orqali hal etiladi. Shunday qilib vazifa maqsadga erishish bosqichi hisoblanadi.
maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsa, bu holda u qator vazifalarni izchillik bilan hal
etmog‘i zarur: bolalarda o‘z o‘rtoqlariga nisbatan qadr-qimmatni o‘yg‘otish,
o‘rtoqlarini muvaffaqqiyatsizliklaridan kulmaslik, do‘stlari bilan umumlashish
vaziyatini yaratish, darsda va darsdan tashqari hollarda o‘zaro yordam qoidasini
kiritib borish zarur. O‘quvchilarni ozodlikka o‘rgatib borib, kostyum, oyoq
24
kiyimi, soch tarashi, mashg‘ulot o‘rni, asbob –anjomlarga qator talablarni kiritib
borish zarur. Bunda bir vaqtni o‘zida ahloqiy va estetik tarbiya vazifalari hal
etilib beriladi.
Darsning tarbiyaviy imkoniyati o‘quv materialini mazmunidan kelib
chiqadi. Saf mashqlari, birgalikda bajarilgan harakat faoliyatlari intizomni
tarbiyalaydi. O‘yinlar bolalarda o‘zaro aktiv munosabatni oshiradi, demak
o‘rtoqlik,
jamoatchilikni
tarbiyalaydi.
Harakatli
o‘yinlarni
tarbiyaviy
imkoniyatlari ularni mazmunidan iboratdir. Masalan, “Kosmonavtlar”, “Otliq
sportchilar” tengqurlariga nisbatan diqqat muomalasini tarbiyalaydi.
O‘qituvchining sportchilarning qahramonliklari haqidagi suhbati katta
tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlarni e’lon qilganida darsning me’yori
buzilmasiligi kerak.
Vazifalarni qo‘yish jarayonida o‘quvchilarda ularda qanday bajarish
haqida aniq tushuncha hosil qilish zarur. Shundagina o‘quvchilarga qo‘yilgan
vazifalarga nisbatan ongli muomalal va faolligi ortadi. Agarda qo‘yilgan
vazifalarni har xil usullar bilan xal etish imkoni bo‘lsa, ularni aytib
o‘quvchilarga eng yaxshi variantlarini tanlab olishlari uchun berishlari kerak.
Ayniqsa buni yuqori sinqlarda dars o‘tganda amalga oshirish zarur.
Qo‘yilgan vazifalar vaqt limitiga muvofiq bo‘lishi va uning irodasi
o‘quvchilarga tushunarli bo‘lib uni bajarishi darajasi o‘zlarini baholay bilishlari
kerak. Har bir darsda o‘qituvchi ko‘p vazifalarni hal etadi, ammo asosiy diqqatni
o‘tilayotgan dars vazifasiga qaratadi. O‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan bunday
vazifalar darsga ikkita uchta kiritilishi mumkin, ayniqsa sport o‘yinlarida. Ularni
o‘qituvchi darsning boshlanishida o‘quvchilarga e’lon qilinadi. Shuning bilan
birga darsni tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish ahamiyati olg‘a turmog‘i kerak.
Masalan, o‘quvchilarni ikki tomonlama o‘yinga jalb etib, g‘alabaga erishish
uchun jamoa bo‘lib ko‘rinishni ahamiyatini eslatib qo‘ymog‘i zarur.
Darsni vazifasi, ularni qo‘yilishi va o‘quvchilar ongiga etkazilishida
jismoniy tarbiya bo‘yicha ishlarni boshqa formalari bilan chambarchas
bog‘liqligini unutmaslik kerak. Har bir o‘qituvchi shuni yodda tutishi kerakki,
25
rasmiyatchilik munosbati bilan qo‘yilgan vazifalarga o‘quvchilar ham
rasmiyatchilik munosabati bilan qo‘yilgan vazifalarga o‘quvchilar ham
rasmiyatchilik munosabati bilan javob beradilar.
Umumta’lim xunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarini
kuchaytirish talab etiladi. Mamlakatni ilg‘or maktablarining amaliyoti va
ko‘pgina ilmiy-qidiruv ishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda o‘z-
o‘zini jismoniy takomillashtirish talabini shakllantirish jarayoni qator o‘zaro
bog‘langan yo‘nalishlardan iborat:
-bolalarda jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga qiziqish va ijobiy
muomalada bo‘lishni tarbiyalash;
-o‘quvchilarni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, ular asosida
muntazam mashg‘ulotlarni zarurligiga ishonch hosil kilishni shakllantirish;
-mustaqil mashg‘ulotlarni tashkil qila bilish va malakani shakllantirish;
-o‘quvchilarni har kunlik jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga amaliy
o‘rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: