O‘zbekiston respublikasi oliy va


Issiq  dudlangan  baliqlarning  sifatiga  talablar



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Issiq  dudlangan  baliqlarning  sifatiga  talablar.  Issiq  dudlash  uchun  yagi 
va  muzlatilgan  baliqlar  ishlatiladi.  YUqori  sifatli  dudlangan  baliq  olish  uchun 
yog‘li va o‘rtacha yog‘lilikdagi baliqlardan foydalaniladi. Lekin, juda ham seryog‘ 
baliqlardan  foydalanilsa,  baliqning  ma’lum  bir  miqdordagi  yog‘ini  yo‘qotishi 
hisobiga  baliq sirtida  tayyor  mahsulotning  tovarlik xususiyatini  pasaytirishga olib 
keluvchi dog‘lar hosil bo‘ladi. 
Eng  yuqori  sifatli  tovarlar  osetra  (sevryuga,  osetra,  beluga),  lasos  (kilka, 
salaka), treska va boshqa tur okeanda yashovchi baliqlardan olinadi. 
Issiq  dudlangan  osetra  oilasiga  kiruvchi  baliqlar  sifat  ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha  navlarga  bo‘linadi.  Issiq  dudlangan  boshqa  tur  baliqlar  esa  sifat 
ko‘rsatkichlari  bo‘yicha  navlarga  bo‘linmaydi.  Issiq  dudlangan  baliqlarning  sifat 
ko‘rsatkichlari 7447-72 (GOST 7447-72) nomerli Davlat standarti talablari asosida 
aniqlanadi. 
Issiq dullangan baliqlarning sifatini aniqlashda ham ularning organoleptik va 
fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor beriladi. 
Birinchi  nav  osetra  baliqlari  tanasining  sirti  toza,  go‘shti  yaxshi  pishgan, 
konsistensiyasi  zich,  shilvirab  qolmagan,  hidi  va  ta’mi  esa  yoqimli,  begona 
hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi kerak. Bu navga kiruvchi baliqlarning terisi ozroq 
jarohatlangan  bo‘lishiga  yo‘l  qo‘yiladi.  Bu  nav  baliqlarda  tuz  miqdori  2-3  %  ni 
tashkil etadi. 
Issiqdudlangan  baliqlarning  ikkinchi  navi  esa  har  xil  semizlikda  bo‘lishi 
mumkin.  Bu  navlarning  terisi  sal  burishgan,  sirti  namlangan,  konsistensiyasi  esa 
bir oz quruq bo‘lishiga ruxsat etiladi. Bu nav baliqlarda kam darajada yog‘ga xos 
ta’m  bo‘lishiga  ham  yo‘l  qo‘yiladi.  Issiq  dudlangan  baliqlarning  ikkinchi  navida 
tuz miqdori 4% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi.  
Navlarga  ajratilmaydigan  issiq  dudlangan  baliqlarning  yuzasi  toza,  nam 
bo‘lmagan holatda, rangi esa ochiq-tillasimon rangdan to‘q-qo‘ng‘irgacha bo‘ladi. 
Bu  tur  baliqlarning  tanasining    sirtida  ozroq  darajada  yog‘  dog‘lari  va  mexanik 
jarohatlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Baliq yaxshi pishgan, go‘shti suyagidan yaxshi 
ajratiladigan, konsistensiyasi esa zich, ozroq uqalanuvchan bo‘lishi kerak. Ularda 
begona  ta’m  va  hidlar  bo‘lishiga  ruxsat  etilmaydi.  Ko‘pchilik  hollarda  bu 
baliqlarda tuz miqdori 1,5-3,0% ni tashkil etadi. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish