Ozbekiston respublikasi oliy va



Download 0,95 Mb.
bet31/39
Sana03.07.2022
Hajmi0,95 Mb.
#734771
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Ozbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi

Ishning borishi. Tajriba. 100 ml hajmli toza, quruq kolbaga 50 ml 0,2 N xlorid kislota ertimasi quyiladi va uni termostatga (t=20) joylashtiriladi. Kolba qo’zg’almasligi uchun temir shtativga mahkamlanadi. Eritma termostat temperaturasini olganda (10-15 min), unga 5 ml etilatsetat quyiladi va eritmani aralashtirib, darhol pipetka bilan reaksion aralashmadan 2 ml olinadi; etilatsetat qo’shish vaqtini reaksiyaning boshlanishi deb qabul qilinadi. Qolgan aralashmali kolbani tajriba davomida efir bug’lanib ketmasligi uchun tiqin bilan zich mahkamlanadi va tajriba oxirigacha termostatdan chiqarib olinmaydi.
Etilatsetat sovunlanish reaksiyasini tormozlash uchun olingan namunani pipetkadan 40-50 ml sovuk suvi bo’lgan (0 dan 2C gacha) boshqa kolbaga quyiladi. Sovuk suv oldindan tayyorlangan bo’lishi kerak. Buning uchun Erlenmeyer kolbasiga 40-50 ml distillangan suvdan olib, namuna olishdan 15-20 min oldin muzli idishga solib qo’yiladi. So’ngra namuna 10-15 sek davomida yo’qolmaydigan qizil-pushti rang hosil bo’lguncha fenolftalein ishtirokida o’yuvchi natriy eritmasi bilan tirlanadi. Agar qandaydir sabab bilan titrlashni namuna sovuq suvga qo’yilgandan so’ng darhol bajarib bo’lmasa, unda namunali kolbani muzli idish ichiga qo’yib turiladi. Birinchi namunani titrlashga sarflangan NaOH eritmasining millilitr miqdori bilan ertimadagi xlorid kislota konsentratsiyasini aniq topish mumkin.
Keyingi namunalarni, masalan, 15, 30, 50, 80 va 120 minutdan keyin, ya’ni xlorid kislota bo’lgan kolbaga efir quyilgandan so’ng kolbani termostatdan chiqarmasdan, pipetka bilan yana namuna olinadi va yuqorida ko’rsatilganidek titrlanadi. Namunani sovuq suvga quyilish vaqti aniq belgilanadi va u namuna olish vaqti deb olinadi. Chunki namuna sovutilganda reaksiya to’xtab qoladi, deb hisoblash mumkin va shunga ko’ra, titrlashda topilgan moddaning konsentratsiyasi namuna olingan vaqtdagi uning reaksion idishdagi konsentratsiyasiga to’g’ri keladi. Reaksiya borish jarayonida efirning sovunlanishidan hosil bo’ladigan sirka kislota miqdorini aniqlash uchun xlorid kislotani neytrallashga darrov oldingi titrlashga ketgan miqdorda NaOH eritmasi qo’shiladi, so’ngra esa asta-sekin titrlash oxiriga etkaziladi.
Etilatsetatning dastlabki konsentratsiyasini aniqlash uchun efirning sovunlanishi yakunlangandan so’ng reaksiya oxirida olingan namunadagi sirka kislotani tirlash kerak. Bunda qo’shimcha miqdordagi suv ta’sirida muvozanat juda tezlik bilan o’ngga siljishini va sovunlanish reaksiyasi oxirigacha borishini hisobga olish kerak.
Xona sharoitida reaksiya 24 soatdan so’ng tugaydi. Shunga ko’ra, oxirgi namunani olish uchun reaksion aralashmali kolbani termostatdan olinadi va keyingi kun eritmaning 2 ml ini titrlash kerak. Lekin sovunlanish reaksiyasini tezlashtirish mumkin. Buning uchun kolbaning og’zini teskari sovutgich o’rnatilgan tiqin bilan mahkamlab, 30 min davomida 70-80C gacha suv hammomida isitish kerak. Reaksion aralashmadan efir uchib ketmasligi uchun suyuqlik bug’lari sovutgichning pastki qismida kondensatlanishini tekshirib turish lozim. Eritma sovutilgandan so’ng 2 ml namuna olib titrlanadi.
Xuddi shunday qilib tajriba 30 va 40C temperaturalarda o’tkaziladi. 30C da bajariladigan tajribani 30-50 minutdan so’ng, 40C da boradigan tajribani (20C da boshlangan tajribadan keyin) esa, 80-100 minutdan so’ng boshlanadi. Temperatura ko’tarilganda reaksiya tezligi ortishi hisobiga alohida olinadigan namunalar orasidagi vaqtni qisqartirish mumkin.
Har bir namuna analizidan olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:

Namuna №

Namuna olish vaqti

Reaksiya boshlanganidan keyingi vaqt, min

Titrlashga sarflangan NaOH hajmi, ml

Tezlik konstantasi, K


















Hisoblashlar. Har xil vaqt momentidagi reaksiyaning tezlik konstantasini hisoblash uchun (7) tenglamadan foydalaniladi va so’ngra K ning o’rtacha qiymati topiladi. Shunga o’xshash hisoblashlarni K uchun har bir temperaturada qilib ko’riladi. Reaksiyaning o’rtacha tezlik konstantasini grafik usulda aniqlash mumkin. Buning uchun (7) tenglama quyidagicha yoziladi:

Keyin grafik holda lg(b-bt) ning vaqtga bog’liqligi ko’rsatiladi. Bu kattaliklarni ordinatalar o’qiga, vaqtni esa abssissalar o’qiga qo’yiladi. K/2,303 to’gi burchakka yondosh burchak tangensiga teng bo’lib, bundan K = 2,303 tg a kelib chiqadi. tg a burchak qarshisidagi katetning yon katetga nisbatiga teng.
O’rtacha qiymatdan foydalanib, har xil temperaturadagi reaksiyaning tezlik konstantasidan reaksiyaning temperature koeffitsiyenti va aktivlanish energiyasini (4) va (6) formulalar yordamida hisoblash mumkin. Har bir kattalik uchun 2 ta qiymat hisoblanadi va so’ngra ulardan o’rtachasi topiladi.

Tajriba harorati

Tezlik konstantasi, Ko’rt

Temperatura koeffitsiyenti, 

Aktivlanish energiyasi, E













o’rt

Eo’rt



Ishning hisoboti: 1. 20, 30, 40C temperaturalarda olingan reaksiyaning tezlik konstantalarini taqqoslash. 2. Tezlik konstantasi (K) o’zgarishining temperaturaga bog’liqligini belgilash. 3. 30-40C dagi reaksiya tezlik konstantasidan foydalanib, aktivlanish energiyasini hisoblash. 4. 20 dan 30 va 30 dan 40C gacha bo’lgan temperatura oralig’idagi temperatura koeffitsiyentini hisoblash. 5. Temperatura koeffitsiyenti -  ning o’rtacha qiymatini topish.



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish