzadan pastki qismida krn aylanishi va innervastiya darajasini aniqlash lozim.
Davolash. Qon aylanishining yanada buzilish xavfi borligi uchun chiqishni zudlik bilan narkoz ostida solinadi. To’rt boshli mushakni bo’shashtirish uchun oyoqchanoq-son bo’shmida bukiladi. Boldir o’ki bo’yicha tortiladi. Shu paytda jarroh son va katta boldir suyaklari do’ngligi ustiga bosadi va ularni oyoq o’qi tomonga siljitadi. Qon tomir-nerv tutamini ezib qo’yish xavfi borligi uchun burchakli xarakatlar qilish man qilinadi. Sonning yuqorigi 1/3 qismigacha chuqur gipsli bog’lam ko’yiladi. Gemartrozni davolanadi va gips bog’lamini doirasimon aylantiriladi. 2-3 xaftadan so’ng qo’ltiqtayoq yordamida yurishga, 6-8 xaftadan keyin oyoqda qisman bosishga ruxsat beriladi. Immobilizastiya muddati 2-2,5 oyni tashkil kiladi. Keyinchalik davolash taktikasi yo’ldosh shikastlarga bog’liqdir.
Tizza qopqog`ining travmatik chiqishi. Tizza qopqog`ining chiqishini 3 xil turi tafovut qilinadi:
-
Yonga chiqish, bunda tizza qopqog’ining tashqariga, kamdan-kam
ichkariga siljishi kuzatiladi. Tizza qopqog’i tashqariga chiqishiga
tizza bo’g’imining valgusli deformastiyasi hamda son tashki do’ngining
rivojlanmaganligi va tizza qopqog`ining lateropozistiyasi sabab
bo’lishi mumkin.
-
Torsion yoki rotastion chiqish, bunda tizza qopqog’i vertikal
o’ki bo’yicha buraladi. Tizza qopqog`ining bo’g’im yuzasi yo’nalishiga
qarab tashki, ichxi va oldingi torsion chiqishlar farqdanadi. Oldinga
chiqish kamdan-kam uchraydi.
-
Vertikal chiqish. Tizza qopqog’ining xususiy boylami yoki to’rt
boshli mushak payining ko’ndalang to’liq uzilishi xisobiga vertikal
chiqishi bo’g’im yorigiga kirishi bilan kuzatiladi. Bunda tizza qopqog’i
turli yotgan uchi bilan gorizontal o’q atrofida orqaga buriladi.
T a sh x i s. Og’riqli sindrom yakkol ko’rinadi. Yonga chikishlarda oyoq tizza bo’g’imida bir oz buqilgan bo’ladi, torsionlarda esa yozilgan bo’ladi. Xarakatlar o’ga cheklangan yoki umuman yo’qoladi. Tizza qopqog’i yonga siljiganligi kuzatiladi, yoki bo’g’imning oldingi yuzasida uning qirrasi aniqlanadi. To’rt boshli mushak taranglashgan bo’ladi. Bo’g’im ko’ndalang (yonga chiqishlarda) yoki oldingi-orka (torsion chiqishda)
yo’nalish bo’yicha katgalashadi. Vertikal chiqish simptomatikasi sonning to’rt boshli mushagi payining uzilishiga bog’liq. bo’ladi.
D a v o l a sh. Tizza qopqog’ining bo’g’im oraligiga kirib chiqishini faqat operastiya yo’li bilan davolanadi. Bunda sonning to’rt boshli mushak payi butunligi tiklanadi. Qolgan xollarda narkoz yoki maxalliy anesteziya yordamida yopiqxolda solinadi. Gemartrozda bo’g’im oraligi odstin punkstiya qilinadi. To’rt boshli mushakni bo’shashishiga erishish uchun to’g’ri turgan oyoqni chanoq-son bo’g’imida bukiladi. Odatda tizza qopqog’i chiqishi oson to’rrilanadi. Buninguchun chiqishda kaysi tomonga siljishiga karab tizza qopqog’ini o’rtaga yo’naltiriladi yoki bo’g’im yuzasini o’khi atrofida buraladi. 3 xaftaga dumba burmasidan boldir-oshikdovon bo’g’imigacha gipsli borlam ko’yiladi.
TIZZA QOPQOG`INING SINISHI
Tizza qopqog`ining shikastlanish mexanizmi o’ziga xos xususiyatga ega. Sinish asosan to’g’ridan-to’g’ri ta’sir natijasida sodir bo’ladi: tizza bilan yiqilganda yoki tizza qopqog’iga biron-bir jism bilan urilganda yoki to’rt boshli mushakning o’ta taranglashuvida vujudga keladi. Tizza qopqog’i sinishi o’ziga xos xususiyatga ega, ko’prok ko’ndalang, ozroq xollarda parchalangan, uzunasiga singan va boshqa turlari kuzatiladi (187-rasm).
Sinish chizig`i har doim tizza bo’g’imi ichiga kirib boradi. Tizza qopqog’ining sinishida u yoki bu darajada uni boglovchi apparati shikastlanadi. Yozuvchi va yon boylam apparatni uzilishi tizza qopqog’ining bo’lagini to’rt boshli mushak qisqarishi xisobiga uni yuqoriga tortib ketadi.
T a sh x i s. Tizza qopqog’ining sinishini tashxislash, ayniksa, uning bo’laklari bir-biridan uzoqlashgan paytda stiyinchilik tugdirmaydi. Tizza kop1<;ogining sinishini 5 ta asosiy simptomlar yordamida tashxislash mumkin:
-
to’g’ri turgan oyoqni
ko’tara olmaslik ayniksa
unga karshilik qilinganda;
-
gemartroz;
-
barmoq, bilan bosib
ko’rilganda bo’laklar o’rta-
sida chukurlik kuzatiladi;
187-rasm. Tizza k;opkoginingsinish turlari.a — ko’ndalang; b — suyak bo’laklari bir-biridan krchib; v — parchalanib.
-
suyak bo’laklarining bir-biriga nisbatan yon tomonga siljishi;
-
suyak bo’laklarining bir-biridan ajralishi ba’zida paypaslash
bilan aniqlanadi.
Tashxisni aniqlash uchun ikki yo’nalishdagi rentgenografiya kilinadi, sinish, aynikra, yon proekstiyasida yakkrl ko’rinadi.
D a v o l a sh. Yon boylamlar butun bo’lganda, suyak parchalari oraligi 2-3 mm bo’lsa, konservativ usulda davolanadi. Avvalo bo’g’im oraliridan punkstiya yordamida kon olib tashlanadi va 20 ml 2% li novokain eritmasi yuboriladi. Tizza 175° da buqilgan xolatda sonning yuqorigi qismidan boldir-oshik bo’rimigacha tutor gipsli bog’lami ko’yiladi. konservativ davoni 3-kundan boshlab, bemor LFK qilishi va gipsli bog’lamda mushaklarni taranglashtirishi mumkin. 7-kundan boshlab bemor oyog’iga tayanib yurishi mumkin. Agar bemor somatik tomonidan yaxshi bo’lsa, u xolda qo’ltiktayoksiz yurish mumkin. Gipsli bog’lam shikastlanishdan 1 oydan so’ng olinadi. Mexnatga yaroqli deb daftardan so’ng tiqlanadi.
Bo’laklarning sagittal yo’nalishda siljishi qo’l yordamida to’rrilanadi. Buning uchun bo’g’im oraligidagi qon olib tashlangandan so’ng suyak bo’laklarini bir-biriga nisbatan oldinga va orqaga siljitiladi. Shundan keyin sinish ustidan 2 sm li elastik porolosh bog’lam bog’lanib, so’shra tutor gipsli bog’lam ko’yiladi.
Jarroxlik usuli siniq bo’laklari 5 mm dan ortik siljigan bo’lsa qo’llaniladi, uni shikasglanishning 2-kunidan boshlab 8-10 kunigacha qilgan ma’kul. Jarroxlik yondoshishida asosan tizza qopqog’ining pay-boylam apparata tiklanadi. Siniqning ikkita yirik parchasi bo’lgan xolatda osteosintez qipinadi (188-rasm). Siniqni bir bo’lagi parchalangan bo’lsa, uni olib tashlanadi. Operastiyadan so’ng tutor gipsli bog’lami ko’yiladi. Operatsiya qay darajada qilinganligiga qarab immobilizastiya muddati 4 haftadan 6 xaftagacha bo’ladi (189-rasm). Mexhatga yarokdilik 1/3-3 oyda tiklanadi.
SON VA KATTA BOLDIR SUYAKLARI DO’NGLIKLARINING BO’G’IM ICHIDAN SINIMI
Tizza bo’g`imining bo’g’im ichidai og’ir shikastiga son va katta boldir suyagi do’ngining sinishi kiradi.Do’nglarning sinish mexanizmini uchga bo’lib o’rganish mumkin:
1)o’tmas jism bilan tizza bo’g’imining yon yuzasiga jaroxat etkazish;
2) buqilgan tizza bo’g’imiga yiqilish; 3) yuqoridan to’g’ri turgan
oyoqka yiqilish. Ko’pincha shikastlanishning ko’shilib keladigan turlari
kuzatiladi.
Do’ngliklar sinishi siljigan yoki siljimagan bo’lishi mumkin. Amaliyotda Novachenko tasnifi qo’llaniladi:
-
Katta boldir suyagi do’ngligining bo’g’im yuzasi mutanosibligi
buzilmagan holatda sinishi (190-rasm, a).
-
Bitta do’nglikning sinib siljishi (190-rasm, b).
-
Ikkala do’nglikning (T- va U-simon) sinib siljishi (190-
rasm, v).
-
Ikkala yoki bitga do’nglikning sinib, boldirning chala chiqishi
(190-rasm, g).
T a sh x i s. Son va katta boldir suyagi do’ngligining shikastlanish klinik simptomlari asosan og’riq bo’lib, u mahalliy tusda kechadi. Tashkm do’nglik singanida tizza tashqariga ogadi (valgus holat),
ichki do’ngligi singanda esa ichkariga ogadi (varus xolat). Oyoqning kaltalanishi ikkala do’nglikning parchalanib sinishida yoki do’ngliklarning sinib boldirning qisman chiqishida kuzatiladi. Rentgenografiya ikki yon va oldingi-orqa yo’nalishlarda qilinadi. Ba’zida tashxislashga oydinlik kiritish uchun rentgenografiyaning qiya xolatidan foydalaniladi. Bo’g’im ichidan darz ketganida yoki ikkala do’nglik o’rtasidagi do’mbokchalar soxasi singanda rentgenostereogramma yoki tomografiya tekshirish usulari ham qo’llaniladi.
D a v o l a sh. Punkstiya yordamida tizza bo’g’imidan kon olib tashlanib, 20 ml 2% novokainli eritmasi yuboriladi. Keyingi davolash taktikasi sinish xususiyatiga karab qilinadi. Katta boldir suyagining do’ngligi singanda sonning yuqori qismidan boldir-oshik bo’g’imigacha, agar son suyagi do’ngligi sinsa, koksit gips bog’lami ko’yiladi. Oyoq tizza bo’g’imida 5-7° bukiladi. 2-kundan boshlab, to’rt boshli mushak xarakatlantiriladi va gipsda turgan oyoqni ko’tarib turish mashklari bajariladi. 1xaftadan so’ng bemor qo’ltiktayok yordamida shikastlangan oyogini bosmay yurishni boshlaydi. Katta boldir suyagi do’ngligi singanda 4-8 hafta, son suyagi do’ngligi singanda esa 8-10 haftadan so’ng gipsli bog’lam echiladi va LFK mashqlarini oyoqni bosmagan holda bajariladi.
Bemorga o’rtacha issiqlik beruvchi muolajalar buyuriladi. Shikastlangan oyogini bosishga 2-3 oydan so’ng ruxsat beriladi, aks xolda suyak bo’lagi cho’kib qolishi, bo’g’im yuzalari mutanosibligi buzilib, tizza bo’g’imining deformastiyalovchi artroziga olib kelishi mumkin.
Bitta do’nglik singanda konservativ yoki operastiya yo’li bilan davolash mumkin. Davolashning asosiy vazifasi son suyagi do’ngligi singanda yuqoriga yoki katta boldir suyagining do’ngligi singanda pastga surib, bo’g’im usti tekisligini saqlab, ushlab turishga qaratilgan bo’ladi. Singan parchani to’g’ri joyiga qo’yish uchun og’riqsizlantirilgandan so’ng tashki do’nglik singanda boldirni ichkariga, ichki do’nglik singanda boldirni tashqariga surish lozim. Bu muolajalarni texnik jixatdan 191-rasmda ko’rsatilganday
191-rasm. Katta boldir do’nglarining sinib siljishini o’rniga gushirish. a — medial do’ngchani to’g’rilash usuli; b — lateral do’ngchani tugrilash usuli
192-rasm. Do’nglik sinishini skeletdan tortish usuli bilan davolash.
bajariladi. 2-kundan boshlab, bemor to’rt boshli mushagini x;arakatlantira boshlaydi («tizza qopqog’ini o’ynatadi»), 4 haftadan so’ng oyogiga bosmay qo’ltiktayokda turishi mumkin. Gipsli bog’lamni 8-10 haftadan keyin echiladi. 2-3 oydan so’ng oyoqni bosish mumkin bo’ladi.
Ayrim xollarda bitga do’nglik sinishi skelet tortma yordamida davolanadi. Bunda tizza bo’g’imi 10° buqilgan holatda oyoqni shinaga ko’yiladi. Tovon suyagidan o’tkazilgan temir kegayga 4-5 kg yuk osiladi. 1-2 kundan so’ng yon flanelli lenta bog’lam orqali tortma amalga oshiriladi. Yon tomonga flanelli tasmalarning bittasi tizza bo’rimiga, ikkinchisi boldirning pastki 1/3 qismiga ko’yiladi. Agar ichki do’nglik singan bo’lsa — tashqariga, tashki do’nglik singan bo’lsa — tasma ichkariga tortiladi va 3 kg yuk osiladi. Bu yuk singan do’nglikni joyida ushlab turish uchun kifoya kiladi (192-rasm). Agar do’ngliklar to’g’ri turgan bo’lsa, 4-5 haftadan so’ng gipsli bog’lam ko’yiladi. Keyingi davolash o’rnidan siljimagan do’nglik sinishi kabi o’tkaziladi.
Do’nglikni operastiya usulda davolash konservativ usul yordam bermaganda qo’llaniladi
(193-rasm). Uni shikastlanishning 3-5-kunlarida bajariladi. 8-10-kunlarda gipsdan ko’yilgan darcha orqali jarohatdagi choklar olinadi va darcha gips bilan berkitiladi. Keyingi davo do’nglikni siljimay sinishi kabi bo’ladi. Agar po’lat mix yordamida max.kamlangan bo’lsa, uxolda 6-8 oydan so’ng mix olib tashlanadi. Singan do’nglikni o’rniga qo’yish imkoniyati bo’lmasa, suyak transplantata bilan to’ldiriladi yoki endoprotez qilinadi.
Ikkala do’nglik sinib jarroxlik usulini qo’llash talab qilinsa, uxrdda ikkita do’nglik sohasi bo’yicha laxtak (Tekstor tipi) kesimi qilinadi. To’g’rilangan do’ngliklarni 1-2 ta po’lat mix yordamida maxkamlanadi. Katta boldir suyagi do’ngligini davolashda shuni esda saqlash kerakki, bu turdagi sinishlar diafizar sinishlarga kura sekin bitadi va oyoq erta bosilsa, o’rnidan siljib ketadi. Shuninguchun oyoqni bosishga 3,5-4 oydan so’ng ruxsat beriladi.
Bo’g’imdagi \oli jismlar («bo’g’im ichi sichkrni»). «Bo’g’im ichi sichkoni» paydo bo’lishiga gemartrozda fibrinning
kalinlashishi, menisk bir qismining
uzilishi, Kenig kasalligi, tizza qopqog’idan va do’ngliklardan osteoartrit xisobiga parchaning uzilishi, bo’g’im xondromatozi sabab bo’ladi. Asosiy simptomlari: bo’g’imlardaga tez-tez bo’lib turadigan to’siklar, okrik va bo’g’im bo’shligida suyuklik yig’ilishi.
Rentgenografiya qilish shart, chunki «bo’g’im ichi sichkrni» kaerda joylashgani xasida ko’prok ma’lumot beradi. Bo’g’imdagi jismni paypaslab aniqlanganda kichkina in’ekstion igna yordamida teri va teri ostidagi to’qimalar orqali jismni sanchib, so’ngra olib gashlanadi. Buning uchun kichkina kesim yoki artroskopdan foyda-laniladi.
BOLDIR ShIKASTLANIShLARI
Boldir shikastlanishlari orasida katta boldir suyagi proksimal qismidan bo’g’im ichidan sinishlarini, ikkala boldir suyagining alo-Xida diafiz qismidan sinishi, ikkala boldir suyagining diafizidan sinishi va boldir suyaklarining distal qismida sinishlari tafovut qilinadi.
Yuqorida kayd qilingan xar bir gurux. shikastlanishlarining o’ziga xos diagnostika qilish va davolash usullari bor. Katta boldir suyagi do’nglarining sinishlari 7-bobda «Tizza bo’g’imining shikastlanishlari» bayon qilingan bu bobda boldir suyaklarining boshqa turdagi shikastlanishlariga to’xtalib o’tamiz.
Ko’pincha, katta boldir suyagi bevosita teri ostida joylashganligi uchun suyak bo’laklari bemorlarni ko’pollik bilan ko’tarish yoki noto’g’ri transportirovka qilishda terini teshib yuborishi mumkin, u xolda ikkilamchi ochiq sinish kuzatiladi. Shu sababli birinchi yordam ko’rsatish katta e’tiborni talab kiladi.
Birinchi yordam. Agar sharoit bo’lsa, singan soxani yod, spirt yordamida tozalab suyak bo’laklari orasiga 20 ml 2% novokain eritmasi yuborilib og’riqsizlantiriladi. Oyoq panjalaridan to sonning yuqori uchdan birigacha shina bilan taxtakachlanadi, agar sinish boldir bo’g’imida bo’lsa, tizza bo’g’imigacha ko’yiladi. Transport shinasi qo’l ostimizda bo’lmasa, boshqa o’rnini bosuvchi moslamalardan foydalanish mumkin.
Bemorlarni transportirovka qilish oyoqda shina ko’yilgandan keyingina yotgan xrdda bajarilishi lozim.
KIChIK BOLDIR SUYaGINING AL0X.IDA ShIKASTLANIShLARI
Kichik boldir suyagining shikastlanishlari orasida kuyidagilar tafovut qilinadi: 1) kichik boldir suyagi boshchasining chiqishi; 2) kichik boldir suyagi diafizidan sinishi; 3) kichik boldir suyagini boldir-oshik bo’g’imi sohasidan sinishi.
KIChIK BOLDIR SUYaGI BOShChASINING ChIQIShI
Bu shikastlanish proksimal suyaklararo bo’gini ajrab ketishida kuzatiladi, bevosita va bilvosita ta’sirot natijasida paydo bo’ladi. Bunda kichik boldir nervi xam shikastlanishi mumkin, chunki kichik boldir suyagi bo’ynidan aylanib o’tadi.
T a sh x i s. Proksimal boldir suyaklari bo’gini soxasida deformastiya aniqlanadi. Kichik boldir suyagining boshi oldinga yoki orqaga surilishi, paypaslashda osonlik bilan joyiga tushishi va chiqishi kuzatiladi. Kichik boldir suyagining boshchasini bosilganda yoki boldir suyaklari yaqinlashtirilganda chikkhanjoyda og’riq.zo’rayadi. Rentgenografiya diagnoz qo’yishga aniqlik kiritadi. Kichik boldir nervi xam birgalikda shikastlangan bo’lsa, bemorning oyogi pastga -kaft tomongaosilib turishi aniqlanadi.
D a v o l a sh. Kichik boldir suyagining boshchasini joyiga tushirib, ushlab turish kiyishshgi tufayli konservativ davolash maqsadga muvofiq. emas. Shuning uchun jarroxlik usuli qo’llaniladi. Boshchani katta boldir suyagi do’ngiga lavsan yoki krzikcha yordamida qotiriladi. Operastiyadan so’ng 4 x.aftaga barmoq.uchidan to sonningo’rta qismigacha gips bog’lami ko’yiladi. 2-x.aftadan boshlab, gipsda oyogiga bosib yurishga ruxsat beriladi. Gips olingandan keyin fizioterapiya va bo’g’imlarda xdrakatni tiklash tavsiya kddinadi.
Kichik boldir nervi esa shikastlanish x,arakteriga karab davolanadi.
KIChIK BOLDIR SUYaGI DIAFIZINING ChEKLAN G AN
SINIShI
Shikastlanishning asosiy sababi bevosita boldirning tashqari yuzasidan urilishidir.
T a sh x i s. Kichik boldir suyagining diafizi singanligini aniqlash kuyidagi sabablarga asosan ancha qiyin. Kichik boldir suyagi tayanch vazifasini o’tamaydi, yuqorida va pastda katta boldir suyagiga qattiqjipslangan, shuning uchun sinib siljib ketmaydi, boldirning tayanchiga putur egmaydi. Ko’pincha, bemorlar singan joyda og’riq. sezsalar-da yuraveradilar, nixryat, kichik boldir suyagining xamma tomonidan mushaklar bilan o’ralganlitini hisobga olsak deformastiya x,am bilinmaydi. Siniq. bo’laklarini ushlash va ularning .xarakatini aniqlash imkoniyati yo’q, bo’ladi. Doimiy belgilaridan singan joyda og’riq. va ushlab ko’rilganda mahalliy og’riq. seziladi. Ba’zan kichik boldir suyagi sinishini boldirni lat eyishidan ajratib olish uchun kuyidagi sinamadan foydalaniladi. Sish'anligaga gumon qilinayotgan joydan narirokdan bir qo’l bilan ushlab turib, tashki tomondan boshqa Qo’limiz bilan bosganimizda bosib turilgan joyda og’riq. bo’lmay, singan joyda og’riq. kuzatiladi. Boldirni ikki tomonlama rentgen tasviriga tushirib, tashxis tasdiklanadi.
Davolash. Kichik boldir suyagining aloxdsta sinishlarini davolash engil o’tadi, hatto ambulator sharoitda davolasa x,am bo’ladi. Bemorga 3-4 xdftaga sonning o’rtasigacha gips longetasi ko’yilsa kifoya. 10 kundan so’ng qo’ltiktayok bilan yura boshlash mumkin, 5-6 xdftada mexdat kobiliyati tiklanadi.
Kichik boldir suyagining bo’ynidan sinishi, kichik boldir nervi shikastlanishi yoki tizza bo’g’imining boylamlari uzilishi kuzatilishi mumkin. Bunday xollarda davolash shikastlanish xdrakteriga karab belgilanadi.
Kichik boldir suyagining boldir-oshik bo’g’imi sox,asidagi shikastlanishlariga «To’piqlarning sinishi» bo’limida to’xtalamiz (9-bobga karalsin).
KATTA BOLDIR SUYaGI DIAFIZINING ChEKLANGAN SINIShI
Katga boldir suyagining shikastlanishlari kichik boldir suyaganing shikastlanishlaridan farqli o’larok kup uchraydi va boldir faoliyatiningbuzilishiga olib keladi. Sinish bevosita va bilvosita kuch ta’sirida ro’y beradi. Kichik boldir suyagi «taxtakachlik» vazifasini bajarganligi uchun sindezmozning saqlanib qolganligi sababli suyak bo’laklarining uzunasiga siljishi kuzatilmaydi. Yoniga va burchak xosil qilib siljishi kuzatiladi. So’nggi xolatda burchak ichkariga, oldinga yoki orqaga ochilgan bo’lishi mumkin. Kiyshik va buramasimon sinishlarda eniga siljiganda mushak interpozistiyasi kuzatilishi mumkin.
Tashxis. Katta boldir suyagining teri ostida yaqin turganligi uchun uning sinishlarini tashxislash qiyinchilik tugdirmaydi. Ba’zan boldirning kiyshayishi va deformastiyasi ko’zga tashlanadi. Katta boldir suyagining qirrasi bo’ylab paypaslaganda singan joyda pogonasimon deformastiya aniqlanadi: shu joyda og’riq.xam seziladi. Suyak bo’laklarini xarakati noaniq. ifodalanadi. Oyoq tayanchi buziladi. Sinib siljimagan bo’lsa, katta boldir suyaganing aloxida sinishini aniqlash bir oz qiyinlashadi. Singan joyda gematoma bo’lishi, paypaslaganda maxdlliy og’riq. kuzatilishi, oyoqning tayanchlik vazifasi buzilganligi rentgen tekshirish o’tkazishdan avval uning singanligini aniqlashga yordam berish mumkin. Boldirning ikki proekstiyadagi rentgenografiyasi sinishning harakteri, bo’laklarni borligi va siljish turini ko’rsatadi.
D a v o l a sh. Katta boldir suyagi alohida sinib siljimagan bo’lsa, oyoq panjalarining uchidan to sonning o’rtasigacha 2 oy muddatga gips bog’lam ko’yiladi. Agar sinish tufayli boldirda shish kuzatilsa, avvalo, gipsli longeta ko’yilib, so’nfa shish kaytgandan so’nglongetali aylanma gips bog’lamiga aylantiriladi.
Sinib siljigan bo’lsa, bir moment (lakza)li repozistiya qilinib, gips bog’lami bilan ushlab turiladi. Og’riqsizlantirish uchun maxalliy anesteziya kifoya kiladi. Singan joyga 1% novokaindan 40-50 ml yuboriladi. Repozistiyani rentgen tasviriga karab bajariladi. Suyak bo’laklari orasidagi burchak orqaga ochilgan bo’lsa, repozistiya oyoq yozilgan xolda, kolgan xollarda tizza bo’g’imida bukib turib qilinadi. Yordamchilardan biri oyoqni kaft sohasida ushlab, boldir o’ki bo’ylab tortadi, yana biri sonidan yoki tanasidan karama-karshi tomonga tortadi. Jarrox. suyak bo’laklariga qo’llari bilan bosib, siljishlarni bartaraf qiladi. Oyoq panjalarining uchidan to sonning o’rtasigacha (boldir suyagining pastki qismi yoki o’rta qismi singanda) yoki dumba burmasigacha (yuqori uchdan bir qismidan singanida) gips longetasi ko’yiladi. 10-14 kundan so’ng (shishlar kaytgandan keyin) longetali gips bog’lami aylanma gipsli bog’lamga aylantiriladi. Umumiy immobilizastiya muddaga 3-4 oy. Katta boldir suyashning uchdan bir yuqori va o’rta qismiga Karaganda pastki khsmidan singanda u ko’prok muddatga ko’yiladi.
Siniq, chiziga kiyshik bo’lganda bo’laklarni joyiga tushirish va uni gips bog’lamida ushlab turish qiyinligi interpozistiyadan darak beradi. Bundam dollar kagga boldir suyaganing osteosinteziga ko’rsatma bo’lib x*1soblanadi. Agar suyak bo’laklarining yaxshi gurishiga kichik boldir suyagi xalakdt bersa, katta boldir suyagi siniqining yuqorirogidan yoki pastrogidan ko’shimcha kesib, kichik boldir suyagi sindiriladi va maqsadga erishiladi.
IKKALA BOLDIR SUYaGINING DIAFIZIDAN SINIShI
Boldirning ikkala suyagining diafiz qismidan sinishi aloxida sinishlardan kup uchraydi. Sinish sabablari bevosita va bilvosita bo’ladi. To’g’ridan-to’kri kuch ga’sir kdlganda kuch siljish yo’nalishida bo’lib, ko’ndalang sinishga olib keladi. Shu yo’sindagi kuch ko’prok ta’sir ko’rsagganda maydalanib sinish kelib chikadi. Masalan, bamper sinishi deb agalmish sinish — avtomobil bamperining boldirga ta’siri natijasida ro’y beradi. Sinishning bilvosita jarayoni boldirning buralishida va buqilishida uchraydi. Ta’sir kdlgan kuch bukishga olib kelganda suyak sinib, ikki tomonga kiyshayadi va uchburchak shaklida suyak bo’lagi hosil bo’ladi. Buralish natijasida burama sinish xosil bo’ladi. Bunday sinishlar kerama-karshi tomonlarda joylashadi. Shunday kilib, burama sinish katta boldir suyagining pastki uchdan birida joylashsa, kichik boldir suyagining sinishi esa yuqori qismida joylashadi va aksincha. Yuqoridagi x,olatlarni hisobga olib, bemorni gekya!Irganda boldirni to’laligicha rentgen tasviriga olish esdan chikmasligi kerak
Son va elka suyagsh'ing sinib siljishlarida mushakcharning hiskarishi asosiy sabab bo’lsa, boldir suyalshing sinib siljshilarnd u ta’sir qilgan kuch yo’nalishiga bog’liqdir. Sinishning uzunasiga siljishi odatda katta bo’lmaydi.
T a sh x i s. Bu gurux. siniq;garning klinik belgilari aniq, va barcha diafizar sinishlarga xos belgilardan iborat. Ko’zdan kechirilganda teridagi o’zgarish va deformastiya aniqhlanadi. Boldirning distal khismi oyoqning og’irligi x,isobiga tashkariga buralgan bo’ladi. Ayrimlarda shunchalik bilinadiki, oyoqning tashki tomoni polga tegab turadi.
Oyoq,ning tashqariga buralganligi son suyagi sinishidagi gashkariga buralishdan farqi shundaki, faqat boldir soxasida kuzatilib, x,atgo tizza bo’g’imi sox,asiga ham tarqalmaydi. Singan sohani ko’rganimizda boldir o’kining yonga yoki oddiinga-orqa yuzaga deformashya bo’lganini aniqlash mumkin.
Kapa boldir suyagi bevosita teri ostida joylashgani uchun suyak bo’laklari ko’rinib turganligini ko’rish mumkin (ko’prok markaziy bo’lagini). Teri uning ustida taranglashadi va okaradi. Bir necha soatdan so’ng singan joyda shish paydo bo’ladi, ko’prok epidermik pufakchalar xosil bo’ladi. Singan joyda og’riq, zo’raymasligi uchun paypaslashni avaylab bitga barmoq. bilan bajariladi. Katga boldir suyagining yuqori qirrasidan pastga karab boshlanadi. Sinish sol;asida suyak qirrasining pogonasimon deformastiyasi va yonga siljigani topiladi. Shu so>;ada og’riq. va bo’laklar x,arakati kuzatiladi. Paypaslaganda sinish harakati \akida tasavvur qilish mumkin.
Katta boldir suyagi sinishida nisbatan yaqqolrok umbilikastiya belgasi uchraydi — sinish sohasida terining girdobsimon tortilishi kuzatiladi. Bu holat yumshoqto’qimalarning interpozistiyasiga bog’liq. bo’lib, teriga yaqin joylashganligi tufaylidir va kuyidagicha tekshiriladi: sinish joyidan yuqorirokdan bo’rtib turgan suyak bo’lagi bosiladi. Suyak bo’laklari siljiganligi uchun orasiga kisilib qolgan yumshoqto’qima tortiladi, terida esa girdobsimon chukurlik hosil bo’ladi.
Kichik boldir suyagi singanini aniqlashda shuni esda tutish kerakki, buralib singanda u katta boldir suyagining karama-karshi tomonidan sinadi. Suyak kdoirlashini tekshirish shart emas. Boldirni o’ki bo’yicha kuch bilan bosilsa, tovondan urib ko’rilsa va sinish bo’laklariga bosim berilsa, singan joyda og’riq. zo’rayishi kuzatiladi. Oldindan yoki yondan qilingan ikki rentgen tasviri olinadi.
D a v o l a sh. Kichik boldir suyagi diafizi tayanch vazifasini bajarmasligini x;isobga olib, ikkala boldir suyaklarining sinishini davolashda e’tiborni katta boldir suyagini to’g’rilashga va bitishi uchun sharoit yaratishga qaratiladi. Ikkala boldir suyagining diafizidan sinishini u yoki bu usul bilan davolashga ko’rsagmani aniqlash, katta boldir suyagini joyiga qo’yish va ushlab turishiga shunga karab kuyidagi guruhar tafovut qilinadi (195-rasm): 1) katta boldir suyagi bo’laklarining jilmagan sinishlari; 2) repozistiya qilinib, oson ushlab turilishi mumkin bo’lgan sinishlar (masalan, katta boldir suyagining ko’ndalang sinishi); 3) joyiga tushirilib, ammo ko’pincha tortish usullarisiz ushlab turish mumkin bo’lmagan sinishlar (odatda, bu sinish chizigi vintsimon sinishlar); 4) joyiga tushirib bo’lmaydigan sinishlar (bu odatda, suyak yoki yumshoq to’qimalar interpozistiyasi bo’lgan sinishlar).
Sinib joyidan siljimagan bo’lsa yoki joyiga tushirilib ushlab turish imkoniyati bo’lsa, bunday sinishlarga gips boklami ko’yilib davolanadi. Odatda, boldir suyaklari singanda gips bog’lami oyoq panjalaridan boshlanadi, tepa qismi sinish joylashishiga karab ko’yiladi. Sinish boldirning o’rta va pastki uchdan birida bo’lsa, son o’rtasigacha, yuqori qismidan sinsa, dumba burmasigacha ko’yiladi. Agar
shish kuzatilsa, longetali gips bog’lami ko’yilib, shishlar kaytgandan so’nglongetali gips bog’lami aylanma gips bog’lamiga almashtiriladi. Shish unchalik katta bo’lmasa, bir varakayiga aylanma gips bog’lami ko’yiladi.
Katta boldir suyagi sinib, chizigi ko’ndalang yoki shunga yaqin bo’lsa, repozistiya kdgsinib, gipsli bog’lamga ko’yiladi. Qiyinrok repozistiya kd/shnadigan sinishlarni narkoz ostida bajariladi, yordamchilardan biri oyoqdan ushlab, boldir yo’nalishi bo’yicha tortadi, boshqasi karama-karshi tomonga sonidan yoki tanasidan tortadi. Tortish uzunasiga siljish bartaraf qilinmaguncha davom ettiriladi. So’ngra jarrox bo’rtib turgan suyak bo’lagini bosib yoniga siljishini yo’qrtadi. Gips bog’lami sonningo’rta qismigacha yoki dumba burmasigacha ko’yiladi.
Repozistiyani apparatlar yordamida bajarish ancha kulaylik tugdiradi. Buning uchun tovon suyagidan kegay o’tkazilib, skelet tortma uchun qo’llaniladigan skobadan foydalaniladi (196-rasm, a). Tortish uchun yoyni apparatni buralib tortadigan moslamasiga markam bog’lab tortiladi. Uzunasiga siljish yo’qrtilgandan keyin ko’ndalangiga siljishni bo’rtib turgan siniq, bo’lagiga bosib to’g’rilanadi. Rentgen tekshirish natijasiga kdoab gips bog’lami tizza bo’g’imigacha ko’yiladi (196-rasm, b). Oyoq, apparatdan tushiriladi, tovon suyagidan o’tkazilgan kegay olib tashlanadi va gips bog’lamning sonning o’rta k;ismidan dumba buramasigacha davom ettiriladi (197-rasm).
Oyoqda bosib yurish mudstati sinish chizishning xarakteriga bog’liq,. Agar sinish chizig-i ko’ndalang bo’lsa, gips bog’lami ko’yib, shishlar khaytgandan so’ng yurishni boshlasa bo’laveradi. dolgan xollarda bosib yurishga kechrok tavsiya qilinadi. Siniqlarning bitish mudstati ularning xarakteri va joylashishiga karab kechadi. Katta boldir suyagining pastki uchdan birining sinishlari o’rta va yuqori
(dismining sinishlaridan sekin bitadi. Kiyshik va ko’p bo’lakli sinishlar joyidan eiljimagan bo’lsa, ko’ndalang sinishlardan tezrok bitadi. O’rtacha immobilizastiya muddati 3-4 oy davom etadi.
Skelet tortma bilan bekaror sinishlar davolanadi. Bu gurux.ga burama, kiyshik va maydalanib siljigan sinishlar kiradi. Yumshoq to’qimalar jaroxatlangan, teri kasalliklari mavjud xollarda gips bog’lami qo’yish va jarroxlik usullarini qo’llashga imkon yo’q. xollarda xam skelet tortmadan foydalaniladi. Singanjoyga 2%-20 ml, kegay o’tkazish uchun 0,5% novokain eritmasi bilan og’riqrizlantirilib, tovon suyagi yoki to’piqlar usti soxasidan kegay o’tkazilib, skelet gortmaga olinadi.
Oyoq Beler shinasiga kuyilib, tizza bo’g’imi shinani buqilgan qismga to’rrilash kerak Shinani boldir turadigan sol;asidagi material tarangtortilmasligi, ochilgan bo’lib boldir uchboshli mushagining shaklini kaytaridgi kerak Modomiki, ushbu vaziyat saqlanmas ekan, mushaklar eziladi va suyak bo’laklarining joyiga tushishiga xalakit beradi. Bundan tashk;zri, venoz qonningdistal qismdan kaytishiga to’sk;inlik kdladi. Tovon sohasida yotokyara hosil bo’lmasligi uchun paxta-dokali chambarak yasab ko’yib turiladi yoki kegay uchidan shina
tepasiga tortib ko’yilsa, mak-sadga muvofiq. bo’ladi. Tortishni to’g’rita karab emas, bir oz ichka-ridan amalga oshirilsa, boldir-ning varusligiga monand bo’ladi. Boshlanishida tortish 7-10 kg yuk bilan, so’ngra uzunasiga sinish bartaraf qilingach 5-7 kg ga ka-maytiriladi. Katta yuk bilan tortishni ko’ndalang sinishlarda extiyotlik bilan qo’llash zarur, chunki ortikcha tortilgach suyak bo’laklari orasita yot to’qimalar kirib qolishi va operastiyaga zarurat tug’ilib qolishi mumkin. Distal bo’lakning rotastion siljishini bartarab qilish maqsadida panja bilan muolaja kilib tizzaga to’krilanadi. Bo’laklarning yonga siljiganini ko’pincha yonga tortuvchi mosla-malar yoki nayzasimon six bilan bartaraf qilinadi (198-rasm). Tortish kuchi bir me’yorda fao-liyat ko’rsatishi uchun
prujinalardan foydalaniladi: buni Mityunin-Klyuchevskiy demfer skelet tortmasi deyiladi. Katta boldir suyagining yonga siljishini bartaraf qilish uchun nayzasimon kegay yuborildi va undan tortiladi (199-rasm). 3-6 xafta skelet tortmada davolab, so’nfa son o’rtasigacha yoki dumba burmasigacha aylanma gips bog’lami ko’yiladi. Bemor qo’ltiktayok bilan yurishgacha venalarni mashkkiladi. 3-4 xafta skelet tortmada davolab, so’ngra son o’rtasigacha yoki dumba burmasigacha aylanma gips boklami ko’yiladi.
Bemor kultiktayoklar bilan yurishgacha venalarni badantarbiya («venoz gimnastika») kiladi. Bemor ma’lum muddatda oyogini vertikal xolatda ushlab turib, so’ngra gorizontal xolatga — o’rniga qaytaradi. Immobilizastiya muddati 3-4 oy.
Joyiga tushmaydigan yopiq diafiz sinishlari jarroxlik usuli bilan davolanadi. Joyiga tushira olmaslikning asosiy sabablaridan biri suyak bo’lagi yoki yumshoqto’qimalar interpozistiyasi xisoblanadi, bundan tashqari, jarroxlik usuli ba’zi sabablarga ko’ra skelet tortma ko’ya olmaslik yoki gips bog’lamida ikkilamchi siljishning oldini olish mumkin bo’lmaganda qo’llaniladi.
Ikkala boldir suyaklari diafizidan singanda fakat katta boldir suyagi osteosintez qilinadi. Bunday sinishni davolash uchun travmatologiyada juda ko’p va x,ar xil fiksator va apparatlar mavjud.
Musta)usamlik hosil qilish darajasiga karab barkaror va repozi-stion osteosintez tafovug qilinadi.
Repozistion osteosintezga misol bo’lib suyak ilik kanaliga krzik kiritish >disoblanadi. Ammo kozik singan joydagi kanal devoriga tegib turmaydi. Shu sababli yon va rotastion siljish kuzatilishi mumkin. Repozistion osteosintez qilinganda siniq, sekinlik bilan bitadi, shuning uchun mustaxkam tashki immobilizastiyani talab qiladi.
Sinish bitgach, hosil bo’lgan suyak kadogi gipertro-fiyalangan bo’ladi.
Barkaror osteosintezda suyak bo’laklari mutlakr xarakatsiz-lantiriladi. Bunday paytda suyak birlamchi bitadi, intermediar qadoq, xosil bo’ladi va qisqa vakt talab kiladi. Agar barkaror osteosingez uchun qo’llanilgan vosita markam ushlab tursa, tashki immobiliza-stiyaga xrjat qolmaydi. Doimo barkaror osteosintez qilishga xarakat qilish zarur.
Fiksatorlar suyakka qotirilsa va yumshoq to’qimalar bilan yopilsa «botirilgan» deyiladi. Ular suyakdan ichiga yuborilsa - intramedullyar va tashqarisidan qotirilsa - ekstramedullyar deyiladi. Misol: krzik intramedullyar xisoblansa, plastina - ekstramedullyar xisoblanadi. Fiksatorlar bir vaktda xam shakllantirsa, ham suyak bo’laklarini yaqinlashtirsa, kompresslovchi deyiladi.
Katta boldir suyaganing osteosintezi uchun «botiradigan» intra-yoki ekstramedullyar fiksatorlardan foydalaniladi.
Agar ochiq usul bilan osteosintez qilinadigan bo’lsa, katta boldir suyagining kirrasi tashqarisidan yarimoysimon kesiladi va siniq. bo’laklari ochiladi.
Katta boldir suyagining yuqori va pastki qismida ko’ndalang sinish bo’lsa, ekstramedullyar osteosintez kompressiyalovchi plastinka bilan qilinadi. Ko’ndalang sinish katta boldir suyagining o’rta qismida joylashgan bo’lsa, krzik bilan intramedullyar osteosintez
qilish maqsadga muvofiq, hisoblanadi. Osteosintez uchun StITOning
KDLIChSIMON KOZIGI
qo’llaniladi. Kozik katta boldir suyagi g’adir-budurligining ichkarirogidan yuboriladi (200-rasm, a). Bunday osteosintez repozishon bo’lib >;am hisoblanadi. Kiyshik va burama sinishlarda burama mix yoki sim-lar yordamida osteosintez qilinadi. Doimo 2 ta burama mix yoki 2-3 o’ram sim ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |