NATURALISTIK OQIM. Tilni tabiiy organizm sifatida qarovchi lingvistik oqim.
NATURALISTLAR. Xalqaro yordamchi tilni tabiiy milliy tillar asosida yaratish zarur deb qarovchi oqim.
PALATALIZATSIYA. Undoshlarning yumshoqlashuvi.
PARALINGVISTIKA. Tilshuoslikning o‘zaro aloqa-aralashuvda imo-ishora, mimika, nutq vaziyati kabi omillarni o‘rganuvchi sohasi.
PSIXOLINGVISTIKA. Tilshunoslikning faoliyatini nutq akti mazmuni bilan so‘zlovchining maqsad-niyati orasidagi aloqadorlnk nuqtai nazaridan o‘rganuvchi sohasi. Psixologiya bilan lingvistikaning sintezi sifatida yuzaga kelgan bu soha nutqni idrok etish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |