Foydalanilgan adabiyotlarning elektron shakli (disk shaklida)
4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLARNING ELEKTRON SHAKLI.
(DISK SHKLIDA).
Mavzular boʻyicha taqdimotlar, mustaqil ta’lim uchun materiallar
5.MAVZULAR BO‘YICHA TAQDIMOTLAR, MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR.
TAQDIMOTLAR:
5.MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR
Mustaqil ta’lim mavzulari:
1.O‘zbek xalq shevalarining o‘rganilish tarixi.
2.Shevalarni tadqiq qilish usullari.
3.O‘zbek shevalari tasnifi.
4.Professor Ye.Polivanov tasnifi.
5.Professor V.V.Reshetov tasnifi.
6.Transkripsiya va uning turlari.
7.Transkripsiyani o‘zlashtirish va sheva materiallarini matnlar shaklida yozish.
8.O‘zbek shevalarida undosh va unlilar tasnfi.
9.Shevalarda fonetik hodisalar.
10.Shevaga oid matnlarning leksik xususiyatlari.
11.Shevalarga xos so‘zlarning mavzuiy guruhlari.
12.O‘zbek tilining qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga xos xususiyatlar.
13.O‘zbek tilining qipchoq lahjasiga xos xususiyatlar.
14.O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasiga xos xususiyatlar.
15.Areal lingvistikaning o‘zbek tilshunosligidagi o‘rni.
16.Adabiy til va dialekt muammosi.
MUSTAQIL TA’LIMNI BAJARISH UCHUN TAVSIYALAR
Mustaqil ishlash metodlari; mustaqil ishlashda eng muhimi adabiyotlar bilan ishlash, o‘qigan narsalarini yozib borish qobiliyati hisoblanadi. YAna bir muhim jihat, o‘qish jarayonida o‘qilayotgan ma’lumotni mazmun mohiyatini tushunib, o‘zlashtirib borish lozim. Materialni mexanik tarzda yod olish hech bir natija bermaydi. Ilmiy adabiyotlarni o‘qiganda diqqatni to‘plamay, shoshqaloqlik bilan o‘qib chiqish vaqtni behuda sarflash bilan barobardir, chunki bunda asosiy g‘oyalar e’tibordan chetda qolib ketadi. Bundan tashqari ilmiy adabiyotni o‘qish jarayonida atamalar lug‘ati bilan ishlash zarur, chunki ilmiy terminlarning, notanish so‘zlarning ma’nosini aynan lug‘atlar ochib beradi.
Ilmiy adabiyotni o‘qish qoidalari:
- zaruriy joylarga belgi qo‘yish;
- qalam bilan ostiga chizish;
- belgilar tizimiga ega bo‘lish; masalan? Shubha yoki savol, e’tibor qaratish, muhim – ko‘chirib olish, yangi axborot, (-) oldingi bilimlarimga qarama-qarshi;
Ikki qismli kundalik; Mushohadali talabani tarbiyalash uchun ushbu metod muhimdir. Bunda talaba o‘qigan yangi ma’lumotlarini o‘zida mavjud bo‘lgan bilimlar bilan bog‘laydi, qiziquvchan talabalarga ushbu metod yaxshi yordam beradi. Ushbu kundalikni tutish uchun daftarning o‘rtasidan chiziq bilan vertikal tarzda ikkiga ajratib olinadi. Mazkur jarayonda Qarluq lahjasining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusi bo‘yicha talabalar kundalikning bir tomoniga dars jaryonida uchraydigan qiziqarli jumlalar, sitatalar, mushohadaga undaydigan fikrlar yoziladi, ikkinchi tomonda esa ushbu sitata yoki fikr yuzasidan shaxsiy fikr muloxazalar yozib boriladi.
Mustaqil tarzda to‘g‘ri yozish qobiliyati.
Tinglovchilarni yozishning turli usullari bilan tanishtirib borish lozim. Masalan, plan, tezislar yoki konspekt tarzida.
Plan metodida – talaba bajarmoqchi bo‘lgan mustaqil ishining mazmunini qamrab olgan, asosiy tushunchalar planini ishlab chiqadi.
Tezis metodida – talaba mustaqil ishlayotgan mavzusidagi asosiy joylarni, asosiy g‘oyalarni va tezislarni ajratib yozib chiqadi.
Konspekt metodida material to‘liqroq, kengroq tarzda yoziladi. Bu metod asosan chuqur ilmiy, ko‘plab ilmiy atamalardan iborat bo‘lgan materiallarda foydalaniladi.
Mustaqil tarzda mantiqiy fikrlash qobiliyati;
Yozma ishga tayyorlanish bosqichida tinglovchilar o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan fikr va g‘oyalarni aniq tasavvur qilib olishlari lozim. Bunda ularga, klaster, T-sxemalar diagrammalar va konseptual sxemalar o‘z mustaqil fikrlarini shakllantirish va tartibga solish uchun yordam beradi.
Klaster; Bunda asosiy tushuncha aniqlab olinadi va varaq o‘rtasidan katta doira ichiga olib yoziladi. Katta doiradan turli tomonga nurlar yordamida kichik doiralar chizilib, asosiy tushunchaga hamrox tushunchalar yoziladi.
Mazkur metodda katta doiraga O‘zbek tili yozilib, qolgan kichik doiralarga uning lahjalari yoziladi. Har bir lahjadan yana kichik doirachalar ajratib yoziladi. Ularga har birining o‘ziga xos xususiyatlari yoziladi.
Konseptual karta; uch va undan ortiq aspektlarni solishtirish jarayonida ushbu metod nihoyatda samarali. Bunda jadval chiziladi, vertikal xolatda solishtirish lozim bo‘lgan aspektlar joylashtiriladi, gorizontal holatda esa asosiy xususiyatlar va jihatlar joylashtiriladi. Bunda o‘zbek tilidagi uchta asosiy lahjalar solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |