ETNOLINGVISTIKA. Makrolingvistikaning til bilan xalq o‘rtasidagi munosabatlarni, tilning faoliyati va taraqqiyotida lingvistik va etnik omillarning o‘zaro ta’sirini o‘rganuvchi bo‘limi.
QIYOSIY-TARIXIY METOD. Nisbatan keyingi vaqtlardagi yozma manbalar va jonli til faktlarini qiyoslab o‘rganish asosida ana shu jonli til va yozma manbalarda uchramaydigan (qayd etilmagan) qadimgi til faktlariii tiklashdan iborat lingvistik metod.
SHEVA. (fors. Ravish, tarz, yo‘sin). Dialektologiya fanida o‘ziga xos leksik, fonetik hamda grammatik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan milliy tilning kichik territoriyaga oid qismini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |