O‘zbekiston respublikasi oliy va


Tirik baliqlar sifat ekspertizasini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Tirik baliqlar sifat ekspertizasini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari 
 
 
Saqlanish muddatiga qaramasdan tirik baliqlar navlarga bo‘linmasada har xil 
sifatga ega bo‘lishi mumkin. SHartli ravishda tirik baliqlarni sifat ko‘rsatkichlariga 
qarab  uch  guruhga  bo‘lish  mumkin:  tiyrak  baliqlar,  kuchsiz  va  juda  kuchsiz 
baliqlar. 
 
Tirik baliq semiz, teri qatlami toza, tangachalari tabiiy rangini yo‘qotmagan, 
tiyrak,  jabra  qopqoqlarining  ko‘tarilib-tushishi  bir  xil,  suzgich  qanotlari 
harakatlanuvchan,  mexanik  jarohatlanmagan,  kasallik  alomatlari  ham  bo‘lmasligi 
kerak.  Suvdan  olinayotgan  baliq  qattiq  tipirchilaydi.  Sog‘lom,  tiyrak  baliqlar 
akvariumning tagida suzib yuradi. 
Kuchsiz  baliqlar  tanasining  rangi  o‘chgan,  suzgich  qanotlarining  hara-kati 
juda sekin, suvning yuzasida suzib yuradi, ularni qo‘l bilan oson tu-tish mumkin. 
Bunday  baliqlarning  normal  fiziologik  holati  kasalligi  yoki  kislorod  etishmasligi 
tufayli  buzilgan  bo‘ladi.  Bunday  baliqlarni  akvariumlarda  qoldirish  maqsadga 
muvofiq  emas.  Bu  baliqlar  akvarium-lardan  olinib  yaxshilab  nazoratdan 
o‘tkazilishi  kerak.  Agar  tanasining  sirtida  va  oyqulog‘ida  (jabrasida)  sezilarli 
o‘zgarishlar va parazitlar bo‘lmasa darhol sotilishiga, sovutilishi yoki muzlatilishga 
tavsiya etiladi. 
Juda  kuchsiz  baliqlar  deyarlik  tabiiy  rangini  yo‘qotgan  bo‘ladi,  ko‘pchilik 
hollarda  rangi  oqaradi.  Bu  baliqlarning  harakatlanish  koordinatsiyasi  buzilgan 
bo‘lib, ular suvning tagida yotadi yoki qornini osmonga qilib zo‘rg‘a suzib yuradi. 
Juda  kuchsiz  baliqlarni  darhol  akvariumdan  olinib  nazoratdan  o‘tkazish 
kerak.  Agar  baliq  tanasida  parazitlar,  shishlar,  yaralar  va  boshqa  o‘zgarishlar 
bo‘lmasa  tezda  sotilishi  tavsiya  etiladi.Agar  baliqda  yuqorida  keltirilgan  belgilar 
mavjud  bo‘lsa,  unda  iste’molchilarga  ssotilmaydi  va  magazinlarda  ham  bunday 
baliqlar qabul qilinmasligi kerak. 


 
141 
Kuchsiz va juda kuchsiz baliqlar sifati bo‘yicha tiyrak baliqlardan juda past 
turadi. 
Baliqlar  ham  ba’zi  kasalliklar  bilan  kasallanishi  mumkin.  Ularning  ba’zi 
birlari  insonga  ham  yuqishi  mumkin.  Ko‘pchilik  hollarda  baliqlarning 
kasalliklarini parazitlar keltirib chiqaradi. 
Bakteriyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga krasnuxa kasalligini keltirish 
mumkin.  Bunda  baliq  tanasi  qizarib  yara  hosil  qiladi.  Ba’zan  tangachalari  tushib 
ketib,  baliq  tanasida  qora  dog‘  paydo  qiladi.  SHuningdek,  baliqlarda  mog‘or 
bakteriyalari keltirib chiqaradigan kasalliklar ham  bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklar 
baliqlarga  iflos  suvli  havzalardan  yuqadi,  chunki  ana  shu  suvlarda  kasallik 
chaqiruvchi bakteriyalar va mikroorganizmlar bo‘ladi.  
Krasnuxa  va  mog‘or  bakteriyalari  bilan  kasallangan  baliqlar  iste’mol 
qilishga tavsiya etilmaydi. 
Ko‘pchilik  hollarda  kasallangan  va  mikroorganizmlar  bilan  zararlangan 
baliqlar inson hayotiga xavf tug‘dirmaydi, chunki yaxshilab qaynatish va qovurish 
jarayonida ularning hammasi qirilib bitadi. 
Baliqlarni tuzlash, dudlash, qoqlash va sirkalash ham aynan shunday samara 
beradi.  Lekin  kasallangan,  parazitlari  yaqqol  ko‘rinib  turgan  baliqlarni 
iste’molchilarning  tabiati  tortmaydi.  SHu  sababli  ham  bunday  baliqlarni  sotish 
tavsiya etilmaydi. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish