O‘zbekiston respublikasi oliy va


-BO‘LIM. BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARINING SIFAT



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

9-BO‘LIM. BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARINING SIFAT 
EKSPERTIZASI 
 
Baliq  –  suvda  jabralari  orqali  nafas  oladigan,  hayot  kechiradigan  va 
riaojlanadigan umurtqali suv jonivori hisoblanadi. 
Baliq va uni qayta ishlab olinadigan mahsulotlar to‘la qiymatli oqsil manbai 
hisoblanib, shifobaxshlik va parhezlik xususiyatiga ega ekanligi bilan qadrlanadi. 
O‘zbekistonda 
qadimdan  baliqchilik  bilan  shug‘ullanib  kelingan. 
Respublikaning daryo va ko‘llarida 60 dan ortiq baliq turlari yashaydi. SHulardan 
eng  ahamiyatlilari  zog‘ora,  do‘ngpeshona,  sudak,  oqcha  (leshch),  tobonbaliq, 
cho‘rtan  baliq,  ilonbosh,  qizilko‘z  (vobla)  baliq  turlari  hisoblanadi.  Avvallari 
baliqlar  asosan  Orol  dengizi,  dengiz  yaqinidagi  ko‘llar,  Sirdaryo  hamda 
Amudaryodan ovlanar edi. So‘nggi yillarda bir qancha yirik baliqchilik xo‘jaliklari 
tashkil  etilishi  va  baliqlarni  sun’iy  urchitish  yo‘lga  qo‘yilishi  natijasida 
respublikamizda baliq etishtirish barqaror tus oldi. 
Hozirgi  kunda  respublikamizda  «O‘zbaliq»  korporatsiyasi  tashkil  etilib, bu 
korporatsiya tizimida bir necha baliqchilik birlashmalari, kombinatlari, baliqchilik 
xo‘jaliklari,  Ixtiopotologiya  markazi  va  ulgurji  savdo  omborxonalari  faoliyat 
ko‘rsatmoqda.  Respublikamizda  baliqchilikni  rivojlantirishda  «O‘zbaliq» 
korporatsiyasining «Suv havzalari jonivorlarini o‘rganish» instituti katta ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Baliqlarning  tana  tuzilishi.  baliq  asosan  bosh,  tana,  dum  qismmva  suzgich 
qanotlardan  tashkil  topadi.  baliqlarda  bu  qismlarning  shakllari  va  o‘lchamlari 
(massasi) har xid bo‘lib, baliqlarning yashash sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Baliq  tanasi  tashqi  qismdan  teri  bilan  himoyalangan  bo‘lib,    ter  xujayralari 
pigmentlari  baliqqa  ma’lum  rang  beradi.  Teri  sirtida  shilimshiq  modda  ishlab 
chiqaradigan  xujayralar  bo‘ladi.  Ana  shu  shilimshiq  moddalar  baliqning  suvda 
suzishini  osonlashtiradi,  baliqni  tashqi  muhit  va  mikroorganizmlar  ta’siridan 
himoya qiladi. 
Ko‘pchilik  baliqlar  terisi  tashqi  tomondan  yupqa  plastinkachalar  holidan 
tangachalar  bilan  qoplangan  bo‘ladi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  tangachalar  qatlami  ham 
ko‘payib boradiva ba’zi hollarda shu qatlamlarning qalinligi baliq yoshidan dalolat 
beradi. 
Baliq  tanasi  skeletlari  tag‘aylardan  (osetra  baliqlari  oilasi)  va  suyaklardan 
tashkil topadi.  Ko‘pchilik  baliqlarning skeletlari suyaklardan tashkil  topadi. baliq 
tanasida qancha kam bo‘lsa, ularning ozuqaviy qiymati shuncha yuqori bo‘ladi. 
Baliqlarning  suzgich  qanotlari  juft  va  toq  bo‘ladi.  Ularning  ko‘krak,  qorin 
suzgich  qanotlari  juft,  bel,  chiqaruv  organi  va  dum  suzgich  qanotlari  esa  toq 
bo‘ladi. Suzgich qanotlarining tuzilishi, soni va ularning qanday joylashganligiga 
qarab  baliqning  qaysi  xilga  va  baliq  oilasiga  mansubligini  aniqlash  mumkin. 
Baliqning bel va chiqaruv organi suzgich qanotlari uning muvozanatini saqlashga, 
ko‘krak, qorin qismida joylashgan suzgich qanotlari baliq harakatini o‘zgartirishga 
yordam bersa, dum suzgich qanotlari esa oldinga harakat qlishga yordam beradi. 


 
139 
Baliqlarning  nafas  olish  organi  jabralari  hisoblanib,  ular  baliqning  bosh 
qismining  ikki  yon  tarafida  joylashgan  bo‘ladi.  Baliqlar  ana  shu  jabralari 
yordamida suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. 
Baliqlarning  iste’mol  qilinadigan  va  iste’mol  qilinmaydigan  qismlarining 
nisbati  baliqlarning  turiga,  jinsiga,  katta-kichikligi  v  semizligiga  qarab  har  xil 
bo‘ladi.  Baliqlarni  sanoat  miqyosida  qayta  ishlaganda  ulardan  chiqit  chiqmaydi, 
chunki  ularning  iste’molga  yaroqsiz  qismlaridan  ham  mollarga  em  sifatida 
beriladigan unlar va erga solinadigan o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish