2.Bob. O‘QUVCHILAR JISMONIY TARBIYA DASRLARI TASHKIL
ETISH JARAYONLARI
Dars tuzilishi uni mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun dars tuzilishi
tadqiqot qilish, vazifasi, manbasi, metodlari.
Darsning maqsadi darsga qo‘yilgan aniq vazifalar bilan belgilanadi. Shu
bilan birga aniq manbalarni qo‘llay bilish talab etiladi.
Dars vazifasi va uning manbasi muvaffaqqiyat bilan amalga oshirilishi
mumkin, faqat uning prinsiplari va metodlari to‘g‘ri saqlanganda.
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida xilma xil tarbiyaviy, ta’lim va gigienik
vazifalar hal etiladi, xima xil jismoniy mashqlar bajariladi.
O‘zidan o‘zi ma’lumki, eng avvalo darsning tuzilishining qonuniyatlarini,
tamoyilini, metodlarini saqlash talab etiladi. Shunday qilib dars o‘zining asosiy
pedagogik kategoriyalari tizimi bilan xarakterlanadi. Dars tuzilishining juda
ko‘p komponentlari mavjud, demak uning cheksiz variantlari mavjud bo‘lishi
kerak deb bilmog‘imiz zarur.
Umumpedagogik va maxsus adabiyotlarda dars klassifikatsiyasiga
turlicha yondoshishlar mavjud, ba’zi hollarda darsni didaktik maqsadlariga,
o‘rgatish darsi, qaytalash darsi. Darslarni klassifikatsiya qilishda ularni bir biriga
o‘xshashligi mohiyati didaktiv maqsadni o‘quv materialini vujudga keltiradi.
O‘rgatish jarayonini barcha komponentlari, o‘rgatish, metodi, o‘quv
metarillarini olish, jismoniy yuk berish usullari, jismoniy tarbiya darsi va boshqa
mashg‘ulotlar jarayonida o‘qitish so‘zini atamasini ishlatish o‘rniga o‘rgatish
so‘zini atamasini ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki bizni fanimizda
o‘qitilmaydi, harakat faoliyatlariga o‘rgatiladi, yurish, sportcha yurish,
uloqtirish, sakrash, otish, sport o‘yinlariga o‘rgatilishi sabablari o‘rgatish
atamasini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Dars to‘rt tipiga
ajaratadi:
1) yangi materialini o‘zlashtirish darsi;
2) qaytalash darsi, takomillashtirish o‘zlashtirib olganni mustahkamlash;
17
3) shug‘ullanuvchilarni bilim malakasini, ko‘nikmasini tekshirish,
nazorat darsi;
4) aralash tipidagi darslar, o‘quv mashqlanish.
Bu klassifikatsiyada faqat kirish xarakteriga ega bo‘lgan dars yo‘q, bu
dars o‘rgatish jarayoni boshlanishida qo‘llaniladi.
Juda ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan mavzuni qanday ochish mumkin.
Jismoniy madaniyat darsinimi yoki jismoniy tarbiya darsinimi, jismoniy
madaniyat o‘qituvchisimi, jismoniy tarbiya nazariyasimi. Bu bayramona savol
emas javob talab etuvchi savol. Bu tushunchalarni anglash, to‘g‘ri tushunish
uchun tarixiy-mantiq jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatni mohiyatini
tushunish kerak bo‘ladi.
Maxsus tadqikotlarda, lug‘at ensiklopediyasida jismoniy tarbiyani umumiy
tarbiyani bir qismi ekanligini, jismoniy madaniyat umumjamiyat madaniyatini
bir qismi ekanligini anglaymiz.
Nazariya va amaliyot umuman olganda qisman jismoniy, uni maqsadini
aniqlash boshlanadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi-garmonik rivojlanishiga
yordamlashish, jismoniy takomillashuvga yordam berish, ongli iroda sifatlarini
tarbiyalash yuqorilab chiqish, ijodiy mehnat qilish imkoniyatini tarbiyalashdan
iborat.
Jismoniy tarbiya vazifasini hal etish maxsus manbalar yordamida amalga
oshiriladi. Jismoniy mashqlar-erkin harakatlar, harakat faoliyatlari, har xil
o‘yinlar,
gimnastika,
turizm,
sport.
So‘ng-aniq
shart-sharoitlar,
shug‘ullanuvchilarni yosh xususiyatlarini bilish va uni hisobga olish, material
sport baza, muntazam tibbiy nazorat, gigienik me’yorlarni bilish, sanitariya va
gigiena qoidalarini saqlash, tabiatning tabiiy omillarini saqlash, foydalana
bilishlik, mutaxassis kadrlarni mavjudligi ijtimoiy, maishiy va boshqa shartlarni
bajarish. Nihoyat aniq vazifalarni amalga oshirish, barcha sharoitlar
mavjudligidan foydalanib tamoyil va metodlarni ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
O‘rganish metodini yaratish mashqlarni qaytalanish sonini rivojlantirish,
18
mashg‘ulotlarni tashkil qilish, rahbarlik qilish shaklini aniqlashdan iborat
bo‘ladi.
Har darsda bolalar u yoki bu harakatlarini o‘rganishi, bilishi va yangi
topshiriqlar olishi, maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonida ularning
jismoniy rivojlanishlari yaxshilanayotganligini sezishlari va ko‘rishlari kerak.
Shuning bilan birga har bir o‘quvchining o‘ziga shaxsiy rekordi bo‘lishi va har
bir o‘quvchining ana shunga olib kelish kerak. Buning uchun o‘qituvchi
maktabda butun o‘qish davomida bolalar bilan ishlaganda ohirgi masadni aniq
belgilab olishi zarur: bir yilga, chorakka, qator darslarga, ya’ni har xil davr
vaqtida qarab faoliyat natijasini ko‘z oldida keltirishi kerak. Maqsadni
qo‘yishlik o‘quvchilar faoliyatini yo‘lantiradi, boshqaradi va uni ongli qo‘llash
imkonini beradi.
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi – maktab o‘quv kursini
tugallanish davrida, har xil sharoitlarda, hayotiy, zaruriy harakat faoliyatlarni
boshqara bilishlik va jismoniy mashqlar mashg‘ulotiga muntazamlik talabini
vujudga keltirishdan iborat.
Har bir o‘quv yilining maqsadi ma’lum sinf uchun maktab programmasida
ko‘rsatilgan materialni o‘zlashtirib olishdan iborat. Dars seriyalari va o‘quv
chorak maqsadi bo‘lgan aniq mashqlarni o‘zlashtirib olish: masalan, uzunlikka
sakrashni o‘rganib olishdan iborat. Hamma bu biri ikkinchisidan kelib
chiqadigan maqsadlar har bir darsga aniq vazifalarni qo‘yish yo‘li orqali amalga
oshiriladi.
Jismoniy tarbiya metodikasida hamma vazifalar, yo‘naltirilishi nuqtai
nazardan kelib chiqib, uch gruppaga bo‘lish qabul qilingan: ta’lim,
sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy.
Biroq, bu guruhga bo‘lishlik shartlidir. Masalan: jismoniy sifatlarni
tarbiyalash bo‘yicha ishlarni biz sog‘lomlashtirish vazifasiga kiritamiz, uni
ahamiyatini hisobga olgan holda qomatni shakllantirish uchun organizmni
xamda organlari va sistemalarni yaxshi ishlashlari uchun imkoniyat yaratamiz.
Zaruriy jismoniy sifatlar darajasini rivojlantirmay turib, jismoniy mashqlarga
19
muvaffaqqiyatli o‘rgatib bo‘lmaydi, shunday ekan ularni tarbiyalash bo‘yicha
ishlarni ta’lim vazifasiga ham taaluqli deb hisoblash mumkin. Jismoniy sifatlarni
rivojlantirish jarayonidagi qiyinchiliklarni bosib o‘tishda o‘quvchi irodasi,
qobiliyatliligini, botirligini tarbiyalaydi, bu esa odamning qator ruhiy sinflarini
vujudga kelishida katta ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘qituvchi amaliy
ishlarda jismoniy mashqlarni o‘rgatish, sog‘lomlashtirish va tarbiya masalalarini
hal etadi. Bu vazifalarni alohida-alohida ko‘rib chiqilishi ularning har birini
mohiyatiga chuqurroq kirish maqsadida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |