O`zbekiston respublikasi o'rta maxsus ta'lim muassasalari harajatlarini moliyalashtirishni reja kirish


TA’LIMNI MOLIYALASHTIRISHNI TASHKIL ETISHNING AMALIY MEXANIZMI



Download 309,5 Kb.
bet9/11
Sana30.04.2022
Hajmi309,5 Kb.
#596391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI O\'RTA MAXSUS TA\'LIM MUASSASALARI HARAJATLARINI

3. TA’LIMNI MOLIYALASHTIRISHNI TASHKIL ETISHNING AMALIY MEXANIZMI.
Ta'lim tizimini moliyaviy-iqtisodiy boshqarish tizimining takomillashishi kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish borasida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ij`limoiy islohotlar bilan yonma-yon jarayon boiib, mazkur jarayonni jadallashtirish awalo, moliya-byudjet, investitsiya, ta'lim, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qoilab-quwatlash siyosatlariga bogTik.
Ta'lim tizimini moliyalashtirish va uning iqtisodiy asoslarini kengaytirishda moliyalashtirishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish talab qilinadi. Unga ko‘ra, moliyalashtirishdan ko‘proq manfaatdor tomonlar aniqlanadi. Davlat moliyalashtirishining sxemasi ishlab chiqiladi, moliyalashtirishdagi asosiy muammolar va uning kelib chiqish sabablari o‘rganiladi, sxemaning nomarkazlashtirish bilan bogiiq amal qilishidagi tavakkalchiliklarga baho beriladi, moliyalashtirish mexanizmi oldiga qo‘yiladigan talablar belgilanadi.
Davlat byudjetidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- mablag‘lami sarflashda tejamkorlik tartibiga rioya qilish, pul sarflarining eng kam bo‘lishiga intilish;
- byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, ya’ni faqat aniqlangan va oldindan asoslangan maqsadlarga ulami smeta moddalari o‘rtasida qayta taqsimlashlarsiz ishlatish;
- davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan yuqori tashkilotlar hamda moliya organlari tomonidan muntazam nazoratni olib borish.
Ma'lumki, respublikamizda davlat Byudjetining g‘azna ijrosi tizimi joriy etilgandan keyin barcha yuridik shaxs maqomiga ega boTgan Byudjet tashkilotlarini moliyaviy ta'minlash g‘aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladigan bo`ldi.
Markaziy G‘aznachilik tizimini tashkil qilishdan asosiy maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi jarayonida mablag‘lami samarali boshqarish, davlat buyurtmalarini va dasturlarini moliyalashtirishda tezkorlikni oshirish, byudjet daromadlari tushumini va davlat mablag‘lari maqsadli sarflanishini nazorat qilishda tezkorlikni ta'minlashdir.
Byudjet xarajatlari amalga oshirilishini boshqarishni mujassamlashtirish maqsadida quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
- Tegishli byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalaridan xarajatlaming ruxsat orqali amalga oshirilshi hamda ulaminng hajmi yillik ajratmalari va xarajatlami amalga oshirish ruxsati miqdoridan oshmasligi kerak.
- Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari tegishli ruxsat asosida amalga oshirilishi hamda byudjetdan tashqari daromadlar hajmi doirasida amalga oshiriladi.
- Maqsadli grantlar va davlat qarzlari hisobiga moliyalashtiriluvchi xarajatlar uchun xarajatlar tegishli ruxsat va amaldagi me'yor hamda qoTlanmalari asosida mavjud holda mablag`lar doirasida G‘aznachilik organlarining tegishli ruxsati asosida amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilaming xarajatlari toTovi moliya yili uchun ajratilgan byudjet mablag`lari doirasida tasdiqlangan xarajatlar smetalari, shuningdek g‘aznachilik tizimining amaldagi tartibiga muvofiq ro‘yxatga olingan, byudjetdan mablag‘ oluvchilaming maxsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari asosida:
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha - 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning hududiy bo Tinmalari tomonidan amalda belgilangan tartibda QoraqalpogTston Respublikasi byudjeti yoki mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy g‘aznachilik boTinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
G‘aznachilik tizimini joriy etilishi davlat byudjeti mablag`laridan samarali foydalanish maqsadida yur`limizda byudjet tizimi sohasida amalga oshirilgan eng ahamiyatli iqtisodiy islohotlardan hisoblanadi.
Bu tizimni joriy etish budjet daromadlaming to‘liq va o‘z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarni samarali boshqarish, kreditor to‘lov intizomini mustahkamlash hamda natijada debitor va kreditor qarzdorliklami keskin qisqartirish, davlat byudjeti jarayonini jahon andozalariga javob beradigan yangi sifat pog‘onasiga chiqarishga imkon beradi.
Respublikamizdagi barcha byudjet tashkilotlari g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan ochilagan shaxsiy hisobraqamlariga ega.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilarning byudjet mablag‘larining sarflanishi bo‘yicha operatsiyalaming hisobini yuritish maqsadida g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan Davlat byudjetining byudjet tasnifi bo‘limlari, boblari va paragraflari bo‘yicha quyidagilaming hisobini yuritish uchun shaxsiy hisobvaraqlar ochiladi:
-byudjetdan mablag‘ oluvchilarning o‘zini saqlash va markazlashgan tadbirlami amalga oshirish uchun xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan quyi tashkilotlar uchun ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-kapital qurilish ob'yektlari bo‘yicha xarajatlaming oylik yoyilmasida ko‘zda tutilgan tasdiqlangan (aniqlangan) rejali byudjet ajratmalari;
-zaxira jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lari;
-ro‘yxatga olingan yuridik majburiyatlari;
-byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan moliyaviy majburiyatlar summasi;
-xarajatlar to‘lovi ruxsatnomalari;
-byudjetdan mablag‘ oluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan kassa xarajatlari.
Byudjet tashkilotlari g‘aznachilik organlari tomonidan o‘zlari uchun ochilgan shaxsiy hisobvaraqlar orqali mol yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari bo‘yicha mablag‘lani to‘g‘ridan to‘g‘ri ularni hisobraqamlariga o‘tkazish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Bu bilan Byudjet tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari oldi olinadi hamda mablag‘larning aylanishi tezlashadi.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadilar, shuningdek shartnomalarga byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag‘lari doirasidagina qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadilar.
Byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuziladigan shartnomalar tegishli moliya organlarida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga tegishli raqamlar berilishi va ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi ko‘rsatilishi kerak.
Shartnomani hisobga olish moliya organi tomonidan byudjetdan mablag‘ oluvchi va yetkazib beruvchining nomi hamda rekvizitlari, shuningdek shartnoma summasi, uning raqamlari va tuzish sanasi, moliya organi tomonidan Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari 1-son ilovaga ko‘ra byudjetdan mablag‘ oluvchilar bilan yetkazib beruvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasi ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi.
Shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi moliya organiga shartnomaning bitta asl nusxasi va bitta ko‘chirma nusxasini taqdim etadi. Shartnomalarga mazkur Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari 2-son ilovaga binoan shaklda to‘lovlar jadvali ilova qilinishi kerak.
Moliya organi byudjetdan mablag‘ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim etilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida byudjetdan mablag‘ oluvchining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan tegishli rejali byudjet mablag‘lari mavjudligi masalasida shartnomada ko‘rsatilgan summani tekshiradi.
Bu tizim shunday xususiyatga egaki, unda to‘lovlarni amalga oshirish 3
bosqichda amalga oshiriladi. Bu har bir bosqich hamma jarayonlarda bir-birining ishlarini beixtiyor nazorat qiladi. Bu shuni anglatadiki, byudjet xarajatlarini o‘z vaqtida to‘liq moliyalashtirish va byudjet mablag‘larini ko‘r-ko‘rona suiste'mol qilinishini oldini oladi.
G‘aznachilikda to‘lovlarini amalga oshirish Byudjet mablag‘lari oluvchilarning yuridik majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish asosida moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi, deb tushiniladi.
Jahon amaliyotida ta’lim muassasalarini moliyalashtirishning mablag‘lardan samarali foydalanish va ta’lim sifatini oshirishni rag‘batlantiruvchi yangi yo‘llarini qidirib topish ta’lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi harakatlarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bu harakatlar ta’lim sohasidagi birinchi darajali vazifalarni hisobga olgan holda quyidagi tamoyillarni ta’minlashga qaratilgan:
- ta’limning hammabopligi (ham jismoniy, ham moliyaviy jihatdan);
- ta’lim sifati va natijalari;
- tenglik - bir xil ehtiyojli o‘quvchilar mablag‘lar bilan bir xil darajada ta’minlanadilar; muhtojroq o‘quvchilar ko‘proq mablag‘ oladilar;
- samaradorlik: tashqi samaradorlik - ta’lim tizimi jamiyatga ishchi kuchini tayyorlaydi, shundan kelib chiqqan holda bu sohaga qilinayotgan xarajatlarning samaradorligini hisobga olib mablag‘lar safarbar etiladi; ichki samaradorlik - eng kam xarajat qilib ko‘proq natijalarga erishish.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda haligacha ta'limni moliyalashtirish manbasi asosan, bandlikka ko‘maklashish jamgarmasi, xususiylashtirilgan korxonalardan tushgan mablag‘lar hamda davlat byudjetidan iborat bo‘lmoqda. Shu bilan birga moliyalashtirish tarkibida davlat byudjeti ulushi 78-95% gachani tashkil etmoqda. Demak, bugungi kunda byudjet mablag‘larini boshqarish ta'limni iqtisodiy boshqarishda ustuvor ahamiyatga ega.
Ta’lim tizimini moliyalashtirish usullari haqida gap borar ekan, u yoki bu usulni qo‘llashda har bir mamlakat o‘z ij`limoiy siyosatining ustuvorliklari, shuningdek, byudjet tizimining o‘ziga xosligi va ta’lim tizimini boshqarish
xususiyatlariga asoslanadi. Shunga qaramay, o‘tmishda mashhur bo‘lgan va hozirgi kunda maktab ta’limining ko‘plab tizimlarida amalda qo‘llanilayotgan ta’lim muassasalariga moliyaviy mablagiami ajratishning bir qancha yo‘llari va usullarini ta’kidlash mumkin: (9-rasm)
- o‘tgan davr ko‘rsatkichlari asosida moliyalashtirish, bunda muassasa byudjeti u moliyalashtiriladigan tegishli byudjet imkoniyatlaridan chiqib ketmagan holda o‘tgan moliyaviy yil xarajatlari darajasida (inflyatsiyani hisobga oluvchi ayrim tuzatishlar bilan) aniqlanadi va uning hajmi doirasida mablag‘ ajratiladi;
- alohida shartnomalar asosida moliyalashtirish (kelishuv bo‘yicha) - bunda har bir maktab davlatga o‘zining muayyan miqdordagi ajratmalarga ehtiyojini asoslab berishi lozim, agar maktabning mablag‘ ajratish bo‘yicha so‘rovi muayyan talablarga mos kelsa, davlatdan o‘ziga kerakli mablagiami olish imkoniyatiga ega boiadi;
- xarajatlarga asoslangan moliyalashtirish, bunda mablagiar maktablarga ular faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boigan xarajatlar, ya’ni bino va inshootlami saqlash, joriy remont, xodimlar mehnatiga haq toiash kabilarga sarflangan resurslar hajmi doirasida ajratiladi (“xarajatli” deb ataluvchi bu usul bugungi kunga qadar mamlakatdagi davlatga qarashli ij`limoiy soha muassasalarini byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida ustuvor darajada qoilanib kelinmoqda);
- formula asosida moliyalashtirish, bunda moliyaviy resurslar har bir maktab uchun belgilangan va to‘g‘ri qoilaniladigan mezonlar tizimiga muvofîq ajratiladi.
Moliyalashtirish formulasi:
- har bir maktabga ajratiladigan resurslar miqdorini;
- maktabga ajratiladigan resurslar miqdorini aniqlashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan omillami aniqlash imkonini beradi.
Ko‘plab mamlakatlarda, ayniqsa MDH mamlakatlarida (Armaniston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston) ta’lim muassasalariga moliyaviy mablag‘lar bir o‘quvchiga nisbatan (jon boshiga qarab) beriladi. Odatda, moliyalashtirish
formulasining asosini o‘zgaruvchilar tashkil qiladi, ular asosida quyidagilar uchun moliyaviy mablagiaming miqdori aniqlanadi va hisob-kitob qilinadi:
(1) о‘quvchilaming bazaviy ta’lim olishiga, bunda moliyalashtirish formulasi maktabning turli sinflari va turlarida o‘qitishmng turli qiymatlarini aks et`limvchi mos koeffitsientlami o‘z ichiga olishi mumkin;
(2) alohida o‘quvchilar tomonidan yoki alohida maktablarda fanlami chuqurroq o‘rganishga xarajatlami qoplash uchun;
(3) ta’limda past ij`limoiy-iqtisodiy maqom, tilni yaxshi bilmaslik, nogironlik, rivojlanishda ortda qolish bilan bogiiq o‘quvchilaming qo‘shimcha ehtiyojlarini qoplash uchun;
(4) maktab joylashgan yeri va hajmining turli jihatlari - maktab va u xizmat ko‘rsatadigan aholi punktining bir-biridan uzoqda joylashganligi, maktab xonalari va maktabga qarashli yer uchastkasi maydonining holati va boshqa fîzik jihatlari bilan bog'liq ehtiyojlarini qoplash uchun va boshqalar.
Moliyalashtirish formulasiga yuqorida sanab o'tilgan o'zgaruvchilarni kiritish resurslami barcha o‘quvchilar o‘rtasida teng taqsimlashga imkon beradi, ya’ni tenglik talablariga javob beradi. Biroq resurslami o'quvchilar soniga qarab taqsimlashning samaradorligini ta’minlash uchun muayyan ta’lim bosqichini (masalan, maktabgacha tarbiya, o’rta maxsus ta’lim) tanlash, uning uchun zarur resurslar hajmi va bu resurslar qiymatini tahlil qilish natijalaridan kelib chiqish lozim, aks holda sarflanadigan resurslar miqdori va ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablar o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qoladi.
Maktab ta’limida byudjet mablag‘larini taqsimlashning “pul o‘quvchining ortidan boradi”gan tamoyilga asoslangan jon boshiga qarab moliyalashtirishdan iborat muqobil mexanizmini tanlash quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan:
- ta’limga ajratilgan byudjetni taqsimlash jarayonining shaffofligi, ob’ektivligi va aniqligini oshirish, muassasa byudjetini tuzish va tasdiqlash jarayonlarida turli xil kelishuvlar, muvofiqlashtirishlarga ketadigan vaqtni kamaytirish;
- xarajatlar asosida moliyalashtirish tamoyilidan voz kechish;
- mahalliy darajada (masalan, tuman, shahar miqyosida) bu tizimning joriy etilishi maktab yoshidagi aholi sonining sekin-asta kamayib borishi natijasida maktablar tarmog‘ini qayta tarkiblash (restmkturizatsiya qilish) dasturi doirasida moliyaviy mablagdami maktablar o‘rtasida taqsimlash tizimini yaxshilashi mumkin;
- maktab darajasida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga (ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida), ota-onalar hamda Vasiylik
kengashlari oldidagi hisob berish tizimini yaxshilashga xizmat qiladi.
Eng oddiy shaklda o‘quvchi soniga ko‘ra moliyalashtirish usulida byudjet mablagiarining har bir muassasaga taqsimlanadigan aniq summasi faqatgina shu muassasadagi mavjud o‘quvchilar soniga bogiiq: har bir maktab har bir o‘quvchisi uchun bir xil summadagi mablag‘ni oladi. AmaIiyotda bu formula, odatda, maktabning joylashgan o‘mi, maktabning tipi kabi bir nechta omillami hisobga oluvchi koeffitsientlar asosida korrektirovka qilinadi. Ta`lim tizimlarida moliyalashtirish formulasi qoilanilayotgan mamlakatlarda formulani ishlatishda qaysi koeffitsientlami qoilash lozimligi va turli omillami hisobga olish uchun ular soni nechta boiishi kerakligi to‘g‘risida yagona yondoshuv mavjud emas. Masalan, Rossiyada moliyalashtirish formulasini qoilash amaliyotida quyidagi omillami hisobga oluvchi koeffitsientlar ishlatiladi31:
- maktablaming joylashgan o‘midagi farqlar (shahar va qishloq maktablari);
- maktablaming hajmlaridagi farqlar;
- ta’lim turidagi farqlar (kasb-hunar, umumta’lim, boshlangich va sh.k.);
- aqliy rivolanishda ortda qolgan bolalami o‘qitish maxsus dasturlarini amalga oshirish;
- salomatligi tufayli imkoniyati cheklangan bolalami uyda o‘qitish;
- alohida fanlami chuqurlashtirib o‘qitish dasturlarini amalga oshirish.
Garchi tuzatuvchi koeffitsientlami qoilash natijasida alohida olingan maktab oladigan mablagiar summasi o‘quvchilar sonidan tashqari, boshqa bir qator omillarga bogiiq boisada, har xolda, maktablar, hajmlari ob’ektivlik va shaffoflik tamoyillari asosida aniqlangan pul mablagiariga ega boiadilar. Lekin, formulani ishlab chiqishda shunga alohida e’tibor berish kerakki, formulada tuzatuvchi koeffitsientlar soni qancha ko‘p boisa, formula tushunish va qoilash uchun shuncha murakkablashadi, bu esa jon boshiga moliyalashtirish tamoyillariga ziddir.
Kuzatishlar ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlangan davlatlaming ij`limoiy- iqtisodiy yuksalishida ta’lim tizimi muhim roi o‘ynaydi. Shu sababli respublikamizda ham ta’lim sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda Bu jarayon “Ta’lim to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda “Ta`lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” jamg‘armasi hamda 0‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari “Ta`lim va sogTiqni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash” jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdor asosida olib borilmoqda.
2021-yilda maorif xarajatlari 15977,7 mlrd.so‘m bo`lib shundan 8886,6 mlrd.so‘mi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hissasiga to‘g‘ri kelgan5.
Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimidagi islohotlar uni moliyaviy ta’minlash mexanizmini ham takomillashtirish bilan uyg‘uMashgan holda amalga oshirilsagina kutilayotgan natijalami beradi. Masalaga shu nuqtai-nazardan qaraganda, so‘nggi yillar mobaynida 0‘zbekistonda ta’lim sohasiga davlat xarajatlari ulusM nafaqat MDH mamlakatlaridagidangina emas, balki ko‘pchilik rivojlangan davlatlaming ko‘rsatkicMaridan ham ancha yuqori va barqaror. Biroq, ta’limga yo‘naltirilayotgan mablag`lar Davlat byudjeti xarajatlarining deyarli uchdan bir qismini tashkil etayotganligiga qaramasdan, sohaning moddiy resurslarga boTgan ehtiyojini qondirish, ayniqsa, o‘quv materiallari, darsliklar, joriy va kapital ta’mirlash chiqimlarini qoplash uchun yetmayapti. Iqtisodiyotni erki almashshtirish va unda davlat ulusMni kamaytirishga qaratilgan islohotlar amalga oshrilayotgan bir paytda byudjet mablag`larining cheklanganligi moliya sohasi oldiga ta’limga ajratilayotgan davlat mablag`lari sarfîni maqbullashtirish va ulardan foydalanishning samarali yo‘llarini qidirib topish kabi vazifalarni qo‘ymoqda.
Mana shunday islohotlardan biri markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarini tashkil etishga qaratilgan qarorning ishlab chiqilishidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PQ-3231-sonli “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to'g‘risida”gi qaroriga asosan, ta’lim va tibbiyot muassasalarida byudjet jarayonining shaffofligini yanada oshirish va uning ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning bo'ysunuvidagi muassasalarda byudjet intizomini mustahkamlash borasidagi mas’uliyatini oshirish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari va xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo'li bilan byudjet qonunchiligini buzish holatlarining oldini olish va profilaktikasiga qaratilgan davlat moliyaviy nazoratining rolini tubdan qayta ko'rib chiqish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Hisob palatasi, O’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta’limi vazirligi tomonidan kiritilgan takliflar ma’qullansin va 2021 yilning 1 sentyabridan boshlab:
- bir vaqtda o'zlarining bo'ysunuvidagi quyi muassasalarda buxgalteriya xizmatlari tugatilib, o’rta maxsus ta’lim tuman (shahar) bo'limlarida va tibbiyot birlashmalarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari;
- O'zbekiston Respublikasi O’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasida — soni 3 shtat birligidan iborat ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasining O’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida, viloyatlar o’rta maxsus ta’lim, sog‘liqni saqlash, o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalarida hamda
Toshkent shahar O’rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmalari va O'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasida soni 1-4 shtat birligidan iborat ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etildi.
Tashkil etilayotgan xizmatlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanib qo'yildi:
a) markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining markazlashtirilgan tartibda quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishini, ish haqining hisoblanishi va to'lanishini, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishini ta’minlash, shuningdek, ularning faoliyati profîli bo'yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish;
b) respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishi holatlarining quyidagi yo'llar bilan profilaktikasini ta’minlash va ularning oldini olish:
- bo'ysunuvidagi muassasalarda xarajatlar smetasini rejalashtirish va uning ijrosi, byudjet hisobining yuritilishi, tender (tanlov) savdolarining o'tkazilishi va shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish;
- bo'ysunuvidagi muassasalar va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari rahbarlariga byudjet hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish, asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo'l qo'ymaslik, byudjet intizomini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan foydalanish, shu jumladan tovarlar, ish va xizmatlarni xarid qilish samaradorligini oshirish, shuningdek, markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlarining xodimlari tarkibini mustahkamlash masalalari bo'yicha tavsiyalar tayyorlash;
- qonunni buzish holatlarini, ularni sodir etishga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g‘risida quyi muassasalarga bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritish.
Byudjet tashkilotlariga faoliyat turi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobini yurituvchi buxgalterlar lavozimini joriy etishga ruxsat berildi.
Shuningdek, respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining shtat birliklari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalarida qisqartirilayotgan shtat birliklari hisobidan joriy etiladi; respublika darajasidagi hamda hududiy ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining xodimlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tegishincha O'zbekiston Respublikasi O’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining Orta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining birinchi rahbarlari buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi; respublika darajasidagi ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining rahbarlari ij`limoiy-maishiy va tibbiy xizmat ko'rsatish shart-sharoitlari bo'yicha tegishli vazirlik va idoralar boshqarma boshliqlariga, hududiy ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining rahbarlari esa bo'lim boshliqlariga tenglashtirildi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi etib qayta tashkil qilindi va uning qo'shimcha vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- byudjet tashkilotlarida byudjet mablag‘larini boshqarish va byudjet hisobini yuritish bo'yicha maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar vositasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring qilish;
- byudjet qonunchiligiga rioya etish bo'yicha byudjet tashkilotlari bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish;
- byudjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag‘lari va moddiy boyliklami talon-toroj qilish, kamomadlarga yo'l qo'yish, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish va byudjet qonunchiligini boshqacha tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ulami sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo'yicha aniq chora-tadbirlami ishlab chiqish;
- masofaviy nazoratni keng ko'lamda qo'llash, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish ob’ektlari va maqsadlarini aniqlash yo'li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda byudjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish.
Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimidagi islohotlar uni moliyaviy ta’minlash mexanizmini ham takomillashtirish bilan uyg‘unlashgan holda amalga oshirilsagina kutilayotgan natijalami beradi. MasaIaga shu nuqtai-nazardan qaraganda, so‘nggi yillar mobaynida 0‘zbekistonda ta’lim sohasiga davlat xarajatlari ulushi nafaqat MDH mamlakatlaridagidangina emas, balki ko‘pchilik rivojlangan davlatlaming ko‘rsatkichlaridan ham ancha yuqori va barqaror. XULOSA
Kurs ishini bajarish jarayonida ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi, xususan, xalq ta'limi tizimini moliyalashtirishni yanada takomillashtirish borasida o‘zlashtirilgan natijalarga asoslanib quyidagi xulosalar chiqarildi:
Xalq ta'limi tizimini moliyalashtirish takomillashtirilsh uzluksiz va davomiy jarayondir. Shu bois, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatning huquqiy-me’yoriy asoslarini zamon va istiqbol talablariga muvofiq yangilab borish zarur. Xususan, sohadagi yangilanish, moddiy-texnik bazani boyitib borish, uslubiy ta’minotni yanada yaxshilash, pedagoglar faoliyatini rag‘batlantirish o‘z navbatida, shunga mos ravishda moliyalashtirishni taqozo etmoqda.
Xalq ta'limi tizimini moliyalashtirish takomillashtirilshda rivojlangan mamlakatlarning bu boradagi tajribalari O‘zbekistonda ham ommalashtirilganligi kuzatildi.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal qilish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy omili - jami ishchi kuchining to‘liq safarbar etilishi va faolligi ta’minlanishi zarur. Bunda millatning ma’naviy va madaniy rivojini, intellektual salohiyatini yuksaltirish omili sifatida qaralayotgan ta’limning ahamiyati beqiyos.
Byudjet tashkilotlariga xarajatlarni belgilashda bir o‘quvchiga mablag‘lar taqsimlash usuli ishlatilmas ekan, uning iqtisodiy funksiyalari (xarajatlarni maqbulllashtirish va ularni real tejashga rag‘bat, ta’lim sifatini oshirish orqali muassasaga ko‘proq o‘quvchilarni jalb etish va shu yo‘l bilan ular o‘rtasida raqobat muhitini yaratish) ishlamaydi.
Xullas, yangi, zamonaviy iqtisodiy rag‘abatlantirish omillarini qo‘llab- quvvatlaydigan va ij`limoiy adolat tamoyillariga rioya etuvchi mexanizmning tatbiq etilishi ta’lim muassasalarida mablag‘lar yuqori samara bilan ishlatiladi

.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI





Download 309,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish