Kuzatish metodi – bu metod pedagogik jarayon va uning natijalarini o‘rganishda passiv hisoblanadi. Bu metod tabiiy sharoitda olib boriladi. Pedagogik tajribalarni umumlashtii rishga va o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Kuzatishni o‘tkazish oldindan aniq rejalashtirilgan bo‘lishi, hamda uning maqsadi, ob’ekti, aniq vaqti belgilangan bo‘lishi lozim.
Eksperiment – bu tekshirishning aktiv metodi hisoblanadi. Bunda eksperimentator uchun kerakli sharoitlarning hammasi yaratib berilishi jozim. Pedagogik fanda eksperiment metodi-
14
15
bolaning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga egg adir. Fikrimizga aniqlik kiritish uchun bolalar yoshi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Bolalarning yoshi uch davrga bo‘linadi.
1-davr. Go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiradi.
2-davr. Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiradi.
3-davr. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar kirib, bu davr maktabgacha davr hisoblanadi.
Maktabgacha yoshda bolaning jismoniy, aqliy va axloqiy rivojlanishida muhim o‘zgarishlar yuz beradi.
Agarda bu davrda bolaning rivojlanishiga yaxshi ahamiyat berilmasa yoki uning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan manbalarr dan etarlicha foydalanilmasa, buning natijasida kelib chiqqan boladagi kamchiliklarni bartaraf etish juda qiyin bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya nazariyasining rivojlanishida rus olimm lari E.A.Arkin, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leont’ev kabi pedagoglar muhim rol o‘ynaganlar. Ularning ko‘rsatishlaricha, bolaning rivojlanishida o‘qitish va tarbiyalash hal qiluvshi omil hisoblanadi.
Bolaning rivojlanishi bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boss qichlardan o‘tadi. Bu bosqichlar kishining yoshi va hayot mazmuni bilan bog‘liqdir. Har bir bosqichda kishining bir rivojll anish sikli tugallanadi va uning natijasi ko‘rinadi. Bu natija boo laning bundan keyingi kamoloti uchun qulay sharoit yaratadi.
Masalan, ilk yoshda bola turli harakatlar qila biladi, so‘zlay oladi, bu esa uning o‘sishi natijasidir. Shu bilan birga, uning maktabgacha tarbiya yoshida muvaffaqiyat bilan o‘sib borishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Bolaning tevarak-atrofdagi kishilar bilan munosabatda bo‘lishi, bilim va tajribalarni egallashi, tevarak-atrofdagi narsaa larga bo‘lgan munosabatining o‘zgarishi uning ulg‘ayishini bell gilab beruvshi asosiy omillardir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning insoniyat to‘plagan boyliklarni o‘zlashtirib olishi ularda qobiliyatlarning rivojla-
Do'stlaringiz bilan baham: |