O‘zbekiston respublikasi oliy va


Kasal  mollar  go‘shtlari va  ulardan  foydalanish  imkoniyatlari



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Kasal  mollar  go‘shtlari va  ulardan  foydalanish  imkoniyatlari.  Mollarni 
go‘shtga  so‘ygandan  keyin  hayvonning  kasalliklar  bilan  kasallanish  darajasiga 
qarab go‘shtlar uch toifaga bo‘linadi: 
iste’molga yaroqli, shartli ravishda iste’molga yaroqli (bunday go‘shtlarga iste’mol 
qilishdan oldin issiqlik ishlovi berilishi kerak), iste’molga yaroqsiz. 
 
Hayvonlarda  uchraydigan  kasalliklar  invazion  kasalliklar  va  infeksion 
kasalliklarga bo‘linadi. 
 
 Invatsion  kasalliklarga  finnoz  va  trixinellaz  kiradi.  Finnoz  kasalligi  asosan 
yirik shoxli mollarda va cho‘chqalarda uchraydi. Bu kasalliklarni asosan parazitlar 
chaqiradi. Go‘sht finnozini oddiy ko‘z bilan ham ko‘rish mumkin. U qo‘ng‘ir-oq 
rangli  tiniq  pufakcha  holida  bo‘ladi.  SHakli  ko‘pincha  ovalsimon  yoki  yumaloq 
bo‘ladi.    Finlar  tashqi  tomondan  muloyim  biriktiruvchi  to‘qima  bilan  qoplangan 
bo‘ladi.  Qoramollarda  finlar  asosan  yurak,  bo‘yin  muskullarida,  shuningdek 
muskul tolalari orasida, o‘pkada, yog‘ to‘qimalarida, cho‘chqalarda esa til, yurak, 
bel muskullarida hamda bosh miyada joylashgan bo‘ladi. 
 
Bunday  go‘shtlar  iste’mol  qilinganda  inson  oshqozonida  uzunligi  2  m  dan 
10 m gacha bo‘lgan lentasimon qurt-soliter hosil qiladi. 
 
Agar  go‘shtning  40  sm
2
  yuzasida  3  tagacha  finlar  bo‘lsa  kuchsiz 
zararlangan,  5  tadan  ko‘p  bo‘lsa  kuchli  zararlangan  go‘shtlar  deb  ataladi.  Kuchli 
zararlangan go‘shtlar iste’molga yaroqsiz hisoblanadi.  
 
Kuchsiz zararlangan go‘shtlarni muskullari orasida –12
0
S harorat bo‘lgancha 
sovutib, kuchli tuzlab va 20 kun mobaynida saqlab, uzoq muddat qaynatib iste’mol 
qilinadi. 
 
Trixinellaz – eng xavfli kasalliklardan sanalib, insonga go‘sht orqali yuqishi 
mumkin.  Trixinellazning  chaqiruvchilari  trixenallalar  hisoblanadi,  bu  kasallik 
ko‘pincha  cho‘chqalarda  uchraydi.  CHo‘chqa  tanasida  trixinellar  asosan  oyoq 
diafragmasida  uchraydi.  SHu  sababli  trixinellazga  tekshiruv  o‘tkazilganda 
cho‘chqaning ikki oyog‘i diafragmasidan namuna olinadi. SHuningdek, trixinellar 
til, bel, bo‘yin muskullarida uchraydi. Trixinelloskopiya qilinganda 24 kesimidan 
atigi  bitta  trixinella  topilsa  ham,  bu  go‘sht  texnik  utilizatsiyaga  jo‘natiladi. 
Infeksion kasallliklarga sil, brutsellez, kuydirgi va boshqa kasalliklar kiradi. 
Sil  kasalligi  go‘shtga  so‘yiladigan  hamma  chorva  mollarida  uchraydi. 
Ko‘pincha molning o‘pkasi sil kasalligiga chalinadi. 
Oriq mollarning ichki organlaridan birortasi sil kasalligiga chalingan bo‘lsa, 
bunday  go‘shtlar  yo‘q  qilib  tashlanadi.  Molning  organlari  va  to‘qimalari 
kasallanish darajasining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
iste’mol qilinmasdan texnik utilizatsiyaga jo‘natiladi. 
Mol  tanasining  semizligi  yuqori  bo‘lgan  holatlarda  agar  ichki  organlardan 
faqat  bittasi  silga  chalingan  bo‘lsa  bunday  go‘shtlarni  120
0
S  da  ishlov  berib 
so‘ngra ovqatga ishlatsa bo‘ladi. 
Brutsellez kasalligi yirik shoxli mollar, cho‘chqa, ot va quyonlarda uchraydi. 


 
127 
Bu  kasallikni  brutsellellalar  chaqiradi  va  ular  suyaklarni  ,  bo‘g‘inlarni,  suyak 
moylarini jarohatlaydi. Bu kasallikni chaqiruvchilari hayvon organizmiga ovqatlar, 
suv,  hatto  teri  orqali  ham  o‘tishi  mumkin.  Kasallikning  shakliga  qarab  kasal 
mollarning  go‘shtlari  sotuvga  ruxsat  etiladi  yoki  qayta  ishlashga  jo‘natiladi. 
Go‘shtlarni  65
0
S  gacha  qizdirganda  brutsellalar  halokatga  uchraydi.  Ana  shu 
haroratda ishlov berilgan go‘shtlarnigina iste’mol qilish mumkin. 
Odamlar  kasal  mollar  bilan  muomalada  bo‘lganda  va  brutsellez  kasalligi 
bilan  kasallangan  mol  go‘shtlarini  va  sutlarini  tegishli  darajada  issiqlik  ishlovi 
bermasdan iste’mol qilganda kasallanishi mumkin. Brutselloz butun dunyoda keng 
tarqalgan kasalliklardan biri sanaladi va hayvonlarning mahsuldorligini kamaytirib 
katta iqtisodiy zarar keltiradi. 
Kuydirgi kasalligi-yirik, mayda shoxli mollar va cho‘chqalarning eng xavfli 
kasalliklaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  kasalliklarning  chaqiruvchilari  sporalar  hosil 
qiluvchi tayoqchalar hisoblanadi. Odamlar kuydirgi kasalligiga chalingan mollarni 
go‘shtini maydalaganda va iste’mol qilganda kasallanishi mumkin. Ayniqsa o‘lgan 
mollarning  tanalari  tuproqqa  va  atrof  muhitga  kuydirgi  tayoqchalarining 
tarqalishini keltirib chiqarishi mumkin. 
SHu sababli bunday kasallikka chalingan mollarning go‘shti kuydirilib, yo‘q 
qilib tashlanadi. 
YAshur  -  o‘tkir  infeksion  kasallik  hisoblanadi.  Bu  kasallikning 
chaqiruvchilari  viruslar  hisoblanadi.  Ko‘pchilik  holatlarda  bu  kasallikka  qoramol 
va  cho‘chqalar  chalinadi.  Kam  hollarda  qo‘y  va  echkilar  ham  bu  kasallik  bilan 
kasallanishi  mumkin.  Ko‘pincha  mollarning  og‘iz  bo‘shlig‘i,  tili  va  emchaklari 
kasallikka chalinib, shu joyda yara hosil qiladi. 
Kasallikka  chalingan  mollarning  go‘shtini  va  bu  go‘shtdan  tayyorlangan 
go‘sht mahsulotlarini yaxshilab qaynatganda so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi. 
Odam  yaщur  kasalligi  bilan  kasallangan  mollarning  sutini  qaynatmasdan,  xom 
holida iste’mol qilganda shu kasallikka chalinishlari mumkin. 
Agar  kasal  mollarning  go‘shtini  shartli  ravishda  ovqatga  ishlatish  mumkin 
bo‘lsa,  u  holda  maxsus  tamg‘a  bilan  tamg‘alanadi.  Masalan,  qaynatib  ishlatish 
kerak bo‘lsa, «V proverku», muzlatish zarur bo‘lsa «Finnoz v zamorozku» singari 
tamg‘alar  bosiladi,  bundan  tashqari  yaщur  kasalligi  bilan  kasallangan  mollarning 
go‘shtiga  qo‘shimcha  ravishda  «YAщur»  tamg‘asi  bosiladi.  Iste’molga  yaroqsiz 
deb topilgan go‘shtlarga «Iste’molga yaroqsiz» degan tamg‘a bosiladi. 
 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish