INDEFFERENT. Oraliq tovush.
INTERLINGVA. (lot. inter– ora–lingua– til). 1903 yilda Juzeppe Peano tomonidan taqdim etilgan xalqaro yordamchi til.
INTERLINGVISTIKA. Tilshunoslikning xalqaro aloqa-aralashuv vositalari sifatida turli yordamchi tillarni yaratish va ulardan foydalanish jarayonini o‘rganuvchi bo‘limi.
INTRALINGVISTIKA. Tilshunoslikning til ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalarini, til yaruslari va ularning tuzilishini nolisoniy omillarga murojaat qilmay o‘rganuvchi sohasi. Qiyos. Ekstralingvistika. Komparativistika. Intralingvistikaning asosiy bo‘limlari fonologiya, leksiko-lo-giya va grammatikadir.
JARGON. Ijtimoiy guruhlarning o‘ziga xos so‘zlari. Masalan, tartibot, savdo hodimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |