Dasturning maqsadi
|
«Pazandachilik texnologiyasi asoslari» fani «Oshpaz» kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu fanning asosiy maqsadi pazandachilik fani sifatli pazandachilik mahsulotlari tayyorlash texnologik jarayonlarini o‘rgatadi. Davlat standartiga ko‘ra pazandalik mahsulotlarining sifati uning ishlov berishga va ovqat sifatida istemol qilishga yaroqligini, istemolchining salomatligi uchun xavfsiz, mazali taom tayyorlash o‘rgatishdan iborat. Shuningdek dastur pazandachilik mahsulotlarini tayyorlashda texnologik jihozlar va asbob uskunalarni hozirlash. Texnologik jarayoniga ish o‘rnini tayyorlash; Pazandachilik xom-ashyo mahsulotlariga dastlabki ishlov berish va ulardan yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlay oladigan kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish. Taom tayyorlashda texnologik yo’riqnomalar va ma’lumotnoma hujjatlardan to’g‘ri foydalana olish;Pazandachilik taomlarini tayyorlash , tarqatish va xizmat ko’rsatish haqidagi bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Yo‘riqnomalar va xom-ashyo hisobiga asoslanib yarim tayyor mahsulotlar tayyorlashda xom-ashyolarni, texnologik jihozlar va asbob-uskunalarni, ish joyini jarayonga tayyorlaydilar. Sabzavotlarni oddiy va murakkab usulda to‘grashni, baliq va nobaliq mahsulotlariga dastlabki ishlov berishni, mol, qo‘y va cho‘chqa go‘shtlarini nimtalashni va ulardan yarim tayyor mah sulotlarni tayyorlashni.Shuningdek parranda, ilvasin go‘shtlaridan yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlashni mustaqil bajaradilar. Xushxo‘r , sutli, pyuresimon, donli va makaronli suyuq taomlar
uchun qaynatmalarni tayyorlay oladilar va texnologik jarayonda sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishni ta’minlaydilar.
|
Bilimlar
|
-Pazandachilik texnologiyasi asoslarini, sabzavot mahsulot lari turlari va ularga dastlabki ishlov berish bosqichlari va yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasini;
-Baliq va dengiz mahsulotlari turlari va ularga dastlabki ishlov berish bosqichlari va yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasini;
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari turlari va ularga dastlabki ishlov berish bosqichlari va yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasini;
Parranda go‘shti va quyon go‘sht mahsulotlari turlari va ularga dastlabki ishlov berish bosqichlari va yarim tayyor mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasini;
-Issiqliq ishlov turlarini;
-Qaynatmalarni turlari va tayyorlash texnologiyasini;
|
Ko‘nikmalar
|
Internet tarmog‘ida kasbiy faoliyatiga doir axborot va ma’lumotlarni maqsadli qidirish va ulardan foydalanishni; Berilgan topshiriqqa muvofiq, talab darajasida taomlarni texnologik bosqichlarini bilishni;
Sabzavotlarga, baliq va dengiz mahsulotlariga, go‘sht va go‘sht
|
|
mahsulotlariga, parranda go‘shti va quyon go‘sht mahsulotlarini
taom me’yornomasi asosida, xom-ashyo va mahsulotlarni qabul qilish, ularga dastlabki birlamchi ishlov berish va ulardan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash, hamda taomni tayyorlash jarayonida ishtirok etish, aniqlangan kamchiliklarini qayd qilish va ularni bartaraf etishni;Qaynatmalar tayyorlashni;Texnologik hisob-kitob hujjatlaridan foydalanishni;Texnologik yo’riqnomalardan foydalanish ko’nikmalari shakllanadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |