§4. Aqli zaiflik darajalari
Yengil darajadagi aqli zaiflikning namoyon bo‘lishi.
Engil darajadagi aqli zaif bolalar maxsus dastur bo‘yicha ta’lim olishlari mumkin. Bu dastur bolalarga matematika, yozuv, o‘qish va boshqa predmetlarni ancha oson o‘zlashtirishga yordam beradi. Keyinchalik ular kasbiy ko‘nikmaga ega bo‘lib, ishlab chiqarishda mustaqil mehnat qila oladi.
Engil darajadagi aqli zaif bolalar nutqiy ko‘nikmalarini inn sonlar bilan muloqotlarga sarflaydilar, lekin ularning nutqida fonematik buzilishlar, duduqlanish, so‘z boyligining kamligi, so‘zlarni yaxshi tushunib etmaslik, ishlatayotgan so‘zlarni aniq bilmaslik kabi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi. So‘z muu loqot sifatida qo‘llanilmaydi. Faol so‘z boyligi takrorlanadigan so‘zlarga to‘la. So‘z birikmalari grammatik me’yorlardan yiroq, sifat, bog‘lovchilar ishlatilmaydi. So‘zlari bir bo‘g‘inli, uzuqq yuluq holda fikrni ifoda etishda qiynaladilar. Bir xil hollarda umumiy nutqiy etishmovchiliklar uchraydi.
Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, sezgi organlarining zaiflashuvi, atrof-muhitga bo‘lgan moslashishga xalaqit beradi.
Qabul qilishning yaxshi rivojlanmaganligi aqli zaif bolaa ning atrof-muhit va o‘zi haqidagi aniq fikrga kela olmasligini bildiradi.
Ranglarning o‘xshashligi, predmetlarning o‘zaro farqlanishi, hajmlar noaniq tasavvurga olinadi va analiz, sintez jarayonida xalaqit beradi. Diqqat-e’tibor noaniq, qattiq talab qilingan holl da jalb qilish, tez toliqish, chalg‘ishga olib keladi. Bu aqli zaif bolaga katta qiyinchiliklar tug‘dirib, nafaqat maktab dasturi, hattoki o‘zini boshqarishda ham murakkabliklarni tug‘diradi.
Xotira zaifligi, eslash qobiliyatining sustligi, tez yoddan chiqarishi, qaytarishning noaniqligiga olib keladi. Shu bilan birga, mexanik xotira yaxshi saqlanadi. Hislari to‘la diffrensii yalanmagan. Ular atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga moyil emas. Ular sekingina kulib qo‘yish lozim bo‘lganda, xoholab kulal dilar. O‘zlarining qahr-g‘azablarini esa, berkita olmaydilar.
16
17
ning vazifasi – bu turli xil pedagogik usullarning bolaga ta’sirini sinab ko‘rish va uning effektivlik (samara) darajasini aniqlashdir.
Aqli zaif bolani o‘rganishda bolaning rivojlanish tarixini o‘rganish juda katta ahamiyatga ega. Bu metod MNS ning jarohatlanish vaqtini va sabablarini aniqlashga hamda bolaning qanday sharoitda o‘sganligi va tarbiyalanganligi, bu sharoitt lar bolaning rivojlanishiga qanday ta’sir etganligini aniqlashga yordam beradi.
Bola faoliyatini o‘rganish ham muhimdir. Bunga qurishh yasash, rasm chizish, yopishtirish, o‘yin faoliyatlarini kiritt ish mumkin. Bu metod orqali biz faqatgina bola psixikasini aniqlab qolmasdan, balki aqli zaif bolaning rivojlanishini u yoki bu o‘qitish va tarbiyalash usullarida qanday aks ettirill ishini ko‘rishimiz mumkin.
Suhbat metodidan maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolaa larni o‘rganishda ularning nutqi rivojlanmay qolganligi saa babli etarlisha foydalanish imkoniyati chegaralangan. Ammo maktabgacha oligofrenopedagogika ushbu metod yordamida korreksion – tarbiyaviy jarayonning samaraliligi haqida zarur ma’lumotlarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |