20
bo‘lishiga ruxsat etiladi. Mevalar ta’mi va xidi bo‘yicha esa o‘ziga xos, begona
ta’mlarsiz va xidlarsiz bo‘lishi kerak.
Anor mevalarining sifatini baxolashda aniqlanadigan asosiy ko‘rsatkichlardan
biri meva ko‘ndalang kesimining diametri xisoblanadi. Bu ko‘rsatkich iste’molga
mo‘ljallangan mevalarning birinchi navida 75,0 mm dan, ikkinchi navida esa 60,0
mm dan kam bo‘lmasligi standartlarda ko‘rsatib qo‘yilgan.
Anor mevasida uchraydigan asosiy nuqsonlardan biri quyosh nuri ta’sirida anor
po‘stlog‘ida qora doqlarning paydo bo‘lib qolishi hisoblanadi. SHu sababli mevalarda
ma’lum darajada bu nuqsonning bo‘lishiga ruxsat etiladi. Anorning birinchi tovar
navida anor yuzasining 1/8 qismidan katta bo‘lmagan, ikkinchi navida esa 1/4
qismida katta bo‘lmagan qora dog‘ga ega bo‘lgan mevalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Anorning sifat ekspertizasini o‘tkazishda aniqlanadigan yana bir ko‘rsatkich anor
po‘stlog‘ining mexanik shikastlanganlik darajasi hisoblanadi. Birinchi navli anor
mevasida po‘stlog‘i urilib shikastlangan mevalar bo‘lmasligi kerak, ikkinchi
navlarida esa yuzasi anor mevasi yuzasining 1/4 qismidan katta bo‘lmagan jarohatli
mevalar bo‘lishiga ruxsat etiladi. SHuningdek, anorning ikkala tovar navida ham
mexanik jarohatlari bitgan mevalar miqdori chegaralanmaydi. Lekin, standart talabi
bo‘yicha anorning har ikkala tovar navida ham chirigan, ezilib qolgan, pishmagan,
qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlangan mevalar bo‘lishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Xurmo. Xurmo mevasi yassi, sharsimon, sirti silliq, po‘sti zarg‘aldoq-sariqdan
to‘q-qizil ranggacha bo‘ladi. Xurmoning sifati RSTUz 854-98 nomerli standart
talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo‘yicha xurmo mevasi birinchi va
ikkinchi tovar navlariga bo‘linadi.
Har ikkala tovar naviga kiritiladigan mevalar yangi, butun, toza, sog‘lom,
qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan, mexanik jarohatlanmagan,
shakli va rangi bo‘yicha shu pomologik navga xos bo‘lishi kerak. Ta’mi va hidi esa
yoqimli, o‘ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz bo‘lishi kerak.
Xurmo mevalari uchun ham asosiy ko‘rsatkichlardan biri meva ko‘ndalang
kesimining diametri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich birinchi navga kiritiladigan
mevalarda 60 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ikkinchi navga kiritiladigan mevalar
uchun esa bu ko‘rsatkich me’yorlashtirilmaydi.
Anor mevasidagi singari xurmo mevasida ham quyosh nuri ta’sirida qora
dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Standart talabi bo‘yicha birinchi navga kiritiladigan
xurmo mevalarida qora dog‘lar bo‘lmasligi kerak, ikkinchi navlarida esa xurmo
yuzasining 1/8 qismidan katta bo‘lmagan qora dog‘li mevalar bo‘lishiga yo‘l
qo‘yiladi. Xurmo mevalari mexanik ta’sirga chidamsiz, nozik meva bo‘lganligi
sababli har ikala tovar navida ham po‘stlog‘i shikastlanib qolgan jarohatli mevalar
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHuningdek, xurmoning ikkala tovar navida ham
chirigan, ezilgan va pishmagan ko‘m-ko‘k mevalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: